Выпуск журнала № – 19 Часть–4_ Апрель–2023 59 2181-3187 «Olabo’ji» romanida yozuvchi mustaqillik arafalaridagi sho’ro jamiyatini
tanazzulga yetaklagan jarayonlarning ma’naviy va axloqiy asoslarini ko’rsatgan.
Asarda Ulton va Bahor singari yoshlar taqdirini chilparchin qilishda, jamiyatni
rasvo yo’lga yetaklashda To’qliboy Qo’chqorov singari kimsan, firqaning
manaman
degan
rahbarlari
bosh-qosh
bo’lgani
ochib
tashlangan.
«Qil ko’prik « romanini yozish uchun adib salkam besh yil sarflagan. Asarda
«qizil»larning istiqlolchilarga (davr tili bilan aytganda «bosmachi»larga) qarshi
olib borgan kurashi va ularni mahv etish jarayonlari tasvirlangan. Kitob ham
sho’rolar hukm surgan davrda yozilgani bois, firqaviy mafkuraga mos
kelmaydigan biror gapni aytish, g’oyani ilgari surish amri mahol bo’lgan. Shu
ma’noda, romanda sho’ro maqsadlarini ko’rsatuvchi manzaralar, sahifalar oz emas
va bu tabiiydir. Lekin yozuvchining asl maqsadi bu emas. Uning qalbida, vujudida
milliy istiqlolchilarga, vatanparvarlarga mehri, xayrxohligi tug’yon urgan. O’ziga
xos usulda, sirli shakllarda bu niyatni «Qil ko’prik»da amalga oshirish uning bosh
muddaosi bo’lgan.
Adib rang-barang janrlarda ijod etadi. «Qora kamar» uning ana shu
rangbaranglikni tasdiq etuvchi asari bo`lib, XX asrning oxirlaridagi o`zbek
adabiyotining,
dramaturgiyasining
sara
namunalaridan
biri
hisoblanadi.
Adib ijodida bayon emas, ko`rsatish, e`tirof emas, tasvirlash san`atining
chiniqqanligi shu tariqa dramaturgiyada o`zining ajoyib samaralarini bergan. Asar
yozilgan vaqtda, orzu qilingan istiqlolning qaldirg`ochlarini ko`rsatishda muallif
badiiy tahlil va tasvirning retrospektiv tamoyiliga murojaat etgan. Bu kunning
yog`dularini tarixga murojaat orqali ochib bergan. Adib hikoyalarida siyqasi chiqqan
xarakterlar,
quruq
nasihatgo’ylik,
shablon
iboralarni deyarli uchratmaymiz. U doim yangi obrazlar yaratishga intiladi.
Asarning kompozitsion qurilishida bir-birini takrorlamaydigan yangiliklar topishga
urinadi.
Bu
borada
tajribalar
o’tkazishdan
cho’chimaydi
va
ko’pincha,
muvaffaqiyatlarga erishadi. O’zbek kishisi orzu-armonlarining, aksar hollarda,
yashirin iztiroblarining yoritilmagan qirralarini, ruhiyatidagi evrilishlarini qalamga
oladi [56].
Bu qahramonlar o’zga yozuvchilarning qahramonlariga o’xshamagan: goh
do’lvor, goh to’pori, goh dag’al va chapani, goh kichkinagina bir muhit vakili.
Lekin barchasining ichki dunyosi o’ziga xos, ruhan teran, insonparvar, e’tiqoddan
qaytmaydigan, shularga munosib ravishda mulohaza yuritadigan jonli va hayotiy
kishilardir. Bu qahramonlar o’zligini, millatini, yurt tuprog’i-yu udumini, dini va
diyonatini har narsadan ustun qo’yadilar. Adolat uchun, haqiqat uchun
kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik
qilmaydi, ayyuhannos solmaydi. Ular tashqaridan emas, ko’pincha, ichdan jozibali,
istarali,
mehrtortar
bo’ladi.