Выпуск журнала № – 19 Часть–4_ Апрель–2023 58 2181-3187 qahramonlar harakatidan, tabiatidan chiqarilgan xulosalar bir-birini yanada
boyitadi, milliy o`zligimizning turli qirralarini alohida xarakterlar orqali tasvirlab,
xalq
qiyofasidagi
yaxlit
qiyofaning
turli
jihatlarini
ochib
beradi.
Yozuvchi asarlari tasvirida tirikchilik qiyinchiliklari bilangina o`ralashib
qolmaydi, ma`naviyat masalalariga ham alohida e`tiborni qaratadi. Zamon
talotumlari ma`naviyatimiz mustahkamligi va mustaqilligida jiddiy salbiy iz
qoldirayotganiga ishora qiladi. Bunga, bir jihatdan, avvalambor, jamiyat
norasoliklari sabab, qolaversa, ikkinchi jihatdan, bu hol ko`proq irodasi sust
kishilarda namoyon bo`lmoqda. Irodasi mustahkam kishilarning esa irodasini
sinovdan, chig`iriqdan o`tkazib, ma`naviyatini yanada mustahkamlamoqda,
zamon yangiliklari ta`sirida yanada boyitmoqda.
Mustaqillik
davri
kishisi
qalbida,
dunyoqarashida
ro`y
berayotgan
o`zgarishlarni, ba`zan iqtisodiy sharoitlarning shaxslararo va jamiyat bilan
munosabatlarga ko`rsatayotgan ta`sirini, bir so`z bilan aytganda, yangilanayotgan
tabiatli zamondosh, yurtdosh sajiyasini, siymosini ko`rsatish bu yo`ldagi
qiyinchiliklarni, ziddiyatlarni, yo`qotish va topishlarni aks ettirish adabiyotimiz
oldidagi muhim vazifalardan sanaladi. Shukur Xolmirzayevning ba`zi romanlari
mana shu muammoga bag`ishlangan.
Shukur Xolmirzayevning «Qil ko`prik», «So`nggi bekat», «Yo`lovchi»,
«Olabo`ji», «Dinozavr» romanlari turli mavzu va muammolarga bag`ishlangan.
«So`nggi bekat» adibning roman janridagi dastlabki tajribasi bo`lishiga qaramay,
sho`ro davrining so`nggi bosqichidagi kamchiliklarni zamondoshlar qiyofasidagi
norasoliklarni keskin fosh etishi bilan ajralib turadi. «Bekat» xo`jaligida yashab,
mehnat qilayotgan turli toifadagi kishilar xarakteri, harakati misolida adib,
umuman, jamiyatni qattiq qoraladi. Bu, mohiyat e`tibori bilan, mazkur davr
jamiyatning umuman so`nggi bekati bo`lsa nima qilarkin, degan badiiy fikrga
go`yo ishoradek bo`lgan. Taxminan, o`n besh yil o`tgach bu badiiy «karomat»
o`zining tasdig`ini topgan.
1987-yil
adib
«Yo`lovchi»
romanini
yaratgan.
Ayniqsa,
shakli,
kompozitsiyasi jihatdan yangicha izlanishlari mo`l bo`lgan bu asar ko`proq
monolog va dialoglar asosiga qurilgan. Yozuvchi qahramonlari xarakterini, asosan,
shu yo`sinda ochishga harakat qiladi.
Oliy ma`lumotli bo`lish yaxshi. Lekin shunchaki, bilimsiz, jamiyatga nafi
tegmaydigan, o`zini o`ylashdan nariga o`tmaydigan xudbin oliy ma`lumotlining
nima keragi bor? Undan ko`ra noilojlik tufayli nainki oliy ma`lumot, balki, hatto,
to`liq o`rta ma`lumot ham ololmay qolgan, biroq mehnatsevar, halol, el va yurtga
qayishuvchi, do`stga sadoqatli kishi ko’p bor afzal emasmi? Yozuvchi xuddi shu
fazilatlarni romanning bosh qahramoni Bekdavlat qiyofasida aks ettirgan.