Numizmatikaning asosiy tushunchalari Reja



Yüklə 82 Kb.
səhifə1/4
tarix17.04.2023
ölçüsü82 Kb.
#99074
  1   2   3   4
Numizmatikaning asosiy tushunchalari


Numizmatikaning asosiy tushunchalari


Reja:


Kirish

  1. Numizmatika haqida qisqacha tushuncha

  2. Numizmatika” fani va uning vazifalari

  3. Tangalar va pullar paydo bo’lgunicha turli xalqlarda ayriboshlash vositalari haqida.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish

Numizmatika (lotincha: numisma — tanga) — tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yezuvlari, ogʻirligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini oʻrganadi. Numizmatika xronologiya, moddiy madaniyat, ichki va tashqi savdo tarixi masalalarini tekshirishga imkon beradi, tarix, arxeologiya, paleografiya, sanʼat tarixi, iqtisod, etnografiya fanlari uchun katta ahamiyatga ega.


Numizmatika tushunchasiga yana qogʻoz pullarni oʻrganish (bonistika) va medal, jeton, orden hamda nishonlarni oʻrganish (faleristika) ham kiradi. Metall pullar paydo boʻlgunga qadar pul vazifasini har xil tovarlar: hayvonlar, taqinchoklar, metall qurollar va quymalar bajargan.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi, savdoning oʻsishi pulga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqargan. Faqat davlat boshliklarigina tanga chiqarish huquqiga ega boʻlgan. Birincha metall tangalar miloddan avvalgi 7-asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan.
Oʻrta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.
Numizmatika numizmatik kolleksiyadan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya kilish 14—15-asrlarda Italiyada paydo boʻlgan. Ilmiy Numizmatika fani 18-asrning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan.
Numizmatika shartli ravishda Antik davr, Vizantiya, Sharq (Osiyo va Afrika mamlakatlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Volga boʻyida oʻrta asrlarda chiqarilgan tangalarni oʻz ichiga oladi), Gʻarb (Gʻarbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar) va rus Numizmatikasiga boʻlinadi.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin