Hududiy bo’linishi va mamlakat tuzilishi Tashqi savdosi Sanoati va transporti Tabiati va xo’jaligi Davlat tuzumi Reja
Rossiya
Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R. hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering , Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Mayd. 17,1 mln. km². Axolisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt:
Davlat tuzumi
Rossiya — boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 y. 12 dek.da qabul kilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan V. V. Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.
Tabiati va xo’jaligi
Rossiya hududi meridian boʻylab 2,5—4 ming km ga, gʻarbdan sharqqa 9 ming km ga choʻzilgan. Mamlakatning eng gʻarbiy nuqtasi Polsha bilan boʻlgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering boʻgʻozidagi Ratmanov o.da, chekka jan. nuqtasi Ozarbayjon bilan boʻlgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf o.da, Rossiya hududining 45% oʻrmon, 4% suv, 13% q.x.ga yarokli yerlar, 19% bugʻu yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.