4- LABORATORIYA ISHI.
Mavzu: «Ketma ket ishlayotgan nasoslarni sinash»
Ishning maqsadi:
Ishning maqsadi ketma ket ishlayotgan nasoslarni tekshirish.
Laboratoriya ishini vazifalari:
talabalarga laboratoriya qurilmasi sxemasini o„rgatish;
alohida va birgalikda ishlayotgan nasoslarni sinash natijalariga ko„ra,
birgalikda ketma ket ishlayotgan ikkita nasosning umumiy bosim xarakteristikasini
qurish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Nasoslarni ketma-ket ishlashi deb, bittanasos (1 pog„ona)uzatayotgan suvni
ikkinchi nasos(2 pog„ona)ning so„rish quvuriga, ikkinchi pog„ona nasosi suvni,
uchinchi pog„ona nasosining so„rish quvuriga uzatishiga aytiladi. Pog„onalar soni
talab qilinayotgan ko„tarish balandligi va tutashish armaturasi mustahkamliligiga
qarab chegaralanadi.
Bir dona nasosning bosimi bilan hisob balandligiga suvni ko„tarish imkoni
bo„lmasa, unda bir necha nasos ketma-ket ulab ishlatiladi. Bunday hollarda,
geometrik ko„tarish baladligiga berilgan suv sarfida quvurdagi qarshiliklarni engib
suvni ko„tarishga etarli bosimni hosil qilish uchun ikkinchi va navbatdagi nasoslar
qo„shilishi mumkin.
Ketma-ket ishlatishda foydalaniladigan nasoslarni tanlashda, nasos
korpusiningmustahkamlik shartiga katta e‟tibor qaratilishi lozim. Bu shartlar,
nasosning texnik pasportida keltirilgan. Ko„pinchalik nasoslarni ketma-ketishlatishda
ularning soni ikki pog„onadan oshmasligiga ruxsat beriladi.
Qurilma ta’rifi.
Qurilma, ketma-ket ulangan ikkita nasosdan, uchburchaksimon suv tashla-gichli
suv bilan to„ldirilgan sig„imdan, manometrlar va zadvijkalardan tashkil topgan.
Nasos ishga tushirilganda, sig„imdan so„rish quvuri orqali birinchi nasosga suv
keladi, birinchi nasosning bosim qutsvuriga ikkinchi nasosning so„rish quvuri
2
ulanadi, ikkinchi nasosning bosim quvuri orqali ko„tarilgan suv, qabul
qilishhovuziga, undan o„tib uchburchaksimon suv tashlagichdan yana nasosning
so„rish quvuriga uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |