Omon nurmurodov



Yüklə 431,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix11.07.2023
ölçüsü431,47 Kb.
#136394
  1   2   3   4   5
10-sinf ona tili ma\'lumotnoma



OMON NURMURODOV 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10-sinf ona tili 
darsliklari bo‘yicha 
ma’lumotnoma
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_N1
 
(Havola ustiga bosing va kanalimizga obuna bo‘ling)
 
 


 
 


Ona tili 10-sinf 
1. Tildagi grammatikaning mantiqiy teran, tarang va takomil-u sayqal topganini qaysi 
g‘arb olimi “xuddi bir guruh mutaxassislar birgalikda ishlab chiqanday” deya ta’riflagan?
Maks Myuller 
2. Tilning qaysi bo‘limida tovushlarning tavsifi, ularning xususiyatlari, muayyan 
holatlardagi o‘zgarishi, talaffuzi va imlosi, shuningdek, urg‘uni o‘rganadi?
Fonetika 
3. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘zlarning ma’nolari, ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik, 
shakldoshlik, zid ma’nolilik, iboralarni o‘rganadi?
Leksikologiya 
4. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘z shakllarining tarkibiy tuzilishi, bu shakllarning 
o‘ziga xosliklari, so‘z turkumlarini o‘rganadi?
Morfologiya 
5. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish 
qoidalari, gaplarning xususiyatlarini o‘rganadi?
Sintaksis 
6. Tilimizning sofligi haqida qayg‘urish shu millatga mansublikdan, shu muqaddas 
timsolga daxldorlikdan iftixor qiladigan har bir kishining burchi. Nafaqat mutaxassis, balki 
kasb-u koridan qat’i nazar, yurtning har bir fidoyi farzandi tilga e’tiborni yoddan 
chiqarmasligi zarur. Ona tili bu – millatning ruhidir. Mazkur fikr muallifi kim?
Nizomiddin Mahmudov 
7. Yer yuzida necha kishi o‘zbek tilida muloqot qiladi?
35 million 
8. Mazkur 35 million kishining nechtasi O‘zbekistonda istiqmoat qiladi?
25 million kishi 
9. borovuza, ketvomman deb so‘zlash qayerning shevasiga xos?
Toshkent 
10. Qayerdagi shevada shatta, qatta, kabi so‘zlar qo‘llanadi?
Farg‘ona 
11. juring, chig‘ing, ata deb so‘zlash qaysi she’vaga xos?
Qipchoq 
12. galing, gerak, aytajakman deb so‘zlash qayerning shevasiga xos?
Xorazm 


13. ketopman, aytopman deb so‘zlash qayerning shevasiga xos?
Buxoro 
14. Narvon ayrim she’valarda qanday yuritiladi?
Shoti yoki zangi 
15. Esda Saqlang!!! Shu tilda so‘zlashuvchi turli kasb egalari, turli ijtimoiy guruh 
vakillari nutqida ham ana shunday farqli holatlar kuzatiladi. Ayrim so‘z va so‘z shakl lari 
eskirib, nutqdan umuman chiqib ketishi ham mumkin. Shuningdek, so‘zlashuv nutqida ham 
ba’zi hududiy o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi. Ammo bunday va bu kabi unsurlar yaxlit 
o‘zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo‘ladi. O‘zbek milliy tili esa hududiy, 
iqtisodiy va ruhiy-ma’naviy mushtaraklik omili, azaliy milliy o‘zlik va qadriyatlarning 
posboni sifatida o‘zbek millati shakllanishining asosini tashkil etadi. O‘zbek milliy tili, 
ayniqsa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘zining tabiiy ifodasini topgan. 
16. O‘zbek milliy tili hududiy, iqtisodiy va ruhiy-ma’naviy mushtaraklik omili, azaliy 
milliy o‘zlik va qadriyatlarning posboni sifatida…?
O‘zbek millatining shakllanishi asosini tashkil etadi 
17. O‘zbek milliy tili, ayniqsa, nimada o‘zining tabiiy ifodasini topgan?
Xalq og‘zaki ijodida 
18. Qanday til rivojlanib, takomillashib, boyib boradi?
Milliy til 
19. Milliy tilning eng rivojlangan, takomillashgan va me’yorlashgan oliy shakli qanday 
nomlanadi?
Adabiy til 
20. Qanday til millatni yanada birlashtiradigan, jipslashtiradigan, muhimi, uning 
ma’naviy-ma’rifiy kamoloti hamda nufuzining barqarorligiga xizmat qiladi-gan qudratli 
vosita vazifasini bajaradi?
Adabiy til 
21. O‘zbek adabiy tilining asoslari , tamal toshi kim tomonidan qo‘yilgan?
Alisher Navoiy 
22. O‘zbekiston hududidagi hamma baravar qo‘llaydigan til bu…?
Milliy til 
23. Qanday til muayyan bir millat vakillari uchun tarixan umumiy bo‘lgan, milliy 
madaniyatning ko‘zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita bo‘lib, u adabiy til bilan 
bir qatorda, xalq shevalari, oddiy so‘zlashuv unsurlari, jargonlarni ham o‘z ichiga oladi?
Milliy til 


24. Milliy tilning ishlov berilgan, boy leksik zaxirasi va grammatik tuzilishi 
me’yorlashtirilgan hamda uslublar tizimi 
25. Rivojlangan oliy shakli qanday til sanaladi? adabiy til hisoblanadi. 
26. Qanday tilning asosiy belgilaridan sanalmish adabiy me’yorlar namunaviy 
bo‘lganligi uchun ularga amal qilish ayni tildan foydalanuvchilarning barchasi uchun 
majburiydir?
Adabiy til 
27. Nima adabiy tilning boyib borishida o‘ziga xos tuganmas manbaa vazifasini o‘tasa-
da, ular adabiy til me’yorlaridan tashqaridadir?
Xalq shevalari 
28. Qaysi tarixiy voqea o‘zbek adabiy tilining jadal, erkin taraqqiyoti uchun keng 
imkoniyat va qulay sharoitlarni yaratdi?
O‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berilishi 
29. Adabiy til ifodalanishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Og‘zaki va yozma 
30. Adabiy til shakli va rivojlanishida qaysi shakl muhimroq sanaladi?
Yozma 
31. Og‘ jibakting tolosi, Bolog‘onimding bolosi. Jumalani adabiy tilde ifodalang!
J: Oq ipakning tolasi, Bolaginamning bolasi 
32. Yamon so‘z kelib jong‘a urg‘ay 
Ki jondin o‘tib imong‘a urg‘ay. 
Ma’dani inson guhari so‘durur 
Gulshani odam samari so‘zdurur. Bayt muallifi kim?
Alisher Navoiy “Xamsa” 
33. Yodlang!!! 1. Ma’dan—a) mineral ; b) metall c) ruda 
34. Yodlang!!! 2. Imon—xudoga bo‘lgan ishonch va tilde iqroq qilish 
35. Yodlang!!! 3. Guhar—gavhar, qimmatbaho marvarid
36. Yodlang!!! 4. Gulshan—gulzor, chamanzor, gulbog‘
37. Yodlang!!! 5. Samar—samara, natija, hosila, foyda 
38. “So‘z latofati” asarining muallifi kim?
Erkin Vohidov 


39. Til millatning bosh belgisi sanaladi. Til bor – millat bor. Til yo‘q – millat yo‘q. 
Mazkur aforizmlar muallifi kim?
Erkin Vohidov 
40. Qaror qilindi: 
1) “Ijtimoiy-siyosiy atamalar lug‘ati nashrga tavsiya etilsin” 
2) Mas’ul muharrir etib E. Begmatov tasdiqlansin.
Mazkur parcha qaysi nutq uslubiga oid?
Rasmiy uslub 
41. Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydala-nishga bog‘liq. 
So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. So‘zning 
leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi...
Ushbu parcha qaysi uslubga xos?
Ilmiy uslub 
42. Nima to‘g‘ri gapirish va yozishni o‘rgatadi?
Grammatika 
43. Muayyan nutqiy vaziyatda qo‘llanadigan til shakli nima deyiladi?
Nutq uslubi 
44. Nutq uslublarini o‘ranuvchi tilshunoslik bo‘limi bu…?
Uslubiyat, uslubshunoslik 
45. – Onamning onasini, ya’ni buvimni Momojon matalchi, – derdilar. Men qo‘llariga 
tanqa (qumg‘on)da suv quyardim. Sharillatib quyar ekanman-da, nuqul dakki eshitardim:
– Namuncha sharillatib quyasan? Suvni isrof qilasan, oz-ozdan quy-da!
Parcha qaysi uslub namunasi sanaladi?
So‘zlashuv uslubi 
46. 1. Xalqimizning birligi, jipsligi, tinch-totuvligi bizning bebaho boyligimizdir. 2. 
Ogohlik – davr talabi! 3. Tinchlik – eng bebaho ne’mat. Tinchlik bo‘lsa, halovat bo‘ladi, 
halovatli elning har bir kuni esa fayzli, tarovatli o‘tadi. 4. O‘zbek xalqi hech qachon, hech 
kimga qaram bo‘lmaydi.
Mazkur gaplar qaysi uslub namunasi sanaladi?
Publisistik usulub 
47. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” qaysi tilshunos olim tomonidan tuzilgan?
A. Hojiyev 
48. Yodlang!!! Kechirim, uzr so‘zlari 
Kechirim 1.«biror gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma’nosida ham, shuningdek, 
umuman, 


Kechirim 2. «kechirish» ma’nosida ham qo‘llanadi. 
Afv 1. so‘zi, asosan, «gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma’nosida qo‘llanadi, shu 
ma’noda ham juda kam qo‘llanadi. 
49. Joy nomlari qanday nomlanadi?
Toponimlar 
50. Nima ming yillik tariximizning “tilsiz” guvohlari sanaladi?
toponimlar 
51. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida 
erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ular qanday so‘zlar sanaladi? uslub nuqtayi 
nazaridan betaraf, ya’ni biron-bir uslubga xoslanmagan vositalar hisoblanadi va ular tilda 
juda katta qismni tashkil etadi. 
52. So‘zlar nutq uslubiga ko‘ra nechaga bo‘linadi?
2 ga: 1) uslubiy xoslanmagan 2) uslubiy xoslangan 
53. Uslubiy xoslanmagan so‘zlarga misol ayting.
Ishlamoq, o‘qimoq, yurmoq, kitob, uy, suv, katta, kichik, kun… 
54. Yuqorida, quyida so‘zlari qanday nutqqa xos?
Yozma nutq (uslubiy xoslangan) 
55. “Yo Vatan yo o‘lim” shiori kimga tegishli?
Najmiddin Kubro 
56. Chingizxon Kubroga qanday imkoniyat bergan? avval 100 kishi bilan, so‘ng 1000 
kishi bilan shahardan chiqish 
57. “Egasi bor yurtning ertasi bordir” she’rining muallifi kim?
Sirojiddin Sayyid 
58. “Kechir meni, ona tilim” kimning she’ri?
Muhammad Yusuf 
59. Yodlang!!! 1) yog‘iy—dushman; 2) isnod—nomiga dog‘ tushiradigan, uyatli ish 3) 
Murid—eshonga qo‘l bergan so‘fiy; shogird 4) murshid—tariqatdan dars beruvchi pir, 
shayx; ustoz 5) shayx—ulamolarga, faqihlarga, bilimdonlarga berilgan nom. Muqaddas joy 
mutasaddilariiga ham berilgan 6) xonaqoh—masjidning namoz o‘qiladigan katta xonasi, 
so‘fiylar mashg‘ulot o‘tkazadaigan xona va hujralar 7) G‘o‘ch—mard, botir (sheva) 
60. Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, Baraka topkur, mullaka, churq 
etmaslik, miyasi g‘avlab ketdi, donor, kasalxona, hammasi joyida bo‘ladi, qo‘rqma, ovvol 
kabi so‘z va iboralar qaysi usulubga xos?


So‘zlashuv usulubi 
61. 1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘ranglar, maza-si boshqacha 
bo‘ladi 
2. Voy, men o‘lay seni tanimay! 
3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga oborish kerak buni! – dedi ikkinchisi. 
4. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rdingmi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi.
Mazkur gaplar qaysi usulub namunasi sanaladi?
So‘zlashuv usulubi 
62. Nutq usulublarini sanang.
so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy ( 5 ta) 
63. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, qanday shaklida namoyon bo‘ladi?
Og‘zaki 
64. Qaysi usulub og‘zaki bo‘lishi bilan boshqalardan farq qiladi?
So‘zlashuv usulubi 
65. So‘zlashuv uslubining qanday shakllari mavjud? adabiy so‘zlashuv turi ham, oddiy 
so‘zlashuv turi (ikkalasi ham og‘zaki shaklda voqelanadi) 
66. Kundalik turmushda qaysi biri aloqa-aralashuvda yetakchilik qiladi?
Adabiy so‘zlashuv usulubi 
67. Endi ketamiz deb turgan edik, uzoqdan: – Ho‘-ho‘-ho‘y! Kim bor? – degan ovozni 
eshitib qoldik. Sheriklarim tapura-tupuriga olib qochib qolishdi. Men bo‘lsam uzumni ko‘p 
yeb qo‘yganimdanmi, qimirlolmay qoldim. Nima qilishimni bilmay ko‘zimni chirt yumdim-
da, joyimda turaverdim.
Parcha usulubini aniqlang.
So‘zlashuv uslubi 
68. Yodlang!!!! OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini 
uyg‘otuvchi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa. 
69. 
70. Yodlang!!! 
1) Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi. 
2) Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning 
urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham 
qo‘llanadi.. 
3) Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi. 
4) Sado jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan 
kam qo‘lla-nadi. 


5) Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi 
ma’nosida qo‘llanadi. 
6) Nido kitobiy. 
7) Sado juda kam qo‘llanadi. 
71. Qaysi usulubda ba’zan qisqalikka, ba’zan nutqiy ortiqchalikka yo‘l qo‘yiladi?
Oddiy so‘zlashuv uslubida 
72. Opti, kepti, bo‘sa, na’lat, ko‘ynak kabi so‘zlar qaysi nutqiy uslubda uchraydi?
Oddiy so‘zlashuv usulubida 
73. Og‘zaki so‘zlashuv uslubining qaysi turida adabiy me’yorlarga qat’iy amal qilinadi?
Adabiy so‘zlashuv usulubida 
74. Qaror qilindi, belgilansin kabi so‘zlar qaysi usulubga xos?
Rasmiy 
75. Kelishik shakllari, nurning sinishi kabi so‘zlar qaysi usulbga xos?
Ilmiy 
76. Bamisli, ruxsor, jilvalanmoq kabi so‘zlar qaysi uslubga xos?
Badiiy 
77. Siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot kabi so‘zlar qaysi usulubga xos?
Publisistik 
78. Qaysi usulublar yozma shaklga ega?
Rasmiy, ilmiy, badiiy, publisitik 
79. Qaysi usulub ham og‘zaki ham yozma bo‘ladi?
So‘zlashuv usulubi 
80. Ayniqsa, ish qog‘ozlari usulubi bo‘lmish qaysi usulub faqat yozma shaklda bo‘ladi?
Rasmiy 
81. Qaysi uslublar , asosan, yozma bo‘lsa-da, og‘zaki shakli ham qisman mavjud?
Rasmiy, ilmiy, badiiy, publisitik 
82. Masalan, ilmiy uslubning asosiy ko‘rinishlari bo‘lgan nimalar yozma yaratiladi?
monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola va shu kabilar 
83. Masalan, ilmiy usulubda nima og‘zaki bo‘ladi?
ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi. 
84. Badiiy usulubda nima og‘zaki bo‘lishi mumkin?


badiiy uslubga mansub sahna asarlari 
85. Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan 
ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari 
yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha.
Mazkur parcha qaysi uslubda yaratilgan?
Ilmiy uslub 
86. Yodlang!!! OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat. Odam, hayvon, 
umuman, jonivorlar iste’mol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik. 
87. Yodlang!!! 
1) Ovqat odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi. 
2) Taom faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadi va ovqat 
so‘ziga nisbatan biroz badiiy bo‘yoqqa ega. 
3) Oziq «odam va boshqa joni-vorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» 
ma’nosini ham bildiradi. Ovqat va taom so‘zlari, asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi 
narsani bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi 
narsani bildiradi. 
4) Xo‘rak, yemish juda kam qo‘llanadi. 
5) Ne’mat badiiy uslubga xos. 
88. Iljaymoq, tirjaymoq, xandon otmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq kabilar qaysi 
xususiyatga ko‘ra ma’lum usulubga xoslangan?
Salbiy va ijobiyligiga ko‘ra 
89. Esda saqlang!!! Nutqni to‘g‘ri va ta’sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to‘la 
muvofiq shakllantirishda uslubiy bo‘yoq alohida o‘rin tutadi. 
90. Uslubiy bo‘yoqning ikki xususiyatini ayting! 1) so‘zning muayyan uslubga 
mansubligi ; 2) unda so‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi «uslubiy bo‘yoq» 
nomi bilan umumlashtiriladi. 
91. So‘zlarning muayyan uslubga mansublig bo‘yog‘i nima? «funksional bo‘yoq» 
(masalan, «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi bor, 
«inson» ma’nosidagi bashar so‘zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud).
Uslubiy xoslanish funksional bo‘yoq sanaladi 
92. So‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi qanday bo‘yoq sanaladi? 
“emotsional-ekspessiv” bo‘yoq. (masalan, jamol so‘zida ijobiy munosabat, bashara so‘zida 
esa salbiy munosabat ham o‘z ifodasini topgan) 
93. Demak!!! So‘zlarning ma’lum bir usulubga xoslanishi funksional bo‘yoq va 
so‘zlardagi subyektiv(shaxsiy) munosabat, ijobiy va salbiylik emotsional-ekpressiv bo‘yoq 
sanaladi. 


94. Diqqat!!! Inson-kishi-bashar so‘zlaridagi bashar so‘zi badiiy usulubga xos va bu 
uning funksional bo‘yoq tomoni 
95. Diqqat!!! Bashara-chehra-yuz so‘zlaridagi bashara salbiy, chehra ijobiy sanaladi va 
bu so‘zlarning emotsional-ekpressiv bo‘yog‘i sanaladi. (salbiy yoki ijobiy munosabat 
emotsional-ekpressiv bo‘yoq sanaladi) 
96. Bunaqa basharani umrimda ko‘rmaganman. Hiringlagani hiringlagan. Gapdagi 
emotsional-ekpressiv bo‘yoqli so‘zlarni toping.
Bashara va hiringlamoq 
97. Yodlang!!! 
1) Barter—tovar ayriboshlash 
2) Birja—bozorning uyishish shakli, yirik savdo muassasi 
3) investitsiya—iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga kapital qo‘yish, kiritish 
4) Marketing—a) Iqtisodiyotning mahsulot chiqrish va sotish muammolari bilan 
shug‘ullanuvchi sohasi 
b) mahsulot ishlanmalari tayyorlash, Tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish 
tizimi 
5) Menejer—malakali yollanma boshqaruvchi 
6) Menejment—zamonaviy ishlab chiqarish, boshqarish, tartibga solish to‘g‘risidgi fan
(qisqartirildi) 
98. So‘zlarning funksional bo‘yog‘i nima?
So‘zlarning turli uslubiy(badiiy, poetic, she’riy, ilmiy, rasmiy) xoslanishi
99. So‘zlarning emotsional-ekspressiv bo‘yog‘I nima?
Subyektiv munosabat ifodalash, salbiy yoki ijobiy munosabatda qo‘llash 
100. Esda saqlang!!! So‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish har qanday nutqning aniq va 
ta’sirli bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda so‘zning leksik ma’nosi bilan bir qatorda uning uslubiy 
bo‘yog‘ini ham yaxshi bilish zarur. So‘zning u yoki bu uslubga xoslanganligi va so‘zdagi 
salbiy yoki ijobiy munosabat ifodasini bilmasdan turib, uni to‘g‘ri va maqsadga muvofiq 
holatda qo‘llab bo‘lmaydi. Qaysi uslub bo‘lishidan qat’i nazar, nutq tuzuvchi buni inobatga 
olishi lozim. 
101. Ma’nodosh(sinonim) so‘zlar qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanadi? 1) muayyan 
uslubga xoslanishi 2) emotsional-ekspressiv bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi 
102. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor 
ma’nodoshlik qatorida qaysi so‘z biron-bir uslubga xoslanmagan?
Yuz 
103. Qaysi so‘zlarda salbiy bo‘yoq darajalangan holda aks etgan?
bet, aft, bashara, turq so‘zlarida 


104. Qaysi so‘zlarda so‘zlashuv uslubiga xoslik mavjud?
bet, aft, bashara, turq so‘zlarida 
105. Qaysi so‘zlarda ijobiy bo‘yoq mavjud?
chehra, jamol so‘zlarida 
106. Qaysi so‘zlar badiiy uslubga xoslangan?
chehra, jamol so‘zlari 
107. Qaysi so‘zlar eskirgan va ko‘proq kitobiy uslubga xos?
oraz, uzor, ruxsor so‘zlari 
108. Bu so‘zlarning turli uslubga xoslanishi qanday bo‘yoq sanadi?
Funksional bo‘yoq 
109. Bu so‘zlarning ijobiy va salbiyligi qanday bo‘yoq sanaladi?
emotsional-ekspressiv bo‘yoq 
110. Qanday so‘zlar uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali, 
ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi?
Ma’nodosh so‘zlar 
111. Tilimizdagi qanday so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi 
nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini 
aynan qanday so‘zlar tashkil etadi? 
Omonim(shakldosh so‘zlar) va paronimlar bilan 
112. Ma’nodosh so‘zlarni eslab qoling!!! 
1) bitmadi—tamom etmadi 2) maqtamoq—ko‘kka ko‘tarmoq 3) dard-alam 4) 
odam—inson 5) olam—dunyo 6) shoir—qalamkash 7) shabboda-sabo 
113. Diqqat!!! Sinonimlarni yodlang: 
1. Do‘st—o‘rtoq—og‘ayni—birodar—oshna—yor; 
2. Chiroyli—go‘zal—suluv—sohibjamol—barno; 
3) ko‘p—ancha—bisyor—talay—mo‘l—serob 
4) tushunmoq—anglamoq—fahmlamoq—ilg‘amoq—idrok qilmoq 
114. Diqqat!!! Paronimlarga qarang!!! 
1. Hunarni asrabon netkumdur oxir. (oxir, axir, oxur), 
Olib tufroqqamu ketkumdur oxir (oxir, axir, oxur). 
2. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qut-mish ranj ila, 
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj (ganch, ganj) ila. 
3. Quyoshlig‘ istasang, kasbi kamol et, 
Kamol kasb (kosib, kasb) etarsen, bemalol et. 
4. Har kishikim, birovga qozg‘ay choh (chog‘, choh), 


Tushgay ul choh (chog‘, choh) aro o‘zi nogoh. 
115. Omonimni Yodlang!!! 
Chek I Chegara, eng so‘nggi chegara. 
Chek II chegaralarii aniq belgilangan yer uchastkasi 
Chek III qur’a, bir ishni bajarish majburiyati sharti 
Chek IV Ma’lum summani bankdan, kassadan olish yoki boshqa yerga o‘tkazish 
huquqini beruvchi hujjat. 
Chek V Tortmoq. Iztirob chekmoq 
116. 10-sinfda berilgan omonimlarni lug‘atdan toping va yodlang!!! 
Chang-chang, qon-qon, chiq—chiq, gul—gul, ol—ol, dam—dam, otin—otin, bo‘l—
bo‘l, o‘t—o‘t, bo‘sh-bo‘sh, yosh-yosh, tut— tut, qoq-qoq (omonimlar mashqlar ichidan 
olindi, bularni topib yodlash juda ham muhim) 
117. Paronimlarni yodlang!!! 
abro‘-qosh//obro‘-e’tibor, nufuz, hurmat; 
ganj—boylik, xazina///ganch—qurilish materiali; 
afzal—yaxshi, a’lo, ortiq//abzal—ot-ulov asboblari majmui; 
adib—ijodkor//adip—to‘n, xalat matosi 
118. Omonim va paronimlarni yodlang!!! 
1) och—ochmoq//och—to‘q emas(omonim) 2) mart—oy nomi///mard—dovyurak, 
botir(paronim) 3) kir—toza emas//kir— kirmoq(omonim) 4) osh—oshmoq// osh—
taom(omonim) 5) qor—qormoq//qor—tabiat hodisasi(omonim) 
119. Shoti so‘zi adabiy tilda nima sanaladi?
Narvon 
120. Patinjon so‘zi adabiy tilde nima sanaladi?
Pomidor 
121. Tancha adabiy tilde nima?
Sandal 
122. Qanday birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari 
sanaladi?
Shevaga xos so‘zlar 
123. Milliy tilga nimalar kiradi? Shevaga xos so‘zlar, argolar, jargolar, vulgar so‘zlar, 
varvarizm, eskirgan so‘zlar, atamalar, kasb-hunar leksikasi, xullas, tilimizdagi barcha 
unsurlar. (milliy til nihoyatda keng tushuncha) 
124. Milliy tilning ishlov berilgan, tanlangan, sayqal berilgan eng oliy shakli qanday til 
sanaladi?


Adabiy til (milliy tilga nisbatan ancha tor tushuncha) 
125. Shuning uchun bunday unsurlar(shevaga xos so‘zlar) qaysi uslublarda 
qo‘llanmaydi?
ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi. 
126. Shevalar so‘zlashuv uslubida qo‘llanadimi?
ko‘proq oddiy so‘zlashuv uslubida qo‘llanadi 
127. Shevaga xos so‘zlar qaysi uslublarda ma’lum bir me’yorda(kamroq) qo‘llanadi?
Badiiy va adabiy so‘zlashuv uslubida
128. Qaysi uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik 
maqsadiga xizmat qiladi?
Badiiy uslubda 
129. She’valar badiiy asarda qanday maqsadda qo‘llanadi? badiiy asarda qahramonning 
muayyan hududga mansubligini ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, hayotning realistik 
tasvirini chizishga yordam beradi. 
130. Yozuvchi shevaga xos so‘z va adabiy tildagi muqobili o‘rtasida nozik farq bo‘lsa, 
qaysi birini tanlaydi?
Shevaga xos so‘zni
131. Qaysi ijodkorning qissaslaridan biri «Sinchalak» deb sheva so‘zi bilan nomlagan?
Abdulla Qahhorning 
132. Sinchalakning adabiy tildagi muqobili nima?
Chittak 
133. Sinchalak va chittakning farqi nimada? «chittak» so‘zida qushning qo‘nimsizligiga 
ishora bor, «sinchalak»da esa uning nozikligi (sinchaloq – jimjiloq so‘zi bilan aloqador) 
ta’kidi mavjud, noziklik, albatta, ijobiy sifat. Shuning uchun yozuvchi alohida mehr bilan 
tasvirlagan qahramoniga nisbatan sheva so‘zini(sinchalakni) ma’qul ko‘rgan. 
134. Eskirgan so‘zlar qaysi ulublarda juda katta uslubiy qimmatga ega?
Badiiy va publisistik 
135. Eskirgan so‘zlarning necha turi mavjud?
2 ta—tarixiy va arxaik 
136. Qanday so‘zlar tarix mavzulari yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o‘tmishni real 
tasvirlash maqsadi bilan qo‘llanadi?
Tarixiy so‘zlar 


137. Qanday so‘zlar matnga tarixiy kolorit berish bilan birga, zamonaviy mavzular 
yoritilgan badiiy va publitsistik asarlarda ko‘tarinkilik, tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi?
Arxaik so‘zlar 
138. Arxaik so‘zlarga misol ayting! (dudoq – hozirgi muqobili lab; meng – hozirgi 
muqobili xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi) 
139. Tarixiy so‘zlarga misol ayting! (yasovul, bek, xon, qozi, cho‘ri kabi). 
140. Arxaik va tarixiy so‘zning farqi nimada? Arxaik so‘zlarning hozirgi kunda muobili 
mavjud, ular boshqa so‘z bilan yuritiladi. So‘z eskirsa ham, u ifodalagan tushuncha saqlanib 
qolgan . Ammo tarixiy so‘zlarda so‘z ham , u ifodalagan tushuncha ham eskirgan bo‘ladi.
Masalan, dudoq hozir lab deb yuritiladi, ammo yasovul so‘zi ham, u ifodalagan tushuncha 
ham hozir mavjud emas . (yuqoridagi misollarni aynan yodlang) 
141. Shevalarga e’tibor bering!! Bodparak, barak, valish, adrasman, yorqanat, shapati, 
vahmak, bo‘riq, 
142. So‘zlarni tarixiy va arxaikka ajrating!!! 
rayon, sipoh, oblast, qozi, muhrdor, podsho, tanob, tarxon, kepakiy , qutidor, cho‘ri 
143. Yodlang!!! 
1) bitik—a) yozuv b) xat, maktub c) asar 
2) kolorit—a) rasm, ranglar uyg‘unligi; biror narsaning xususiyatlari majmui 
3) zavj—er, qayliq; 4) zavja—rafiqa, xotin 5) moziy—o‘tmish 6) tancha(sheva)—
sandal 
7) qutidor—Qo‘qon xonligida soliqlarni to‘plab xon xazinasiga yuboruvchi 
144. Esda saqlang!!! Mustaqillik tufayli yuz bergan o‘zgarishlar, evrilishlar, 
yangilanishlar o‘zbek tili leksikasining rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir faqat son 
jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bo‘lganligini ta’kidlash lozim. 
Mustaqillikdan avval lug‘atlarimizga sig‘magan ma’naviyat so‘zi izohli lug‘atga qaytdi. 
!!! Bakalavr, bankomat, barter, birja, investitsiya, konsalting, marketing, menejer, 
multimedia, reyting, tadbirkor, raqobatbardosh kabi son-sanoqsiz so‘zlar tilimizga kirib keldi 
va uning boyishi uchun xizmat qilmoqda. (yozilishini ham o‘rganing) 
145. Qolip, betlik, poshna, charm, shirach; sandon, dam, ko‘ra, bosqon, bolg‘a; andava, 
mola, chaplama suvoq; iskana, randa, shovun, tesha. Berilgan so‘zlar nimaga oid? Kasb-
hunarga oid 
146. Tilimizdagi nimalar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy 
uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir?
Terminlar 


147. Nimalar ilmiy uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning 
o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi?
Terminlar 
148. Terminlar , asosan, ilmiy uslubga xos sanaladi. Ular qaysi uslublarda tasviriy-
uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi mumkin?
badiiy va publitsistik uslublarda 
149. Ilmiy va ilmiy-texnik jarayon, ishlab chiqarish manzaralarini tasvirlash, muayyan 
soha bilan bog‘liq shaxsning nutqiy xarakteristikasini yaratish kabi badiiy maqsadlar bilan 
nimalar mazkur uslublarda qo‘llanishi mumkin?
Terminlar(atamalar, istilohlar) 
150. Mamlakatimizning turli hududlarida qadimdan kulolchilik, duradgorlik, 
etikdo‘zlik, gilamchilik, kashtachilik, tikuvchilik, naqqoshlik, temirchilik, pichoqchilik kabi 
bir qancha kasb-hunar tarmoqlari rivojlanib kelgan. Bu sohalarga oid maxsus tushunchalar,
o‘ziga xos so‘zlar bilan nomlangan, bular qanday nomlanadi? kasb-hunar leksikasi nomi 
bilan umumlashtiriladi va ana shunday leksika, albatta, kasbiy-ilmiy matnlarning asosiy 
unsurlaridir. 
151. Kasb-hunarga oid so‘zlar va iboralar qaysi uslublarda qo‘llanishi va tegishli sohaga 
daxldor hududiy o‘ziga xoslikni ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin? badiiy va publitsistik 
uslublarda 
152. Esda saqlang!!! Iboralar tilning eng muhim tasviriy-uslubiy vositalaridan biridir. 
Ular nutq uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda 
ko‘pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo‘llanadi. Bunga misollar ayting! qo‘l 
qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq (demak iboralar 
ilmiy va rasmiy uslubda kamroq, muayyan tushunchani nomlash uchungina qo‘llanadi) 
153. Iboralar qaysi uslublarda keng qo‘llanadi?
So‘zlashuv, publisistik va badiiy usulublarda 
154. Nimalar obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi bilan, 
yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi?
Iboralar 
155. Iboralarga diqqat qiling!!! Tomdan tarasha tushganday, tarvuzi qo‘ltig‘idan 
tushmoq, oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir 
etmoq, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq 
156. Qaysi uslublarda iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga 
iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi?
Badiiy, publisistik va so‘zlashuv uslublarida 


157. Antonim va sinonim iboralarni yodlang!!! 
1) O‘ziga to‘q—qo‘li uzun sinonim iboralardir; ularning antonimi qo‘li kalta sanaladi 
2) joni achimoq—ichi achimoq—sinonim 
3) Boshi qotmoq—miyasi g‘ovlamoq—sinonim? 
4) Bir yoqadan bosh chiqarmoq—bir tan-u bir jon bo‘lmoq—sinonim 
158. Iboralarga diqqat qiling!!! Ma’noshlarini toping!!! 
Aqldan ozmoq, bino qo‘ymoq, bir shingil, almisoqdan qolgan, miridan sirigacha, ichi 
qora, ko‘zini yog‘ bosgan, mazasi qochdi, payini qirqmoq, oyog‘ini tirab olmoq, podadan 
oldin chang chiqarmoq, «san-man»ga bormoq, joni halqumiga keldi, yuragini yormoq, 
qo‘ldan ketmoq, «hash-pash» deguncha. 
159. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni yodlang va yozilishiga diqqat qiling!!! 
1) Brifing—rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari bilan o‘z fikrini bildirishi 
2) Diversifikatsiya—mahsulot turini ko‘paytirish, kengaytirish 
3) Modernizatsiya—Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish 
4) Parlament-Demokratik davlatlarda, asosan, saylov yo‘li bilan tuziladigan oliy vakillik 
va qonunchilik organi 
5) Strategiya-Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi; 
160. Matematika, kimyo, geografiya ,ona tili kabi fanlarda ishlatiladigan terminlar qaysi 
uslubga oid?
Ilmiy uslub 
161. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi bu…?
Rasmiy uslub 
162. Radio, televideniyekabi ommaviy axborot vositalari uslubi bu…?
Publisistik usulub 
163. Qayta faollashgan so‘zni ayting.
Vazir 
164. Iboralar qaysi uslubda ko‘proq ishlatiladi?
Badiiy, shuningdek so‘zlashuv va publisitik 
165. Iboralar qaysi uslublarda muayyan tushuncha uchungina (kam)qo‘llanadi?
Ilmiy va rasmiy 
166. Diqqat!!! Arra, tesha, mix, ketmon, posha, qolip, andava, mola kabilar kasb-hunar 
leksikasi sanaladi 
167. Diqqat!!! Ega, katet, gravitatsiya, aniqlovchi, ildiz, ko‘paytma, sintez, yonbosh, 
halol kabilar atamalar(termin) sanaladi 168. Ma’lumki, tilshunoslikka oid nazariy 
adabiyotlarda olmosh so‘z turkumi xususida boshqa so‘z turkumlariga nisbatan noan’anaviy 


lisoniy qarashlar mavjud. Bunday qarashlar, albatta, olmoshlar turkumiga xos so‘zlarning 
lingvistik tabiatiga bog‘liq holda shakllangan. Ichi bo‘sh so‘zlar – ma’no qobig‘i bo‘sh 
so‘zlarga olmoshlar va atoqli otlar kiritiladi. Olmosh va atoqli otlar pragmatik funksiyaga 
ega bo‘lib, matn ichida ma’lum nutq vaziyati bilan aloqador ma’no ottenkalari bilan 
to‘ldiriladi. Parcha qaysi uslubga oid?
Ilmiy uslubga 
169. MORFOLOGIK VOSITALAR USLUBIYATI!!! 
170. Kelasi zamonning qaysi shakli usulbiy xoslangan bo‘lib, unda tantanovorlik ta’kidi 
kuchli?
-ajak 
171. –ajak shakli qaysi uslubga xos?
Publisistik 
172. Morfologik vositalarda (shakl yasovchi qo‘shimchalarda) qanday bo‘yoq kuchli 
emas?
Emotsional-ekpressiv (subyektiv, ya’ni ijobiy va salbiy bo‘yoq) 
173. Morfologik vositalarda (shakl yasovchi qo‘shimchalarda) qanday bo‘yoq kuchli 
bo‘ladi?
Funksional bo‘yoq(ya’ni, uslublarga xoslanish) 
174. Siz unda haqiqiy onalarni ko‘r+ajak+siz. (-ajak) 
175. Safar hozirligini ko‘r+gay+siz(-gay uslubiy xoslangan, publisitik uslub) 
176. O‘zingizni bosing dedim, quriq+qina qilib (-qina uslubiy xoslangan, so‘zlashuv 
uslubi) 
177. Do‘ppi+dak+kina osh qildim (-dek(-dak) va kina uslubiy xoslangan, so‘zlashuv 
usulubi) 
178. So‘rang, do‘ndiq+chaning oti nima? (-cha uslubiy xoslangan, kichraytirish) 
179. Bitmas baxtim bor man+im (-im, ya’ni –ning uslubiy xoslangan, badiiy uslub) 
180. Ko‘z+lariga buncha tikilding (-lar uslubiy xoslangan) 
181. Dadam+larga salom ayting (-lar uslubiy xoslangan) 
182. Ochiq yuz+la ko‘rishdi (-la(bilan) uslubiy xoslangan) 
183. Nechun men+din yashirding (-dan(-din) uslubiy xoslangan) 


184. Shuning+chun keldim (-chun(uchun) uslubiy xoslangan) 
185. O‘t bo‘lib orqangdan kez+mak+daman (-mak(-moq) uslubiy xoslangan) 
186. Unga teng kel+adirgan kim bor? (-adirgan(-adigan) uslubiy xoslangan) 
187. U sher yanglig‘ hayqirdi (yanglig‘ uslubiy xoslangan) 
188. Diqqat!!! Kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari badiiy uslubga xos sanaladi, 
yanglig‘ ko‘makchisida bo‘yoqdorlik kuchli) 189. Seni olib ket+gali keldim (-gali(-gani) 
uslubiy xoslangan) 
190. Biz gashtini sur+ayotir+miz (-ayotir usulubiy xoslangan) 
191. Diqqat!!! -gay, -gu, -ajak, -ayotir, -ayotib, -moqda kabi zamon shakllari uslubiy 
xoslangan shakllar sanaldi 
192. –lar ko‘plik shakli Grammatik vazifa bajarmasa, uslubiy xoslangan sanadi.
Akamlar, suvlar, ko‘zlarim, boshlarim, yog‘lar, unlar, quyoshlar, yuraklar kabi 
193. Yodlang!!! TAYYOR, muhayyo, shay, taxt, hozir. Ishlatish, foydalanish yoki 
bosh-qa narsa uchun naqd holatda. 
194. 
195. Yodlang! Tayyor kengroq tushunchaga ega. 
2. Muhayyo ko‘proq yozuv uslubiga xos. Shay «tayyor» ma’nosini kuchli bo‘yoq bilan 
ifodalaydi. U biror narsaga har jihatdan mos holda tayyor ekanlikni bildiradi. 
3. Taxt so‘zi bu ma’noda ko‘proq jonli so‘zlashuvda qo‘llanadi va ma’noni tayyor 
so‘ziga nisbatan biroz kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi. 
4. Hozir bu ma’noda juda kam qo‘llanadi. 
196. Esda saqlang!!! 
Ko‘plik qo‘shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma’nosidan tash-qari turli qo‘shimcha 
ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Unutmaslik kerakki, 
miqdor aniq ko‘rsatilgan holatlarda bu qo‘shimchaning qo‘llanishi uslubiy xato sanaladi. 
Masalan, o‘nta kitoblar tarzidagi birikmada odatdagi ko‘plikni ifodalovchi -lar qo‘shimchasi 
noto‘g‘ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to‘g‘risi o‘nta kitob bo‘lishi kerak. 
197. Yodlang!!! 
Ko‘plik qo‘shimchasi ilmiy (qisman rasmiy) uslubdan boshqa uslublarda hurmat, 
kinoya-piching, kuchaytirish-ta’kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli uslubiy 
ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi. Masalan: 
1) Dadam keldilar (hurmat); 


2) Yigitcha «botir» bo‘lib keldilar (kinoya); 
3) Bolalar quvonchlarga to‘ldi (kuchaytirish); 
4) Alpomishlar maydonga tushdi (umumlashtirish) kabi. 
198. !!!Qo‘llarim-kuchaytirish, oybeklar-umumlashtirish, bellarim-tasviriylikni oshirish 
akamlar-hurmat, Farg‘onalarga— atrof bilan birgalikdalik 
199. Yodlang!!! 
1) Kaniz- 1. Tutqun ayol; cho‘ri. 2 Xon, amir va boshqa hukmdorlar saroyidagi 
xizmatchi ayol. 
2) Mufti(y)- Musulmonlarda oliy darajadagi ruhoniy; shariat qonunlarini talqin qiluvchi; 
fatvo beruvchi lavozimli ulamo 
3) Rabot- 1. Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan 
ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2 Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan 
manzil, karvonsaroy. 3 Shahardan chetroq-dagi turarjoy. 
4)Suyurg‘ol- Shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida 
ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om qilingan yer-suv, mol-mulk. 
5) Qiblagoh- 1 Qibla tomon, qibla. 2 O‘ta hurmatga loyiq kishi (ma-salan, ota) va unga 
murojaat shakli. 
6) Qurultoy- 1 Mo‘g‘ul va turkiy xalqlarda qadimdan mavjud bo‘lgan turli harbiy 
kengashlar va majlislarning umumiy nomi. 2 O‘zbekistonda hozir: biror soha vakillari 
ishtirokidagi respublika miqyosida o‘tkaziladigan 
200. Esda saqlang!!! Kelishik qo‘shimchalari belgili-belgisiz qo‘llanishi, bir-biri bilan 
alashinish imkoniyati, ayrim ko‘makchilar bilan ma’nodoshligi, ayrimlarining qisqargan 
shaklda qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlariga ko‘ra turli uslubiy ma’no nozikliklarining 
yuzaga chiqishiga imkoniyat beradi. 
201. Qaysi kelishik belgili qo‘llanganda, obyektni ta’kidlash ma’nosi ifodalanadi, 
belgisiz bo‘lganda esa bu ta’kid yo‘qola-di ?
Tushum kelishigi 
202. Misol ayting. kitobni o‘qidi- obyektni ta’kidlash kitob o‘qidi-ta’kid yo‘qolgan 
203. Ayrim birikmalarda tushum kelishigi qo‘llanganda, obyektning barchasi nazarda 
tutilganligi ifodalanadi. Uning o‘rniga qaysi kelishik qo‘llansa, obyektning bir qismiga 
e’tibor qaratilganligi anglashiladi?
Chiqish kelishigi 
204. Misol ayting. choyni ichdi – choydan ichdi. (choyni ichdi—hammasini, choydan 
ichdi qismini) 
205. Jo‘nalish kelishigini nima bilan almashtirsa, uslubiy farq yuzga keladi?
Ko‘makchi bilan 
206. Misol ayting. Do‘stimga oldim va do‘stim uchun oldim 


207. Qaysi kelishiklarning qo‘shimchalari badiiy uslubda, xususan, she’riyatda -n 
shaklida qisqargan holda qo‘llanishi va matnga ekspressivlik, poetik ohang baxsh etishi 
mumkin. 
Tushum va qaratqich kelishi shakli -n 
208. Misol ayting! Qarshimda yer sharin surati turar (qaratqich shar+i+ning) Bu shakl 
uslubiy xoslangan shakl bo‘lib she’riyatdagina qo‘llanadi 
209.
210. Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash’ali. Bu yerda –n uslubiy 
xoslangan va u tushum kelishigi shakli sanaladi (ort+i+ni yoritdi) 
211. Demak, kelishiklar orasida tushum va qaratqich kelishi shakllari –im, -n; chiqish 
kelishigi shakli –din, jo‘nalish kelishigi shakli –g‘a kabilar badiiy uslubga xoslangan bo‘aldi 
va ularda funksional bo‘yoq mavjud bo‘ladi. 
212. Yodlang!!! 
1) KOSHIN 1 Chinniga o‘xshatib ishlangan, yaltiroq, naqshli g‘isht plas-tinkasi. 2 Bir-
biriga zich qilib yopishtirilgan rang-barang shisha, marmar, tosh, yog‘och va shu kabilardan 
yasalgan surat yoki naqsh. 
2) KULLIYOT Bir adabiy turga mansub asarlarning majmuyi, she’riy to‘plam 
3) KUNGURA Qal’a devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga o‘xshatib ishlangan 
me’moriy bezak; dandana. 
4) MADRASA Diniy oliy o‘quv yurti 
5) MAQBARA Qabr ustiga qurilgan me’moriy inshoot yoki tosh tobut; dahma, sag‘ana. 
213. Qaysi kelishiklar belgisiz qo‘llana oladi?
Qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-pay 
214. Qaysi kelishik belgisiz qo‘llanmaydi? 
Chiqish kelishigi 
215. Qaysi kelishiklar ko‘makchilar bilan ma’nodosh bo‘lib, almasha oladi? 1) uyga—u 
tomon(jo‘nalish); uyalganidan— uyalgani sababli(chiqish); mashinada—mashina 
bilan(o‘rin-payt); ko‘rganlarini gapirdi—ko‘rganlari haqida (tushum) … 
216. !!! Kelishiklar har bir uyushiq bo‘laklarga qo‘shilsa qanday ma’no anglashilari? 
Uyushiq bo‘laklarni ta’kidlab sanash Ali+ni, Vali+ni, Soli+ni chaqirdi (xususiy, har biriga 
qo‘shilsa ta’kidlash bo‘aldi) 
217. Kelishiklar uyushiq bo‘laklarga umumiy qo‘shilsa qanday ma’no anglashiladi? 
Uyushiq bo‘laklarni ta’kidlamay sanash (Ali, Vali, Soli+ni chaqirdi. Shunchaki sanash) 


218. SUBYEKTIV BAHO ifodalovchi shakllar qaysilar? Erkalash va kichraytirish 
shakllari(aniqrog‘I, erkalash shakllari) 
219. Esda saqlang!!! Tilimizda -cha, -choq, -loq, -jon, -xon, -toy,-gina, -kina, -qina, -
boy, -bek, -oy, -poshsha, -bibi, -nisa, -bonu kabi bir qancha qo‘shimchalar mavjud bo‘lib, 
ular subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi. Ular kichraytirish-erkalash 
qo‘shimchalari nomi bilan ham ataladi. Bu qo‘shimchalar otlar va sifatlarga qo‘shilib, shu 
so‘zlar ifodalagan narsa yoki tushunchaga so‘zlovchi (yozuvchi)ning subyektiv munosabatini 
bildiradi, ya’ni bu so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoqni yuzaga keltiradi. Bunday 
qo‘shimchali so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publisistik uslublarda kuzatiladi, ilmiy va 
rasmiy uslublarda esa ular juda nofaol, kam qo‘llanadi. 
220. E’tibor bering!!! Uka+jon, yigit+cha, toy+choq, kelin+chak, Unsin+oy, qiz+aloq, 
ona+gina+m, Sharifa+niso, bola+kay, peshona+gina+m, aka+xon, o‘g‘il+tpy, Olim+toy, 
jimitdek+kina, andak+kina, yumshoq+qina, jinni+voy, bo‘ta+loq 
221. Subyektiv baho shakllari qaysi turkumlarga qo‘shiladi? Asosan, ot va sifatlarga 
222. AVAYLAMOQ, ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, 
e’zoz etmoq, papalamoq (po‘palamoq). Ehtiyot holda tutmoq, ehtiyot bilan munosabatda 
bo‘lmoq. 
223. Yodlang!!! 
1. Avaylamoq, asosan, «tashqi ta’sirdan, tashqi ta’sir natijasida bi-ror narsa bo‘lishdan 
ehtiyot qilish» ma’nosida qo‘llanadi. Bu so‘zda ehtiyotlash darajasi ayamoq, ehtiyot qilmoq 
so‘zlaridagiga nisbatan kuchliroq. 
2. Ayamoq «tashqi ta’sir natijasida biror narsa bo‘lishdan, shuningdek, yo‘qolish, 
sarflanish kabilardan ehtiyotlanish» ma’nosida ham qo‘llanadi. 
3. Ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlarining ma’no xu-susiyati ularning o‘zagi 
(ehtiyotdan) anglashilib turadi. Bular «tashqi ta’sir yoki biror sabab bilan biror narsa 
bo‘lishdan ehtiyot holda tutmoq» ma’nosida qo‘llanadi. 
4. Ardoqlamoq oddiy so‘zlashuvda kamroq uchraydi. Bu so‘zda g‘amxo‘rlik, hurmat 
munosabati ham aks etadi. 
5. E’zozlamoq, e’zoz etmoq kitobiy uslubga xos, unda g‘amxo‘rlik munosabati yana 
ham kuchliroq bo‘ladi. 
6. Papalamoq so‘zlashuv nutqiga xos, suyish munosabati aks etadi. 
224. Diqqaat!!! Opa+gina+m, opa+gina+ng, opa+ginas+si kabilar erkalash shakli; 
opa+m+gina, opa+ng+gina, opa+si+gina dagi –gina shakli yuklama sanaladi.
Egalik+gina=yuklama; gina+egalik=erkalash
225. DIQQAT!!! 
1. Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. 2. Shunda sizni azob emas, rohat kutajak. 
1. Bir kun bu alamlar unutiladi. 2. Bir kun bu alamlar unutilgay. 2-gaplardagi zamon 
shakllari uslubiy xoslangan sanaladi (publisistik uslubga xos) 


226. Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? Gapida qaysi zamon ifodalangan?
O‘tgan zamon shakli qo‘llangan , ammo kelasi zamon ma’nosi ifoda etilgan 
227. Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? Gapi qaysi uslubga xos?
So‘zlashuv uslubi 
228. Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz? Gapi 
qaysi zamon shaklida qo‘llangan?
Nima de+di+ngiz kesimidagi –di o‘tgan zamon, ammo ma’nosi kelasi zamonni ifoda 
etgan (ikkala gapada ham shakl—o‘tgan zamon, mzamun—kelasi zamon) 
229. Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz? Gapi 
qaysi uslubda?
So‘zlashuv usulubi
230. Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan 
chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz? 
230. Gaplarida nimaning taqazosi bilan zamon ko‘chgan?
So‘zlashuv uslubining taqazosi bilan 
231. Hozirgi zamon shaklini yasovchi -yotir, -yap, -moqda qo‘shimchalari ma’nodosh. 
Ammo ular orasida qanday uslubiy farq mavjud? 
1) Ulardan -yap ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xos, 
2) -yotir va -moqda qo‘shimchalari esa poetic(badiiy) uslubga xos bo‘lib tantanvorlik, 
ko‘tarinkilik bo‘yog‘i(funksional bo‘yoq)ga ega 
232. Kelasi zamon shakllaridan qaysi biri ham uslubiy xoslangan va tantanvorlik, 
ko‘tarinkilik bo‘yog‘i(funksional bo‘yoq)ga ega? -ajak shakli 
233. Diqqat qilib yodlang!!! 
a) Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shakli (-a, -y qo‘shimchasi) ning qo‘llanishida 
ham uslubiy o‘ziga xoslik mavjud. Bu shakl aniq zamonni emas, balki, umuman, zamonni, 
odatiylikni bildirish uchun ham qo‘llanadi. Masalan, predmetning belgisini bildiruvchi 
so‘zlar sifat deyiladi; kesim gapning markazi hisoblanadi; ega bosh kelishikdagi so‘z bilan 
ifodalanadi kabi ifodalarda buni ko‘rish mumkin. 
b) So‘zlashuv va boshqa uslublarda ham bunday holat odam gapiradi, qush uchadi, 
pichoq kesadi singari qo‘llanishlarda kuzatiladi va aniq zamonni emas, umuman, zamonni 
ifodalaydi. 
234. Uslubiy xoslangan zamon shakllarini eslab qoling!!! 
-ajak, -gay, -gu, -ayotib, -ayotir, -moqda 
235. Zamonlarning ko‘chishini o‘rganing!!! 


1) Endi men nima qil+di+m. Shakl o‘tgan zamon, mazmun kelasi zamon (nima 
qil+a+man) 
2) Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ket+d+im. Shakl o‘tgan, mazmun 
hozirgi zamon (men ket+yap+man) 
3) Bir kuni ko‘cha-da ketayotsam, Umri bir bosh uzum ko‘tarib kel+yap+ti. Shakl 
hozirgi zamon, mazmun o‘tgan zamon (ko‘tarib kel+di) 
4) Bir vaqt qarasam, yig‘la+yap+man. Shakl hozirgi, mazmun o‘tgan zamon 
5) Ko‘cha tomondan traktorning kelib to‘xtagani eshitil+a+di. Ko‘p o‘tmay bir qop 
narsani orqalab Qo‘chqor kirib kel+a+di. Shakllar kelasi zamon, ma’no o‘tgan 
zamon(eshitil+di, kirib kel+di) 
236. Yodlang!!! 
AZOB, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam. Ruhiy yoki 
jismoniy qiynoq. 
1) Azob keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiynoq» ma’no-sida ham, «o‘zga 
tomonidan bo‘ladigan, shuningdek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham 
qo‘llanaveradi. 
2) Aziyat, asosan, yoz-ma nutqda va o‘qimishli, katta yoshdagi kishilar nutqida 
qo‘llanadi. 
3) Jabr so‘zida belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchli va bu so‘z, asosan, 
«inson tomonidan bo‘ladigan azob» ma’nosida qo‘llanadi. 
4) Jafo mustaqil so‘z holida kam qo‘llanadi. Ko‘pincha bar so‘zi bilan juft so‘z 
holida(jabr-jafo) yoki qilmoq fe’li bilan birga qo‘llanadi 
5)Ozor so‘zida belgi darjasi azob , jabr so‘zlariga nisbatan kuchsizroq. Bu so‘z ham 
mustaqil holda juda kam qo‘llanadi. 
6) Zahmat mehnat bilan bog‘liq azobni bildiradi. 
7) Alam bu ma’noda kam qo‘llanadi. 
8) Iztirob, asosan, «ruhiy azob» ma’nosida qo‘llanadi va unda belgi darajasi azob 
so‘zidagiga nisbatan kuchliroq. Oddiy so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi. 
9) Uqubat, sitam so‘zlari yakka holda juda kam ishlatiladi. Uqubat so‘zi, ko‘pincha, 
azob so‘zi bilan, sitam so‘zi jabr so‘zi bilan juft so‘z holida qo‘llanadi. Azob-uqibat, jabr-u 
sitam… 
237. Hozirgi zamon shakli –yap qaysi uslubda ko‘p qo‘llanadi?
So‘zlashuv uslubi 
238. Qaysi zamon shakllari poetic(badiiy) uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanvorlikni 
ifodalaydi?
-ajak, -ayotir, -ayotib, -gay 
239. Qaysi zamon shakli aniq zamonni emas, umuman zamonni, odatiylikni bildirish 
uchun ham ishlatiladi?
Kelasi zamon shakli -a(-y). boraman, uchadi, o‘qiyman, pishadi 
240. SHAXS-SON SHAKLLARI KO‘CHISHI VA USLUBIYATIGA QARANG!!! 


241. Borib so‘rasang, o‘shqirib beradi. Qo‘rqasan odam... Gapdagi qo‘rq+a+san 
shaklini izohlang.
Bu yerda –san shaklan II shaxs birlikni, mazmunan I shax birlikni ifodalaydi
(qo‘r+q+man bo‘lishi kerak edi) 
242. O‘libmizmi, akaxon, bizam tushunamiz, ishingiz nozik, ha.
Bu gapda tushun+a+miz kesimidagi –miz shaklan II shaxs ko‘plik, mazmunan II shaxs 
birlik sanaladi ko‘plik birlik o‘rnida qo‘llangan) tushun+a+man bo‘lishi lozim edi. 
243. Esda saqlang!!! Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari harakatning bajaruvchi shaxsini 
, bu shaxslarning miqdorini ko‘rsatadi. Bu shakllar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik 
uslublarda birinchi shaxsning ko‘plik(-miz) shakli shu shaxsning birligi(-man)ni ifodalash 
uchun qo‘llanadi, bunda kamtarlik yoki manmanlik, kinoya-kesatiq kabi ma’nolarni 
ifodalaydi. 
244. E’tibor bering!!! 
1) Biz ham bu narsalarni ko‘rgan+miz. (Men ham bu narsalarni ko‘rgan+man)
(Shaklan: K Mazmunan: B) manmanlik 
2) Mana kel+di+k. (mana kel+di+m) kamtarlik 
3) Jahongir “Hozir ko‘ramiz” deb stoliga qaytdi. ( ko‘r+a+man) (ko‘r+a+miz) 
kamtarlik 
4) Bu maqolni biz ham bilamiz dedi Shoto‘ra. (bil+a+man) (bil+a+miz) kinoya-
kesatish 
245. Esda saqlang!!! 
Ikkinchi shaxsning birligi va ko‘pligini ifodalovchi -san va -siz qo‘shimchalarining 
qo‘llanishidagi uslubiy holat shundan iborat: 1) -siz hurmat ifodalashga, ya’ni «sizlash»ga 
ham ixtisoslashgan 
2) -san esa «senlash»ga ixtisoslashgan. 
Masalan: a) Mansur aka, mana, siz ham, harqalay, uncha-muncha narsani ko‘rgansiz 
(sizlash, hurmat ma’nosi). 
b) Otingniqamchila, bo‘lmasa quruq qolasan. (sensirash, hurmatsizlik ma’nosi) 
246. Diqqat!!! Hurmat yoki hurmatsizlik ifodalsh va kuchaytirish maqsadida –siz va –
san shaxs-son shakllariga –lar ko‘plik shakli qo‘shilishi mumkin. 
a) Xush kel+ib+siz+lar (hurmat hamda ko‘plik) 
b) Hammang mum tishlaganmi+san+lar(hurmatsizlik), nega javob 
bermay+san+lar(hurmatsizlik) 
247. Diqqat!!! Shuningdek, buyruq-istak maylidagi -ing qo‘shimchasi ham hurmat 
ma’nosini ifodalaydi, ayni paytda ko‘pchilikni «sizlash» ma’nosida -inglar, ko‘pchilikni 
«senlash» ma’nosida esa -laring qo‘shimchasi ishlatiladi. 
A) Sizlar ketaver+ing+lar, orqalaringdan yetib boraman!(ketaver+ing+lar—hurmat) 


B) Bu bolaga yetti yot begona edilaring-ku! Amaldor bo‘lgandan keyin g‘imirlab 
qoldilaringmi? (begona edi+lar+ing va g‘imirlab qoldi+lar+ing hurmatsizlik) 
248. Demak, o‘q+ing birlikdagi hurmat, o‘qi+ng+lar ko‘plikdagi hurmat; 
249. Demak , O‘qi+lar+ing ko‘plikdagi hurmatsizlik 
250. Xullas, ayt+ ing+lar=ko‘plik va hurmat; ayt+ lar+ing ko‘plik va hurmatsizlik 
251. Qani jo‘na+lar+ing. 1) Buyruq mayli 2) ko‘plik 3) hurmatsizlik 
252. Salomat bo‘l+sin+lar—salomat bo‘ling (sh:III shaxs—m:II shaxs—salomat 
bo‘l+ing) 
253. Endi, ijozat etsalar, bir-ikki so‘raydurgon gapimiz ham bor.(sh: III shaxs—m:II 
shaxs—ijozat etsa+ng) 
254. Assalomu alaykum, taqsir! Xush kelibsiz (sh:II shaxs ko‘plik—m: II shaxs birlik—
kelib+san) 
255. Xush ko‘rdik! Sizlarga ming-ming rahmat, O‘rmonjon (sh: I shaxs ko‘plik—m: I 
shaxs birlik—ko‘rdi+m) 
256. E-e... kelsinlar, kelsinlar. Qadamlariga ha-sanot! (sh: III shaxs ko‘plik—m: II 
shaxs birlik—kelib+siz) 
257. Bu men, akosi, tanidilarmi? (sh: III shaxs ko‘plik—m: II shaxs birlik—
tanidi+ng+mi) 
258. Yodlang!!!! AYYOR, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, 
mo‘ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak,qirriq, xirpa, maston. Aldab, chalg‘itib, har qanday 
ishni o‘z foydasiga hal qiladigan makr-hiylaga usta. 
259. Yodlang!!! 
1. Ayyor, quv, mug‘ombir so‘zlari odamga va ayrim boshqa jonivorlarga nisbatan ham 
qo‘llana oladi. 
2. Qolganlari esa bu ma’noda faqat odamga nisbatan qo‘llanadi. 
3. Ustomon, hiylagar so‘zlarining ma’nosi uning o‘zagidan anglashilib turadi. 
4. Mug‘ombir so‘zida belgi darajasi ayyor so‘zidagiga nisbatan biroz kuchsiz. 
5. Quv so‘zida belgi darajasi kuchliroq. 
6. Dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), makkor so‘zlarida ham belgi darajasi kuchli. Lekin bu 
so‘zlar nisbatan kam qo‘llanadi. 
7. Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa so‘zlari«ish ko‘rgan ayyor» ma’nosida qo‘llanadi. 
Maston so‘zi folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi 


260. Qaysi shaxs-son shakli sizlashga xos?
-siz bor+a+siz 
261. Qaysi shaxs-son shakli senlashga xos?
-san bor+a+san 
262. –san va –siz shakllariga hurmat yoki hurmatsizlikni kuchaytirish uchun qaysi shakl 
qo‘shiladi?
Ko‘plik shakli –lar bor+a+siz+lar—bor+a+san+lar 
263. INKOR SHAKLLARI VA USLUBIYATI!!! 
264. Yodlang!!! Tilimizda inkorni ifodalovchi morfologik vositalar sifatida fe’lning 
bo‘lishsizlik shaklini yasovchi 1) -ma qo‘shimchasini, 2) emas, 3) yo‘q kabi so‘zlarni, 
shuningdek, 4) na..., na yordamchisini ko‘rsatish mumkin. 
265. Qaysi inkor shakli so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda tasdiqni(inkorni 
emas), tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalashi mumkin?
Bo‘lishsizlik shakli –ma bormay qo‘ymayman—boraman (ta’kidlangan tasdiq) 
266. Qaysi inkor shakli ritorik so‘roq gaplarda keng qo‘llanadi?
Bo‘lishsizlik shakli –ma 
267. Ritorik so‘roq gaplarda qaysi shakl tasdiqni(inkorni emas) kuchaytirib ifodalaydi?
Bo‘lishsizlik shakli –ma 
268. Rahimov g‘animga tashlangan chog‘da Alpomish shiddatin payqamagan kim?! 
Ushbu ritorik so‘roq gapda nima tasdiqni kuchaytirgan?
Bo‘lishsizlik shakli –ma (bu yerda “hamma payqagan” degan yorqin ifodani yuzaga 
chiqargan) 
269. Bo‘lishsizlik ifodalovchi -ma qo‘shimchasi fe’l tarkibida qaysi qo‘shimchalar 
mavjud bo‘lganda, fe’lga qo‘shila olmaydi? -moq, -moqda, -moqchi kabi ( bu o‘zbek 
nutqiy odatida yo‘q. Masalan, kelmamoq, kelmamoqda, kelmamoqchi kabi qo‘llanishlar 
mumkin emas) 
270. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarining har ikki qismi, ya’ni ham yetakchi, ham 
ko‘makchi fe’lga bu qo‘shimcha qo‘shilganda ham, inkor emas, balki qat’iy tasdiq 
ifodalanadi. Bunga misol ayting! Dushmanni yeng+may qol+maydi (albatta yengadi) Hech 
kim bil+may qol+maydi (hamma biladi) 
271. Qaysi inkor shakli inkor bog‘lovchisi sifatida ham, inkor yuklamasi sifatida ham 
inkorning kuchli va qat’iy 


272. ifodalanishiga xizmat qiladi, nutqning emotsional-ekspressivligini kuchaytiradi? 
..na…na inkor shakli 
273. Inkor ma’nosi ba’zan so‘zlashuv uslubida, demakki, badiiy uslubda ham !!! 
Ohang(intonatsiya) yordamida ifodalash mumkin. Misol ayting. Bor gapni aytaman-
tashlayman. Uni topib bo‘ptilar keyin (ya’ni, topa olmaydilar inkor ma’nosini ifodalagan) 
274. Demak, inkorni 1) –ma 2) yo‘q 3) emas 4) …na…na 5) ohang bilan hosil qilish 
mumkin!!! 
275. Bir ahmoq xodimining qilig‘i uchun mansabdan ayrilishni kim ham istar edi? (sh: 
tasdiq—m: inkor) 
276. Qalbi muhrlangan banda uyni muhrlamoqchi bo‘lganlarga nima ham deya olardi? 
(sh: tasdiq—m: inkor) 
277. Bu gaplarni kim bilmaydi dersiz? (sh: inkor—m: tasdiq ritorik so‘roq gap) 
278. Diqqat!!! Ritorik so‘roq gaplar kesimi tasdiq bo‘lsa, inkorni, inkor bo‘lsa tasdiqni 
ifodalaydi) 
279. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa, davomli bo‘ishsizlikni ifodalaydi. 
O‘qi+may qo‘ydi, kel+may qo‘ydi(anchadan beri, davomli) 
280. Bo‘lishsizlik shakli ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa, bir martalik inkorni ifoda etadi: 
o‘qib qo‘y+madi, bajarib qo‘y+madi (bir marta) 
281. Bo‘lishsizlik shakli ko‘makchi ham yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday ma’no 
anglashiladi? Qat’iy tasdiq qimay qo‘ymadi, bajarmay qo‘ymadi 
282. YODLANG!!! ASIL, sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon Qimmati, 
fazilati va boshqa xususiyati jihatidan eng yuqori darajali, eng yaxshi. 
1) Asil, sara, xil shaxs yoki narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llana oladi Lekin juda oz 
uchraydi. 
2) Sarxil faqat narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
3) Sara, sarxil donalab sanaladigan narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llanadi. 
4) Sarxil, asosan, saralab (xillab) ajratilishi mumkin bo‘lgan narsalarga nisbatan 
qo‘llanadi va unda saralash (xillash) ottenkasi sezilib turadi. 
5) Mumtoz kitobiy uslubga xos, shaxsga nisbatan qo‘llanadi. 
6) Poshshaxon oddiy so‘zlashuv uslubga xos.
7) Zupta kam qo‘llanadi 
283. Na… na inkor shakli badiiy usulubda inkorni ifodalaydi. 
284. Yo‘q so‘zi gap boshida kelsa, qat’iy inkorni ifodalaydi. Yo‘q, bormayman. 


285. SINTAKTIK VOSITALARNING QO‘LLANISH USLUBIYATI!!! 
286. Gap bo‘laklarining odatiy tartibi mavjud. Bu tartibga ko‘ra gapda ega oldin, kesim 
esa keyin joylashadi, aniqlovchi aniqlanmishdan, hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi, 
demak, kesim odatda gapning oxirida keladi. 
287. DIQQAT!!! Ammo muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi 
so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishi mumkin, bunday o‘zgargan so‘z tartibi inversiya 
deb nomalandi. 
288. Qaysi uslublarda so‘zlarning odatdagi tartibi saqlanadi? Ilmiy va rasmiy uslublarda 
gapda so‘zlarning odatdagi tartibi , asosan, qat’iy saqlanadi 
289. Qaysi uslublarda odatdagi tartib o‘zgarishi, ya’ni inversion tartib qo‘llanishi 
mumkin? So‘zlashuv, badiiy va publisistik usulublarda inversiya uchraydi 
290. Inversiyaga misollar ayting. 1) Qaytdi buyuk alloma o‘z yurtin quchog‘iga. 2) Bir 
daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini. 
291. Gapda so‘z tartibining o‘zgarishi(inversiya) mantiq urg‘usining o‘zgarishi bilan 
ham bo‘ladi. Mantiq urg‘usi gapdagi ahamiyatli bo‘lakni ta’kidlashga xizmat qiladi,
bunday urg‘uli bo‘lak qaysi bo‘lak oldiga olib o‘tiladi? kesimning oldiga olib o‘tiladi 
292. Mantiqiy urg‘u kesim oldiga kelishiga misol ayting! 
1) Do‘stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun bordi (Boshqa narsaga 
emas, nodir kitobni o‘qish uchun) bordi; 
2) Kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun do‘stim bordi. (boshqa kishi emas, 
do‘stim bordi) ; 
3) Do‘stim nodir kitobni o‘qish uchun kecha kutubxonaga bordi (Boshqa joyga emas, 
kutubxonaga bordi); 
4) Do‘stim kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun kecha bordi (kecha, bugun emas) 
293. Sinonimlarni yodlang!!! BAJARMOQ, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, 
do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq. 
1) Bajarmoq, ado etmoq «ish-vazifa, topshiriqni ijro qilish va yakuniga yetkazish» 
ma’nosida qo‘llanaveradi. 
2) Ado etmoq ko‘proq kitobiy uslubga xos. 
3) Bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, bajo qilmoq, asosan, «ish-vazifani yakuniga 
yetkazish» ma’nosida ishlatiladi. 
4) O‘rinlatmoq kam qo‘llanadi. 
5) Do‘ndirmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli. 
6) bajo qilmoq nisbatan eskirgan, kam qo‘llanadi. 
7) O‘tamoq «burch-vazifani ado etish» ma’nosida qo‘llanadi 
294. Gap bo‘laklari o‘zgarishi qanday asarlarga ko‘proq xos? She’riy 


295. O‘rningdan tur jumlasida ma’noni qanday kuchaytirish mumkin?
Tur o‘rningdan deya inversion qo‘llash 
296. IFODA MAQSADIGA KO‘RA GAPLAR USLUBIYATI!!! 
297. Diqqat!!! Darak, so‘roq va buyruq kabi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari 
nutqiy uslublarda turli qo‘shimcha uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu 
turlarning barchasi kuchli his-hayajon, emotsionallikka ham ega bo‘lishi mumkin, bunday 
holatlarda ular undov gaplar ham deyiladi. Nutq uslublarining deyarli barchasida gaplarning 
bunday turlari matn maqsadiga muvofiq ravishda qo‘llanadi. 
298. Nutqada eng ko‘p qo‘llanadigan gap turi qaysi?
Darak gaplar 
299. Qanday gaplarda maxsus intonatsiya yordamida sevinch, gumon ma’nolarini 
ifodalash mumkin?
Darak gaplarda 
300. So‘roq gaplar xilma-xil uslubiy xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning ayrim 
ko‘rinishlari so‘roq bilan birga hayrat, gumon, shubha, hayajon, sevinch, taajjubni ifodalash 
mumkin. Bunga misol ayting! 
1) Shunaqayam bo‘ladimi?! (hayrat) 
2) Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?! (seninch, hayajon) 
3) Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?(shubha-gumon) 
301. Hatto ba’zan so‘roq gap bevosita so‘roqni emas, balki buyruqni ham bildirib 
kelishi kuzatiladi. Bunga misol ayting! Tez-tez yurmaysanmi?! («Tez-tez yur» mazmuni 
angashiladi). Bunday holatlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarga xos 
302. Qanday gaplarning ilmiy va rasmiy uslublarda qo‘llanishi ularning so‘zlashuv, 
badiiy va publisistik uslublarda qo‘llanishidan katta farq qiladi?
Buyruq gaplarning qo‘llanishi 
303. Qaysi uslubda buyruq gaplar his-hayajonsiz, ya’ni emotsionalliksiz qo‘llanadi?
Ilmiy va rasmiy uslubda 
304. Qaysi uslublarda buyruq gaplar ko‘proq emotsionallik ifodasi bilan ishlatiladi?
so‘zlashuv, badiiy va publisistik uslublarda 
305. Sinonimlarni yodlang!!! BALO, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, 
epchil, chaqqon, uddaburon. O‘rinlatib bajaradigan, mahorat va chaqqonlikka ega. 
1) Balo ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos. U «aqliy, jismoniy ish-harakat bajarishda 
yuqori mahoratga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llana oladi. 
2) Usta aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan qo‘llanadi. 
3) Ustamon quvlik, ayyorlik bo‘yoqqa ega. 


4) Bilag‘on, bilarmon so‘zlarining xususiyati ularning o‘zagidan anglashib turadi. 
5) Bilarmon salbiy bo‘yoqqa ega. 
6) Chechan, chaqqon, epchil «tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradi. 
7) Uddaburon, asosan, «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash uchun 
qo‘llanadi. 
306. Diqqat!!! Ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi 
javobni o‘zida yashirin ifodalaydigan gaplar bo‘lib, ular eng kuchli uslubiy vositalardan 
sanaladi. Bunday so‘roq gaplarda fikr kuchli his-hayajon, emotsionallik bilan, juda ifodali, 
ta’kidli va ta’sirchan tarzda beriladi. Shuning uchun bunday gaplar, asosan, so‘zlashuv, 
badiiy va publitsistik uslublarda keng qo‘llanadi. 
Misollar: 
1) Hozir erta turmasa bo‘ladimi?! (bo‘lmaydi) 
2) Xalqini sevgan qaysi farzand vatanini ozod ko‘rishni xohlamaydi?! (ozod ko‘rishni 
xohlaydi) 
3) Oliy adolat degani mana shu emasmi?! (shu) 
307. Yodlang!!! BOSHLIQ, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, 
ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo. 
Guruh, jamoa, xo‘jalik va shu kabilarning ish-harakatida bosh bo‘luvchi, mas’ul shaxs 
1) Boshliq «katta jamoa, xo‘jalikka rahbar shaxs» ma’nosida ham, shuningdek, «uch-
to‘rt kishidan iborat kichik guruhning juda qisqa muddatli ishiga boshchi shaxs» ma’nosida 
ham qo‘llana oladi. Lekin «katta xo‘jalik (muassasa) ish-faoliyatining rahbari» ma’nosida 
ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos bo‘ladi. 
2) Rahbar, asosan, «davlat idoralarining boshchilari» ma’nosida qo‘llanadi. 
3) Yo‘lboshchi so‘zida «boshlovchilik, yetakchilik qilish» bo‘yog‘i bor. 
3) Ishboshi nisbatan eskirgan. 
4) Boshchi kam qo‘llanadi. 
5) Katta, kattakon, ulug‘ oddiy so‘zlashuvga xos. 
6) Rahnamo kitobiy uslubga xos ma’no xususiyati jihatidan yo‘lboshchi so‘ziga yaqin 
turadi. 
7) Peshvo, sarvar eskirgan, kitobiy. 
8) Sardor, sarkarda kam darajada, asosan, obrazli ifodalarda qo‘llanadi 
9) Xo‘jayin oddiy so‘zlashuvga xos, biroz salbiy bo‘yoqqa ega. 
10) Kallampo oddiy so‘zlashuvga xos, kam qo‘llanadi, salbiy bo‘yog‘i kuchli. 
308. UNDALMALAR USLUBIYATI!!! 
309. !!! Ma’lumki, undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani 
ifodalaydi. 
310. !!! Ular so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor, 
rasmiy kabi munosabatlarini ham ifodalaydi. 


311. !!! Masalan, rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘i sezilib 
turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki... 
312. !!! Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-
ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz 
umrim parchasi(hurmat). Bo‘tam, orqaga qayt . Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. 
(erkalash). 
313. !!! Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli 1) 
undovlar ham birga qo‘llanishi 2) undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan: 
1) Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurmoqni istaydi ko‘ngil. (undovi 
mavjud undalma) 
2) Qizginam-ey, qizginam-ey,nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey! (undalma takror 
kelgan) 
3) Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey 
do‘st. (undalma takror kelgan) 314. Diqqat!!! Undalmalar gapning ichida yoki oxirida 
kelganda, emotsionallik bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi. Masalan: 
1) Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vatan – onajon. 
2) Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim. 
3) Qutida, – dedi Zulayho. – Xuddi shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a, 
dada? 
4) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan
undoq deydi, bilmagan mundoq 
deydi. 
315. Yodlang!!! 
VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, 
lahza. 
Yuz beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k. 
bilan o‘lchanadigan davomiyligi. 
1) 

Yüklə 431,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin