398 ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan sinfdan tashqari to‘garak ishini tashkil etish



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix17.09.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#144731
  1   2   3
Tafakkur manzili-2022 -MAY (7)-398-402 (3)



398 
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN SINFDAN 
TASHQARI TO‘GARAK ISHINI TASHKIL ETISH 
Xujamiyarova Uldan Alimuratovna, 
Toshkent viloyati 
48- maktabning oliy toifali
boshlang’ich sinf o‘qituvchisi 
Annotatsiya
: ushbu maqolada 1-2-sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi 
fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish usullari bayon qilingan. Shuningdek, ona 
tili va o’qish savodxonligi fanidan bilimlarni turli didaktik o’yinlar orqali o’quvchilarda 
XXI asr ko’nikmalarini shakllatirish usullari ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so‘zlar:
sinfdan tashqari ishlar, ona tili va o’qish savodxonligi, to’garak 
ishi,
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan 
maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim – tayanch maktablar oldida 
turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning 
o‘rni benihoya katta. 
Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning 
mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda 
qaratilgan bo‘lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars 
mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qila oladi. Sinfdan tashqari
mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg‘or 
tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman 
formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. 
Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va yuqori sinflar 
uzviyligini ta‘minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda 
o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks 
holda yondashish talab qilinadi. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin