BMT va uning O‘zbekistondagi sheriklari “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga erishish ustida ish olib bormoqda: ular O‘zbekiston va butun dunyo aholisi duch kelayotgan asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan 17 ta o‘zaro bog‘liq va ulkan maqsaddan iborat. O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi global kun tartibida qo‘yilgan vazifalarni bajarish va “Barqaror rivojlanish maqsadlari” sohasidagi 16 ta milliy maqsadga erishish uchun ko‘plab manfaatdor tomonlar ishtirokidagi sheriklikka keng qamrovli yondashuvga sodiq ekanini tasdiqladi. Joriy o‘rta muddatli reja, 2017 – 2021-yillarga mo‘ljallangan milily harakatlar strategiyasi BRMni amalga oshirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Barcha vazirliklarda BRM ustuvorligini ta’minlash uchun 2018-yil oktabrida hukumat 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun kun tartibini haqida qaror qabul qildi, ayni qaror BRMni milily strategiyalar va dasturlar bilan muvofiqlashtirish ishiga sodiqlikni tasdiqladi. Hukumat 16 ta milliy BRM, 125 ta vazifa va 206 ta ko‘rsatkichni ularni amalga oshirishni yengillashtirish uchun ma’qulladi. O'zbekistonda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar Yer yuzida qashshoqlikka barham berish, atrof-muhit va iqlimni himoya qilish hamda dunyodagi barcha kishilar tinchlik va ravnaq topishdan bahramand bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha global miqyosda harakat qilishga da’vatdir. BMT O‘zbekistonda amalga oshirish uchun harakat qilayotgan maqsadlar: Barcha joylarda aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish. 2. Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish. 3. Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish 4. Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish.