Kimyo sanoatida suv, havo va eritmalar referat



Yüklə 150,78 Kb.
səhifə4/8
tarix05.05.2023
ölçüsü150,78 Kb.
#108236
1   2   3   4   5   6   7   8
8.Suv va eritmalar.

Suvdagi qattiq qoldiq. Suv tarkibidagi quruq qoldiq miqdori undagi chin eritma va kolloid holatdagi mineral va organik qo’shimchalar miqdori bilan tavsiflanadi. Uning son ko’rsatkichi ma’lum hajmdagi oldindan filtrlangan suvning bug’latilgandan so’ng qoladigan qoldiq miqdori bilan aniqlanadi va bir litr suvdagi mg (mg/l) hisobida ifodalanadi. Qattiq qoldiqning bir qismi organik moddalardan iborat bo’lib, qattiq qoldiq kuydirilganda yo’qotiladi.
Suvning ishqoriyligi. Suv tarkibidagi anionlar OH-, HCO3-, CO32-, PO43-, SiO32- va kuchsiz organik kislotalarning ayrim tuzlarining umumiy konsentratsiyasi suvning umumiy ishqoriyligi (Iu) deyiladi va bir litrdagi millimol (mmol/l) larda ifodalanadi.
Chunki barcha ko’rsatilgan moddalar kislotalar bilan ta’sirlashadi, demak, suvning umumiy ishqoriyligi metil sarig’i indikatori bilan titrlashga sarflanadigan kislota miqdori bilan aniqlanadi. Ishqoriylikni ifodalaydigan anionlar turiga bog’liq holda gidrokarbonatli Igk (HCO3-), karbonatli Ik (CO32-), silikatli Is (SiO32-), gidratli Ig (OH-), fosfatli If (H2PO4-, HPO42-, PO43-) ishqoriylikka bo’linadi. Umumiy ishqoriylik Iu = Igk + Ik + Is + Ig + If bo’ladi.
Tabiiy suvlarda, odatda, gidrokarbonat ionlari nisbatan ko’p miqdorda bo’ladi, shuning uchun bunday suvlar uchun Iu = Igk ifoda xarakterlidir.
Suvning qattiqligi. Suvning qattiqligi – uning sifatini belgilaydigan ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Tabiiy suvlarning qattiqligi ulardagi kalsiy va magniy tuzlarining bo’lishi bilan bog’liqdir. U Ca2+ va Mg2+ ionlarining bir litr suvdagi umumiy millimol miqdori bilan ifodalanadi. Qattiqlik uch turga bo’linadi: muvaqqat, doimiy va umumiy.
Muvaqqat (karbonatli) qattiqlik Qm, asosan, suvda kalsiy va magniy gidrokarbonatlari Ca(HCO3)2 va Mg(HCO3)2 larning bo’lishligi bilan ifodalanadi, ular suv qaynatilganda erimaydigan tuzlarga aylanadi va qattiq cho’kma (quyqum) tarzida cho’kadi:
Ca(HCO3)2 ↦ CaCO3 + CO2 + H2O
Mg(HCO3)2 ↦ MgCO3 + CO2 + H2O
Doimiy (karbonatsiz) qattiqlik Qd suvdagi kalsiy va magniy xloridlari, sulfatlari, nitratlari miqdori bilan aniqlanadi, ular suv qaynatilganda ham eritmada erigan holatda qoladi.
Suvning muvaqqat va doimiy qattiqliklarining yig’indisi umumiy qattiqlik deyiladi.
Tabiiy suvlar umumiy qattiqligi bo’yicha: yumshoq (Qu < 2); o’rtacha qattiq (Qu = 2÷10) va qattiq (Qu > 10) suvlarga bo’linadi.

Yüklə 150,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin