Rossiya — dunyoda qudratli eksport va import imkoniyatlariga ega boʻlgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yogoch, kauchuk, xom teri, toʻqimachilik mahsulotlari va b. eksport qiladi. Chetdan elektronika, roʻzgʻor texnikasi, xalq isteʼmol mollari, q.x. mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq boʻyi mamlakatlari, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Polsha, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va b. davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — rubl.
Hududiy bo’linishi va mamlakat tuzilishi
Rossiyaning davlat tuzulishni 1993 yil qabul qilingan Konstitutsiyaga asosan belgilanadi.
Davlat boshligʻi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti — hamda oliy harbiy qomondon hisoblanadi — 4 yilga saylov asosida saylanadi.
Rossiyaning qonun chiqaruvchi organi 2 palatadan iborat boʻlib Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasidan iborat. Prezident davlat dumasini ishdan chetlash huquqiga ega.
Davlat dumasini yarimi bir mandatli okruglar tizimi boʻyicha saylanadi, ikkinchi yarimi esa, partiya roʻyxatlari boʻyicha (2006 yil 7 dekabrdan boshlab partiya roʻyxatlari boʻyicha)