4- ma’ruza: Modulyasiya xaqida tushuncha. Amplituda modulyasiyasi



Yüklə 8,26 Kb.
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü8,26 Kb.
#119357
  1   2   3
4- ma’ruza Modulyasiya xaqida tushuncha. Amplituda modulyasiyas-fayllar.org


4- ma’ruza: Modulyasiya xaqida tushuncha. Amplituda modulyasiyasi

4- ma’ruza: Modulyasiya xaqida tushuncha. Amplituda modulyasiyasi.

Reja:
1.Modulyasiya xaqida tushuncha.


2. Amplituda modulyatsiyasi.
Past chastotali signallar (birlamchi signallar) qo‘yidagi spektr kengliklarga ega:
1. Telefon signali (ovoz) 300 Gs ÷ 3400Gs.
2. Radioeshittirish signali 20 Gs ÷ 20000Gs.
3. Telegraf signali 0 Gs ÷ 100Gs.
4. Televizion signali (video ) 50 Gs ÷ 6,5 MGs.
Birlamchi past chastotali signallarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri uzoq masofaga o‘zatib bo‘lmaydi. Ular aloqa liniyasining ( elektr aloqa kabelining ) uzunligi oshish bilan tez sur'atta so‘nib boradilar. Bunga asosiy sabab elektr aloqa kabellarining birlamchi elektr parametrlari:
1. Qarshiligi.
2. Induktivligi.
3. Sig‘imi.
Yuqori chastotali tebranishlarni bemalol uzoq masofalarga uzatish mumkin, chunki ular past chastotali signallarga nisbatan kamroq so‘nadi. Shuning uchun amaliyotda past chastotali tebranishlarni uzoq masofagalarga o‘zatish uchun ularni yuqori chastotali tashuvchi signallarga yuklatib uzatiladi.
Yuqori chastotali tashuvchi signallar sifatida, yuqori chastotali garmonik tebranishlar yoki to‘g‘ri to‘rt burchakli impul'slar ketma – ketligi ishlatiladi.
Birlamchi signallarni yuqori chastotali tashuvchiga yuklatib uzatish modulyasiya yordamida amalga oshiriladi.
Modulyatsiya uzluksiz va impulsli turlarga bo‘linadi.
Uzluksiz modulyatsiyada xabar tashuvchisi sifatida yuqori chastotali garmonik tebranish ishlatiladi.
Yuqorichastotaligarmoniktebranishberilganbo‘lsin:
bu yerda,
amplituda;
chastota;
– boshlang‘ich faza.
Agarda past chastotali birlamchi signalning spektridagi eng yuqori chastotasi Ωmax bo‘lsa va qo‘yidagi shart bajarilsa Ωmax<< ω0 u xolda past chastotali birlamchi signalni yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishga yuklatib, ya'ni tashuvchini modulyasiya qilib uni uzoq masofaga uzatish mumkin.
Ta'rif: Modulyasiya deb yuqori chastotali garmonik tashuvchi tebranishning biror bir parametirini (amplitudasini, chastotasini, yoki fazasini) past chastotali birlamchi signalning o‘zgarirish qonuniga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi.
Sinusoidal signal amplituda, chastota va faza kabi parametrlar bilan tavsiflanganligi sababli uzluksiz modulyatsiyaning uchta asosiy turi mavjud:
1. Amplituda modulyatsiyasi (AM).
2. Chastotani modulyatsiyasi (ChM).
3. Faza modulyatsiyasi (FM).
Impulsli modulyatsiyada xabar tashuvchisi sifatida impul'slar ketma-ketligi ishlatilib u bir qator parametrlar bilan tavsiflanadir: amplituda, davomiyligi, vaqt o‘qidagi pozitsiyasi, impulslar soni va boshqalar.
Modulyatsiyaning afzalliklari (modulyasiyalanmagan signal bilan taqqoslaganda):
1. Bitta aloqa liniyasida kanallarni ko'paytirish imkoniyati.
2. Shovqinga bardoshli modulyatsiya usullaridan foydalanganda uzatilayotgan ma'lumotlarning ishonchliligini oshirish.
3. Radiokanal orqali uzatishda signal nurlanishi samaradorligini oshirilishi.
4. Aloqa kanallari samaradorligini oshirilishi va xabarlarni uzatish narxini arzonlashishi.

Yüklə 8,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin