bo`lishi mumkin. Denaturatsiyalovchi agentlardan eng kuchlisi isitishdir. DNK
isitilganda uning ikki zanjiri bir-biridan ajraladi, ya’ni yechiladi.
Bu hodisa pastroq
harorat oralig`ida bo`lgani uchun yumshash deyiladi. DNK ning 50 % i
denaturatsiyalangan haroratga yumshash deb ataladi. DNK ning yumshash harorati
azot asoslarining nisbati (G + S va A + T) ga bog`liq. Molekuladagi G + S qo`sh
asoslar qancha ko’p bo`lsa, yumshash harorati ham A + T nikidan shuncha baland
bo`ladi, chunki G + S da uchta qo`shbog` bor.
Tez qizitish usulida denaturatsiyalangan, ya’ni ikki zanjirga ajratilgan DNK
sekin sovutilsa, ajralgan zanjirlar qaytadan birikib, qo`sh zanjirli DNK ni hosil qiladi.
Bu hodisa renaturatsiya deb ataladi.
Hamma nuklein kislotalar ultrabinafsha nurlar zonasida 260 nm da nuRNKi
jadal yutish qobiliyatiga ega. DNK zanjiri buzilganda nur yutish qobiliyati ortadi.
Gi’erxrom effekt deb ataladigan bu fenomen denaturatsiya jarayonida
nur yutadigan
asoslarni to`sib turgan strukturalarning chetlanishiga bog`liq.
Nuklein kislotalarning duragaylanishi. Turli zanjirlar o`zaro komplementarlik
asosida birikishlari mumkin, birikish darajasi esa ularning gomologiyasiga bog`liq.
Bir DNK molekulasining ikki zanjiri to`la birikadi, chunki ular 100 %
bir-biriga
gomologdir. DNK ning bir zanjiri bilan uning transkri’ti, ya’ni uning asosida
transkri’tsiya qilingan RNK ham to`la birikadi. Bu jarayon gibridlanish (chatishish)
deb aytiladi. Demak, ikki zanjir orasida gomologiya qancha yaqin bo`lsa,
duragaylanish ham shuncha to`la bo`ladi. Buni duragaylash usuli yordamida aniqlash
qabul qilingan. Bu usul bo`yicha nuklein kislotalarning ikki zanjiri o`rtasidagi
gomologiyaning nisbati bu zanjirlardagi nukleotid asoslarining komplementarligini
tekshirish asosida belgilanadi.
Duragaylash usuli ilmiy tadqiqot uchun ham, tajriba uchun ham katta ahamiyatga ega.
Bu usuldan
foydalanib molekulalarni, ulardan olingan turlarning genetik yaqinlik
darajasini aniqlash mumkin.
Bu xildagi duragay molekulalar mukammal bo`lmaydi. Ularda spiral opoliga kelgan
qismlar spirallashmagan qismlar bilan navbatlashib boradi. Shundan ko`rinib
turibdiki, spirallashmagan qismlarda polinukleotid zanjirlar bir-biriga komplementar
bo`lmaydi.
DNK-DNK duragaylarini olishda turlar o`rtasida filogenetik qon-qardoshlik
nechog`lik uzoq bo`lsa, DNK-DNK duragaylarining mukammal bo`lmaslik darajasi
shu qadar yuqori bo`ladi. Shu munosabat bilan
DNK-DNK duragaylash usulini
organizmlar sistematikasini aniqlash uchun qo`llash mumkin bo`ladi.
DNK bilan RNK ni duragaylash (DNK-RNK duragaylash) ham xuddi DNK-
DNK duragaylash kabi bo`lishi mumkin. Bu xolda duragay molekulasida bitta
dezoksiribonukleotid zanjiri va bitta ribonukleotid zanjiri bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: