Tangalar va pullar paydo bo’lgunicha turli xalqlarda ayriboshlash vositalari haqida.
Dastlabki pullar haqida chaqa pullar paydo bulgunga qadar ayirboshlash bilan savdo - sotiq ishlari olib borilgan. O’sha davrda bir qo’yga ko’p narsani ayirboshlash mumkin edi. Mana shu ayribolash vositasi bo’lgan tavarlar dastlabki pullarni keltirib chiqardi. Har bir mol - tovarning bahosi pul bilan belgilanib, narhi aytiladigan bo’lib qoldi. Masalan nimalar pul vazifasini o’tar edi, Ovchilik bilan shug’ullanuvchilarga hayvon terisi, dehqonlarga vino, don,-o’simlik yog’i pul hizmatini o’tagan. Sparta, Rim, Karfagen kabi qadimiy Shaharlarda teri pul o’rnida ishlatilgan. Usha davrda estoncha "raha"-"pul" degani lap-land tilida "teri", "charm" degani.
Mug’ulistonda pul vazifasini toshchay ishlatilgan. (toshchay- bu choy va yovoyi o’simlik barglariga buzoq koni shimdirilib, g’ishtsimon shaklda preslab, pechkada quritilgan). Bu toshchoyni hozirgi kunda ham sevib istimol qilishadi. Uning og’irligi 1,5 kg bo’lgan. Bundan tashqari zargarlik buyumlari ham pul vositasi hisoblangan, yana katta tegkrmon toshlari katta pul, mayda toshlardan tayorlanga chaqa pullar ham bo’lgan. Bu tosh pullar Palausa orolining toshlari bo’lgan. Kelinchalik metallar yuzaga kelishi bilan ulardan yasalgan uy- ro’zgor buyumlari bolta, pichok, juvolduz, mix, kamon o’qining uchi, nayza, idishlar bo’lgan, bu buyumlga hamma tovarlar almashish mumkin bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan tovarlar pul bo’lib qoldi. Nemis tangasi “pfennig” deb atalishining o’zi uning kelib chiqishidan darak beradi. Aslida bu tovardir (nemischa – pfanne). Mana shu metalldan tayorlangan har xil shakldagi pullar quyidagicha atalgan. Masalan Xitoyda "Kuylak" pullap, Meksikada "T" harifi misdan, Xindi - Xitoyda yeugon mis chiviqlar, SHimoliy Amerikada qo’rg’oshin soqqachalar, afrikada taxtaga o’xshash temir parchasi, Kombodja temir romchalar pul hizmatini o’tagan. Qadimgi greklarda esa temirdan to’rt qirrali chiviqlar pul hisoblangan grek puli" drahma" deb atalgan. Keyinchalik oltin topilgandan so’ng asosiy pul birligi hisoblangan.
Birinchi tamg’ali pulning paydo bo’lishiga "Yanus", hudosi yaratgan deyiladi, Shu tariqa har bir savdogar o’zi chiqaradigan pullarga har xil tamg’alar bosilgan. Masalan: keyinchalik G’arbiy Yevropa dinori, Vladimir kumush tangasi, Kufiylar dirhami, Vizantiya oltin solidi, Yaroslavning kumush tangasi, Elizaveta Petrovnaning impriali, tangalari zarb kilingan.
O’rta Osiyoda birinchi yuritilgan pullar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayin) davriga (eramizdan oldingi IV asrga) mansubdir. Iskandar Zulqarnayn vafotidan so’ng, uning imperiyasining Osiyo qismi, uning sarkardasi Salavka davlati tarkibiga kiradi. Salavkaning o’gli Antioh (280-261 yillarda) O’rta Osiyoda birinchi bo’lib pul chikarishni boshlagan.
Eramizdan oldingi III asr o’rtalarida O’rta Osiyoning janubiy rayonlarini, Afg’oniston va Hindistonning bir qismini o’z ichiga olgan Grek - Baqtriya podsholigi tashkil topdi. Dastlabki davrlarda tangalar O’rta Osiyoning faqat grek aholisi orasidagina yuritilgan bulsa kerak, chunki bu paytda tub aholi hali pul - tovar muomalasi yuritishga ulgurmagan edi. Bu jarayon eramizdan oldingi III asr, ya`ni ikki mustaqil: Parfiya va Grek - Baqtriya podsholigi payado bo’lgan davrda boshlangan. deb tahmin qilish har holda haqiqatga hilof bulmasa kerak, deb hisoblaydi taniqli tangashunos olimlardan E.V.Zeymal va Y.V.Ritveledzelar Numizmatika fani ba`zan tarihning muhim sahifalari bo’lgan o’z zamonasining siyosiy - iqtisodiy tuzumlarini ochib beriShda va tarihiy hujjatlarda qayd kilinmayqol-gan voqealar, podsholarning hukmronlik qilgan yillarini va uning nomlarini anqlaShga juda katta rol' o’ynaydigan asosiy hujjat bulib hizmat qiladi. Ilk O’rta asr davrida Sharq musulmon davlatlarida zarb qilingan hamma tangalarga yerli hukmdor o’z nomi bilan birga halifa nomini ham qushib zarb qilgan. Chunki halifa hudoning yerdagi noibi eng oliy diniy va siyosiy hokimiyat ramzi hisoblangan. Agar tangalarda halifaning nomi qayd qilinmagan bo’lsa, demak yerli hokimiyat bilan Amir al - Muminining o’rtasida qandaydir siyosiy nizo borligini va yoki unga qaral emas, mustakil davlat ekanligini kursatadigan asosiy dalil bo’lgan.
Numizmatika fani kungor honliklaridan Cevon - Rabdon . (1697-1727), Goldon - Ceren (1727-1745)lar nomi yozilgan va savdo muomalasidan yuritilgan mis pullarning Yorkend Shahrida zarb kilinganligini isbotladi. Ana Shunday pullardan sakkiz donasi muzeyimizning numizmatika fondida saqlanmoqda.
O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyining numizmatika fondida faqat O’rta Osiyo tangalari saklanibgina kolmay, balki unga qo’shni Afg’oniston, Hindiston, Eron va Sharqiy Turkistonda zarb qilingan tanga pullar ham saqlanmoqda.
Xulosa
Sharq Numizmatikasiga X. D. Fren asos solgan. Oʻrta Osiyo davlatlari tangalarini oʻrganishda rus olimlari P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Ye. A. Davidovich, O. N. Smirnova, oʻzbekistonlik olimlardan M. Ye. Massoy, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Yernazarova, Ye. V. Zeymal, B. D. Kochnev, A. A. Musakayeva, I. T. Toʻxtiyev va boshqalarning hissasi katta.
Zamonaviy numizmatika va arxeologiyada kollektorlar va mutaxassislar o'rtasidagi munosabatlar muammoli. Bugungi kunda numizmatistlar tomonidan qayd etilgan: "professional muzey numizmatistlarining avvalgi ustunligi endi u qadar inkor etilmasligi dahshatli narsa emasdek tuyuladi".
Zamonaviy tadqiqotchilar iloji boricha shaxsiy kollektsiyalar materiallarini bilishlari kerak; faqat shu tarzda ilm-fan mulkiga aylanishi mumkin bo'lgan shaxsiy kollektsiya materiallarini nashr etishga ko'maklashish.
Zamonaviy rus numizmatikasining holati g'arbiy Evropa Numizmatikasiga nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Muzeylar va xususiy kollektsionerlar o'rtasidagi hamkorlikning uzoq an'analari mavjud. Shubhasiz, rus numizmatikasini yanada rivojlantirish uchun xususiy to'plamlar e'tiborga olinmaydigan muhim omil hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |