Kimyo sanoatida suv, havo va eritmalar referat



Yüklə 150,78 Kb.
səhifə6/8
tarix05.05.2023
ölçüsü150,78 Kb.
#108236
1   2   3   4   5   6   7   8
8.Suv va eritmalar.

Suvni tindirish. Suvni tindirishda suvdan ajratib olinadigan cho’kma tarzidagi qo’shimchalarni asosan cho’ktirish usuli bilan amalga oshiriladi.
Bu usul shuningdek reagentli usul ham deb ataladi, chunki
qo’shimchalarni ajratib olish uchun suvga maxsus reagentlar qo’shiladi. Suvni tindirish uchun qo’llaniladigan cho’ktirish jarayoniga koagulyatsiya, ohaklash va magnezial kremniysizlantirish usullari kiradi.

2.1-rasm. Suvni tozalash sxemasi.
Koagulyatsiya – fizik-kimyoviy jarayon bo’lib, bunda kolloid zarrachalar birlashtirilib dag’al dispers mikrofazalar (flokulalar) hosil qilish orqali cho’ktiriladi. Koagulyantlar deb ataluvchi reagentlar sifatida, odatda, Al2(SO4)3, Fe2(SO4)3 lar ishlatiladi. Koagulyatsiya samaradorligini oshirish uchun flokulyantlar (poliakrilamid, aktiv silikat kislota va b.) ishlatiladi. Bunda cho’kma (iviq) lar hosil bo’lishi tezlashadi va ularning strukturasi yaxshilanadi.
Hosil bo’ladigan, asosan alyuminiy va temir gidroksidlari hamda qo’shimchalardan iborat iviq cho’kmalar suvdan maxsus tindirgichlarda, siquv va ochiq filtrlarda, donador materialli (kvars qumi, maydalangan antrasit, keramzit va b.) kontaktli tindirgichlarda, shuningdek flotatorlarda, gidrosiklonlarda ajratib olinadi. Yirik dispersli qo’shimchalarni yo’qotish uchun to’rli mikrofiltrlar, tekis yuzali va barabanli to’rlar ishlatiladi.
Suvni ohaklash. Suvning gidrokarbonatli ishqoriyligini kamaytirish uchun suvni ohaklash amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda suvning qattiqligi, sho’rlanishi, dag’al dispers qo’shimchalarning konsentratsiyasi, temir birikmalari va silikat kislota miqdorlari ham kamayadi.
So’ndirilgan ohak Ca(OH)2 ushbu jarayon uchun reagent hisoblanadi. U suvga suspenziya (ohak suti) tarzida qo’shiladi. Silikat kislota yo’qotilish samaradorligini oshirish maqsadida suvga kaustik magnezit (70-80% MgO) qo’shiladi.
Bu jarayonlar, odatda, bir paytda va birgina jihoz – tindirgichda o’tkaziladi. Cho’kmadan to’la tozalash filtrlash jarayoni yordamida amalga oshiriladi.
Filtrlovchi materiallar sifatida asosan kvars qumi, maydalangan antrasit, sulfoko’mir, sellyuloza, perlit, vulkanli shlaklar, keramzit va boshqalar ishlatiladi.

Yüklə 150,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin