Shukur xolmirzayev ijodining badiiyati



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#165910
  1   2   3   4   5
56-60



 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 19
Часть–4_ Апрель–2023
 
56 
2181-3187 
SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODINING BADIIYATI 
 
Azimov Abdulla Aliyarovich 
Termiz Davlat Universiteti Tarix fakulteti
Mamlakatlar va mintaqalararo yoʻnalishi 201-guruh talabasi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotida oʻzining yorqin va serqirra 
ijodi bilan ahamiyatga ega boʻlgan yozuvchi Shukur Xolmirzayev biografiyasi, uning 
asarlaridagi badiiyat, joʻshqinlik, milliy qadriyatlarga eʼtibor yoritilgan. 
XX asrning 60-yillaridan o`zbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qo`shgan va
XXI asrda ham barakali ijod etib kelayotgan yozuvchilar avlodi ichida Shukur 
Xolmirzayev alohida ajralib turadi 
Shukur Xolmirzayev 1940-yilning 24-martida Surxondaryoning Boysunida 
tug`ilgan. Ijodi maktabda o`qib yurgan paytlarida boshlangan. Ilk hikoyalari tuman 
gazetasida bosilgan. Adib Toshkent davlat universitetini bitirgach «Yosh 
gvardiya»nashriyotida muharrir, «Guliston», «Sharq yulduzi» jurnallarida bo`lim 
mudiri, ma`lum muddat Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh bo`lib faoliyat 
ko`rsatgan. So`ng butun umrini badiiy ijodga bag`ishlagan adibning asosiy tarjimayi 
holi: orzulari, dardlari, armonlari; amalga oshirgan, amalga oshirolmagan
ishlari; nafratlari-yu sevinch iztiroblari, o`zidan, do`stlaridan, idealidan o`tgan 
sifatlar uning asarlari bag`rida yotadi. 
Xususan, talaba-adib buyuk aktyor Shukur Burhonov rahbarligida tashkil
etilgan to`garakda Shekspirning mashhur asaridagi Gamlet rolini o`ynagani 
hayotida va ijodida muhim o`zgarish yasagan (Ofeliya rolini boshqa fakultetdatahsil 
olayotgan Saida ismli qiz ijro etgan. Havasmand aktyorlar keyin oila qurishgan). 
Shukur Burhonov bilan uzoq vaqt mobaynida ustoz-shogird munosabatlari 
yozuvchining u haqida kattagina hujjatli esse yozishiga sabab bo`lgan. Atoqli 
adabiyotshunos Matyoqub Qo`shjonov rahbarlik qilgan adabiyot to`garagidagi 
mashg`ulotlar taassuroti ular o`rtasida do`stona munosabat uyg`onishiga va «U ustoz-
men shogird» nomli hujjatli qissa yozilishiga olib keldi.Mashhur musavvir, bir muhitda 
tug`ilib, tarbiya topgan Ro`zi Choriyev bilan qadrdonchilik rishtalari u haqida ajoyib 
bir adabiy portret yozilishiga turtki bergan.Tarjimayi holidagi bu chizgilar izsiz 
ketmagan. Uning uslubida namoyon bo`luvchi og`ir vazminlik va falsafiy mushohada 
keskir haqgo`ylik va hatto ayrim «shartakilik»da Sh.Burhonov ta`siri-yu, gamletona 
tabiat, prinsipiallik, hayotga,odamlarga o`tkir tanqidiy ruh bilan qarash hamda ularga 
xolis, samimiy munosabatda bo`lishning uyg`unlashib ketishida ustoz tanqidchidan 
o`rganishni; tabiatni musavvirona chizish, so`zda ham rang, bo`yoqdagi kabi iliqlikni 



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin