35. Ozbekiston er resurslari monitoringi kanday amalga oshiriladi?


Xalkaro Ekologik monitoring kanday xalkaro tashkilotlar tasarrufida faoliyat kursatadi?



Yüklə 151,17 Kb.
səhifə7/24
tarix09.06.2023
ölçüsü151,17 Kb.
#127443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Ekologik monitoringaa

42. Xalkaro Ekologik monitoring kanday xalkaro tashkilotlar tasarrufida faoliyat kursatadi?
Siyosat siyosat bilan, iqtisod iqtisod bilan, biroq tabiat kutib o‘tirmaydi. Bu Yerda dunyo miqyosida hamda Yer yuzasining yirik hududlarida umumiy ekologik dasturlar ishlab chiqish va mamlakatlararo kelishuvlarni qabul qilish to‘g‘risida gap ketmoqda. CHunki hozirda ma’lum hamkorlikdagi ekologik dasturlarsiz Boltiq., Qora va Kaspiy dengizlari, Orol va Xanqa ko‘llari muammolarini echib bo‘lmaydi.
Ekologik monitoringdagi xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishi va maqsadi quyidagilar:

  1. Sayyoramizning ekologik mutanosibligini saqlab turishga qodir bo‘lgan va xo‘jalik faoliyati ta’sirida deyarli o‘zgarmagan tabiiy getizimlarni saqlash.

  2. Tabiiy resurslardan, shu jumladan tabiiy muhit salohiyatidan oqilona foydalanishi o‘zlashtirish.

  3. Ekologik javobgarlikning samarali halqaro tizimini yaratish.

Xalqaro hamkorlik quyidagi shakillarda amalga oshirilishi mumkin:
- parlamentlararo hamkorlik;
- alohida davlatlar ijro etuvchi tuzilmalarining o‘zaro aloqadorligi;
- hamkorlikning shartnoma turi;
- ilmiy-texnika hamkorlik.
MDH ga a’zo davlatlar o‘rtasida 1992 yildan «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi shartnoma» doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik amalga oshirilmokda.
Tabniy muxitni muhofaza qilish va Davlatlararo eko­logik kengash (MES) bo‘yicha MDXda Parlamentlararo Assam­bleya tashkil etilgan.
1992 yili (29 dekabr) Sankt-PetYerburgda Parlament­lararo Assambleya qarori bilan tavsiyanomaviy qonunchilik bayonnomasi qabul qilingan. «Hamkorlik davlatlarida ekolo­gik xavfsizlik tamoyillari to‘g‘risida»gi xujjatda «shaxs, jamiyat va davlatning atrof-muhitga antropogen ta’sir oqibatlaridan, shuningdek tabiiy ofat va xalokatlardan himoyalanish xolati» ekologik xavfsizlik deb belgilangan. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha MDX davlatlari qator yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirmoqdalar.
Ekologik monitoring bo‘yicha halkaro hamkorlik qator xalqaro tashkilotlar, xususan. BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP), YUNESKO-BMTning fan, ta’lim, maorif, va san’at masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti, Halqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (MSOP), Butunjaxon yovvoyi hayvonlar fondi (VFDP), Monitoring bo‘yicha butun jaxon markazi (VSM), Butunjahon sog‘liqni saqlash tashki­loti (VOZ) hamda eng asosiylaridan: Atrof-muhit monitoringining global tizimi (GSMOS) va Butunjahon meteorolo­giya tashkiloti (VMO) faoliyati doirasida amalga oshiriladi.
YUNEP — ekologik inqirozning eng o‘tkir muammolari (cho‘llashish, tuproq degradatsiyasi, o‘rmonlarning kesilishi, chuchuk suv zahirasining kamayishi, okeanning ifloslanishi, bio­logik rang-baranglikning yo‘qolishi) bilan shug‘ullanadi. YUNEPning boshlamalaridan biri — biosfYeraning holati va undagi o‘zgarishlar ustidan Butunjahon kuzatish tizimini yaratilganligidir (5-chizma).
Atrof-muhit monitoringining global tizimi (GSMOS)nnng asosiy maqsadi atrof-muhitning hozirgi holati, ifloslanish darajasi, ifloslanuvchi moddalarning Yer shari bo‘ylab tarqalish yo‘llari va tezligi hamda muhit sifatining o‘zgarish yo‘nalishlari to‘g‘risida axborotlar to‘plashdir. Bunda axborotlar atrof-muhitni optimal boshqarish va biosfYerani saqlash sohasida davlatlararo darajada qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat kiladi.


Yüklə 151,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin