Maqola nomi: Gap - Qo’shma gapmi yoki kesimi uyushgan gap? Muallif:, ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: Siddiqova Gulasal Abdusattor qizi.
Ish joyi: Farg’ona viloyati
Buvayda tumani
32-umumiy o’rta ta’lim maktab.
Gap - Qo’shma gapmi yoki kesimi uyushgan gap? Kalit so’zlar: kesim, Wpm, vord, predikat,marker, kesimi uyushgan sodda gap, qo’shma gap
Annotatsiya:Ushbu maqolada ona tilining oldida turgan dolzarb mavzulardan biri-kesimi uyushgan sodda gap va qo’shma gapni bir-biridan ajratadigan farqlar lisoniy, ong bosqichida ochib beriladi. Wpm qolipi aynan ikki hodisani ajratishda tayanch vosita hisoblanadi. Chunki ana shu mavzular o’tilganda o’quvchilar orasida tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bunday chalkashliklarning oldini olish uchun biz shu ishga tayandik.
Ma’lumki, ona tili darslarida ”til“ va ”nutq“ tushunchasiga alohida to’xtalamiz. Bunda bizga umumiy va xususiy, imkoniyat va voqelik, mohiyat va hodisa, turg’un va o’zgaruvchan kabi xususiyatlar yordamga keladi. Mustaqillik yillarida o’zbek tilining rivojiga hissa qo’shgan ”sistem tilshunoslik “ maktabi olimlarining tajribalariga tayangan holda bu xususiyatlarga qolip va uning nutqda voqelanishini qo’shishimiz mumkin. Chunki barcha narsa bizga ilgaridan ongimiz-da, tilimizda tayyor holatda yashaydi. Nutqimizda esa ulardan foydalangan holda fikrimizni o’zgaga bildira olamiz.. Men 6 yillik tajribamga tayangan holda shuni aytishim mumkinki, ushbu qoliplar maktab darsliklari mavzulariga tatbiq etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Keling, siz bilan kesimi uyushgan sodda gap va qo’shma gapni tahlil ostiga olamiz. Ma’lumki, sodda gaplarda gapning markazi bitta bo’ladi, qo’shma gaplarda aksincha, ya’ni kesim bir yoki undan ortiq bo’lishi mumkin. Ushbu mavzuni o’tishdan oldin o’quvchi kesim haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Yuqorida ismlari tilga olingan ustozlarimizning ilmiy ishlariga tayangan holda kesimni quyidagicha tahlil qilamiz.
Kesim – WPm qolipiga to’g’ri keladi. Xo’sh, unda W nima, Pm nima?
W – ingliz tilidagi “so’z“ degan ma’noni bildiruvchi “word” so’zining 1-harfi. Bu kesimning atov qismi degani.
P – ingliz tilidagi “kesim” degan ma’noni bildiruvchi “predikat“ so’zining birinchi harfi. m- kelib chiqishi fransuz tiliga borib taqaladigan, ”belgi qo’ymoq, belgilamoq“ degan ma’noni bildiruvchi “marker“ so’zining birinchi harfi. Umumiy qilib, kesimlik belgisiga ega bo’lgan har qanday so’zni tushunishimiz mumkin.