Kimyo sanoatida suv, havo va eritmalar referat



Yüklə 150,78 Kb.
səhifə1/8
tarix05.05.2023
ölçüsü150,78 Kb.
#108236
  1   2   3   4   5   6   7   8
8.Suv va eritmalar.


Suv va eritmalar.
Reja:

1. Kimyo sanoatida suv va havoning ahamiyati

2. Suvlarni klassifikatsiyalash va ulardan maqsadli foydalanish

3. Eritmalar

4. Sanoatdagi ishlab chiqarishga suv va havoni tayyorlash




1. Kimyo sanoatida suv va havoning ahamiyati


Suv va havo turmushda hamda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida katta ahamiyatga egadir. Suv va havoning bunday keng miqyosda ishlatilishi ularning ko’pligi bilan bog’liq bo’lmay, balki ulardagi qator qimmatli ijobiy xossalardan kelib chiqadi. Kimyo sanoati suv va havoning yirik iste’molchilaridan biri hisoblanadi. Bu turdagi xomashyolar deyarli barcha kimyoviy ishlab chiqarishlarda turli xil maqsadlar uchun ishlatiladi. Zamonaviy kimyo korxonalari sutkasiga 1 mln. m3 gacha suv sarflaydi. Suv sanoatda erituvchi, katalizator, issiqlik tashuvchi sifatida, turli mexanizmlarda bosimni tashuvchi sifatida, qazilma boyliklarini qazib olishda va ularni yuvish kabi ishlarda, undan vodorod va kislorod olishda hamda boshqa maqsadlarda keng qo’llaniladi.
Suv yer sharida eng keng tarqalgan birikmalardan biri hisoblanadi. Yer yuzasidagi suvning umumiy massasi 1,39·1018 t ni tashkil etadi deb baholangan, uning asosiy qismi dengiz va okeanlarga to’g’ri keladi. Suv atmosferada, tuproqda ham mavjuddir, u ko’pgina minerallar va tog’ jinslarining tarkibiga kiradi, barcha tirik organizmlarning asosiy komponenti hisoblanadi. Suvning asosiy qismi quyosh energiyasi issiqligi va yer ichki qobig’ining issiqligi hisobiga doimo aylanma harakatda bo’ladi.
Butun dunyo bo’yicha tabiatda suvning umumiy aylanma harakati (km3/yil hisobida) quyidagicha bo’ladi: dengiz va quruqlik sirtidan bug’lanish mos ravishda 333000 va 62000, dengiz va quruqlikka yog’adigan yomg’ir mos ravishda 295000 va 100000, yomg’ir suvlarini tuproq suviga o’tishi 62000, shu jumladan Dunyo okeaniga 38000.
Gidrosferada maqsadli ishlatiladigan suvning umumiy zaxirasi hajm bo’yicha 0,3% ni tashkil etadi. Xalq xo’jaligida daryo suvlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yer sharidagi barcha daryo suvlarining bir vaqtdagi zaxirasi taxminan 1200 km3 ni tashkil etadi.
Yer sathini qoplab turgan quruq havo (suv bug’ini hisobga olmaganda) 78,093% azot, 20,95% kislorod, 0,932% argon, 0,03% karbonat angidrid hamda 0,03% vodorod, geliy, neon, kripton, ksenonlardan iboratdir. Yer sharini qurshab olgan atmosfera og’irligi 5*1015 t bo’lib, yer yuzidagi har bir kishiga taxminan 0,8 mln t havo to’g’ri keladi demakdir. Havoning xalq xo’jaligidagi va ayniqsa kimyo sanoatida ishlatilish doirasi juda keng bo’lib, u quyidagi yo’nalishlar bilan belgilanadi:

  • issiqlik tashuvchi sifatida;

  • ma’lum ishlarni takomillashtirishda;

  • kimyoviy xomashyo manbai sifatida hamda turli kimyoviy reaksiya va jarayonlarda kimyoviy agent sifatida ishlatiladi.

Masalan, xalq xo’jaligida havo kislorodidan foydalanish va uni ishlatishda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi: qora metallurgiyada ishlatiladigan kislorodning deyarli 65-75% i po’lat ishlab chiqarishda (ayniqsa konvertor usulida) sarflanadi; marten pechida sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni tezlatishda kislorod keng qo’llaniladi; zanglamaydigan po’latlarning deyarli hammasini elektrodli pechlarda kislorod bilan puflash orqali olishda elektr energiyasini 36%, elektrodlarni 10%, qimmatbaho va kam bo’lgan maxsus legirlovchi qo’shimchalarni 10% tejab qolish bilan birga, mehnat unumdorligini birmuncha oshiradi. Kislorod yordamida konvertor usuli bilan olingan po’latning sifati marten usuli bilan olingan po’latning sifati bilan bir xil, ammo konvertor usuli bilan olingan po’latning tannarxi birmuncha arzondir. Domna jarayonida tabiiy gaz tarkibiga 30% ga qadar qo’shib ishlatilsa, faqatgina qimmatbaho koks tejab qolinmay, balki kislorodning har bir foizi domna jarayoning unumdorligini 3-6% ga oshiradi.
Kislorod metallarni qirqishda va payvandlashda (asetilen bilan birga), o’t yordamida parmalashda, raketa yoqilg’ilarida oksidlovchi sifatida, turli portlovchi birikmalarning asosiy tarkibi sifatida keng qo’llaniladi.
Kislorod (toza yoki havo bilan birga) kimyo sanoatida kislorodli turli xil birikmalar: spirtlar, aldegidlar, kislotalar, fenollar va xokazolar sintez qilishda ham asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi. Ba’zi bir kimyoviy mahsulotlarning har bir tonnasini olish uchun sarflanadigan kislorod miqdori quyidagicha bo’ladi (m3 hisobida):

Etilen oksid ishlab chiqarishda

- 3950

Asetaldegid ishlab chiqarishda

- 842

Sirka kislot ishlab chiqarishda

- 287

Nitrat kislota ishlab chiqarishda

- 235,5

Xalq xo’jaligida havo tarkibidagi boshqa gazlar ham xuddi kislorod kabi keng miqyosda ishlatiladi va bunda har doim shu tarmoqda yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishiladi.

Yüklə 150,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin