Yutuqlari: 1.Bilimlarni o‘zlashtirishdagi yuqori darajadagi mustaqillik, ta’lim oluvchilarning mustaqil dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi .
2.Talabaning shaxsiy motivatsiya-lari, bilishga doir qiziqishlarini shakllantiradi .
3.Talabalarning fikrlash qobiliya-tini rivojlantiradi
4.Talabalarning dialektik tafak-kurining shakllanishi va rivoj-lanishiga yordam beradi, ular tomo-nidan o‘rganilayotgan hodisalar va qonuniyatlardagi yangi aloqadorlikni yuzaga chiqarilishini ta’minlaydi.
Kamchiliklar: 1.Amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllanishda boshqa ta’lim tiplariga qaraganda kam darajada qo‘llaniladi.
2.Boshqa ta’lim turlariga qaraganda bir xil hajmdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt talab etiladi.
Muammoli ta’lim va uning ta’lim tarbiyadagi mohiyati Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning
fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni
aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim talabaning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli ta’limning bosh maqsadi – talabaning o`rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llashda asosiy masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.
Turli o’quv fanlari bo’yicha o’qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko’zda tutishlari kerak.
Muammoli vaziyat yaratish usullari: —talabaga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo’lini topishni taklif qiladi;
— bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;
— hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: o’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi; o’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini talaba bilan birgalikda topadi; talabaning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar: muammoni turli nuqtai-nazardan o’rganish, tahlil qilish; solishtirish, umumlashtirish; faktlarni aniqlash va qiyoslash; vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish; talabaning o’zlari aniq
savollar qo’yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: o’quv fani va darslar mavzusini o’rgatishda ular bilan
bog’liq muammoli masalalarni belgilash; ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish; talabaning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; zarur o’quv vositalarini tayyorlash; muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko’rsatish; topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish; talabaning muammoni hal etishda yo’l qo’yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko’rsatish; talabaning noto’g’ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to’g’ri yo’lni topishlariga ko’maklashish va boshqalar.
Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda talabaga hal etish taklif etiladigan muammoga qo’yiladigan eng asosiy talab – talabaning qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa, talabada qiziqish hosil qiladigan bo’lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko’zda tutilgan natijaga erishish imkoni bo’lmaydi.
Muammo o’quvchining bilim darajalariga hamda intellektual imkoniyatlariga mos bo’lishi shart. Hosil bo’lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o’zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Talabaning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog’liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo’ladi. Bunday tushuna olish esa talabaga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o’quvchi o’zlashtirgan bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyatlarni bajaradi.
Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni bo’lib, fikrlashning sifati uning mantiqiyligi, mustaqilligi, ijodiyligi, ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, tejamliligi, maqsadliligi, tezligi, tahliliyligi, qiyosiyligi, umumlashtirilganligi, xususiylashtirilganligi, kengligi, chuqurligi, ishonarliligi, realligi, haqqoniyligi darajasi bilan belgilanadi.
Shu bilan birga intellektual sifatlar xotira, tasavvur, anglash va shu kabi psixologik jarayonlarning tezligi hamda boshqa parametrlari bilan bog’liq. Intellektual taraqqiyot darajasi o’qituvchilarda hamda talabada qancha yuqori bo’lsa, shunchalik yaxshi natijalarga erishish imkoniyati hosil bo’ladi.
Shunga ko’ra o’quvchida muammoni sezish, uni aniqlash, yechimiga doir taxminni to’g’ri belgilash va yechimning to’g’riligini tekshirish qobiliyatlari rivojlanib boradi.