Topshiriqlar: 1. 1-7 oralig‘idagi butun son berilgan. Ushbu sonlar orasidan tanlanganiga mos keladigan hafta kuni nomi ekranga chiqarlsin.
2
Seshanba
2. Bahoni anglatadigan k soni berilgan. Agar k=1 bo‘lsa “yomon”, k=2 bo‘lsa “qoniqarsiz”, k=3 bo‘lsa “qoniqarli”, k=4 bo‘lsa “yaxshi”, k=5 bo‘lsa “a’lo” so‘zlaridan birini, agar k bu oraliqda yotmasa “xato” so‘zi chop etilsin.
5
8
a’lo xato
3. 1-12 oraliqdagi sonlarga mos keluvchi oy nomeri berilgan. Shu oyga mos keladigan yil fasli chop etilsin.
4
Bahor
4. 1-12 oraliqdagi sonlarga mos keluvchi oy nomeri berilgan. Shu x oyga mos keluvchi(kabisa bo‘lmagan yildagi) kunlar soni aniqlansin.
8
31
5. Arifmetik amallar quyidagi ko‘rinishda nomerlangan. 1 “qo‘shish”, 2 “ayirish”, 3 “ko’paytirish”, 4 “bo’lish”. n butun soni 1-4 orasida berilgan bo’lib, a va b (b≠0) haqiqiy sonlari berilganda n ga mos keluvchi amal bajarilsin va natija chop etilsin.
3 6 8
48
6. Birliklar quyidagi ko‘rinishda nomerlangan: 1-km, 2-m, 3-dm, 4-sm, 5-mm. Kesma uzunligi(haqiqiy son ko‘rinishida) berilib, uning birligi tanlanganda metrdagi ifodasi topilsin.
3.5 1
3500
7. Massa birliklari quyidagi ko‘rinishda nomerlangan. 1-mg, 2-gr, 3-kg, 4-sentr, 5-tonna. Jism massasi berilganda va uning birligi tanlanganda kg dagi ifodasi topilsin.
1500 2
1.5
8. To‘g‘ri sanani ifodalovchi kabisa bo‘lmagan yilning (d)kuni va (m) oyi butun sonlar ko‘rinishida berilgan. Berilgan sanadan oldingi sana topilsin va chop etilsin.
1 3
28 2
9. To‘g‘ri sanani ifodalovchi kabisa bo‘lmagan yilning (d) kuni va (m) oyi butun sonlar ko‘rinishida berilgan. Berilgan sanadan keyingi sana topilsin va chop etilsin.
31 12
1 1
10. Robot to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi mumkin. (“1” Shimol, “2” G‘arb, “3” Janub, “4” Sharq); va uch xil buyruqni qabul qila oladi, ya`ni 0 harakatni davom ettirish, 1-chapga burilish, -1 o‘ngga burilish, c-robotning berilgan yo‘nalishi bo‘lib, n-unga uzatilgan buyruq bo‘lsa, berilgan buyruqdan keyingi robotning holati chop etilsin.