Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin:
Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi.
Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi.
Muammoli ta'lim tеxnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari Muammoli vaziyat yaratish usullari:
- O’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntirish va uni yechish yo’lini topishni taklif qilish;
- Bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish;
- Hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni taklif etish.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
- O’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi;
- O’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi;
- O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar:
- Muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish;
- Solishtirish, umumlashtirish;
- Dalillarni aniqlash va qo’llash;
- Vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish;
- O’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim bosqichlari: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to’g’riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni tizimlashtirish orqali).
Muammoni hal etish bosqichlari:
1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqlarini topish asosida amalga oshiriladi.
2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi
Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60 yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya yotadi. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: “Sharq”, 1998.
Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: «O'zbekiston», 2011.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y.
Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.