4- mavzu: Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi Ma'ruza rejasi



Yüklə 69,51 Kb.
səhifə1/21
tarix28.11.2023
ölçüsü69,51 Kb.
#168366
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

4- Mavzu: Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi
Ma'ruza rejasi:

  1. Borliq tushunchasining tahlili. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq shakllarining tasnifi.

  2. Olamning birligi, chekliligi va cheksizligi. Substansiya va substrat tushunchalari.

  3. Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari.

  4. Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Makon va vaqt – borliqning fundamental shakllari.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar:
Olam va odam, borliq, ontologiya, ob'ektiv reallik, sub'ektiv reallik, moddiy borliq, ma'naviy borliq, individuallashgan ma'naviy borliq, ob'ektivlashgan ma'naviy borliq, tabiat borlig‘i, inson borlig‘i, ijtimoiy borliq, virtual borliq, olamning birligi, turli-tumanlik, rivojlanish, evolyusiya.


1-savol bayoni: Olamni falsafiy anglash falsafaning doimiy dolzarb muammosi bo‘lib kelgan. Falsafa o‘rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan aloqadordir. CHunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Olamni falsafiy tushunishning asosida “borliq”, “materiya”, “ong” singari boshlang‘ich falsafiy kategoriyalar tahlili turadi. Bu kategoriyalar mazmunining qanday talqin qilinishiga qarab borliq haqidagi u yoki bu falsafiy konsepsiya(ta'limot)ning xususiyatlari farq qiladi. Darhaqiqat, turli dunyoqarashlar o‘rtasidagi bahslar borliq muammosi atrofida yuzaga kelayotgan tortishuvlarga, ya'ni borliq azaldan mavjudmi, yoki u mutlaq ruh yoinki ilohiy qudrat tomonidan yaratilganmi, degan masalaga borib taqaladi. Falsafa ilmining borliq va uning rivojlanishi qonuniyatlarini, muammolarini o‘rganadigan nazariy tarmog‘i va bilimlari sohasi ontologiya deb ataladi va u o‘zining kategorial statusiga egadir. Ontologiya so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta'limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta'limot», ya'ni borliq haqidagi fan ma'nosini ifodalaydi. Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da, so‘ngra, X.Volf (1679 -1754)ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan.
Ushbu kategoriyalarda o‘z ifodasini topgan qonuniyatli aloqadorliklarni bilib olish olam va undagi xodisalarni falsafiy idrok etishga yordam beradi.
Borliqning o‘zi nima? Bu savolga javob berish uchun borliqning inson va insonlar hayoti bilan bog‘liq ildizlariga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Kishilar qadimdan o‘zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va insoniyat haqida o‘ylar ekan, atrofida sodir bo‘lib turgan narsalar va hodisalarni, o‘zgarishlarni kuzatishgan. Ba'zi narsalar hozir mavjud, keyinchalik esa yo‘qolib ketadi, kecha yo‘q bo‘lgan ba'zi narsalar esa bugun paydo bo‘ladi. SHular asosida kishilarda mavjudlik va yo‘qlik haqida tasavvurlar, qarashlar vujudga kelgan.
Kishilar o‘zlarining ham dunyoga kelishi (tug‘ilishi), yashashi va nihoyat vafot etishi (o‘lishi), «yo‘qlikka aylanishi» haqida o‘ylay boshlashadi. Shu asosda kishilarning «bu dunyo» va «u dunyo» (narigi dunyo), ya'ni odamning vafotidan so‘ng uning ruhi ko‘chib o‘tadigan «dunyolar» haqidagi tasavvurlari paydo bo‘lgan. Kishilar o‘zlarining kundalik tajribalari asosida atrofidagi dunyoning hozir mavjudligi, o‘zlari tug‘ilmasdan ilgari ham mavjud bo‘lganligiga va keyinchalik ham mavjud bo‘lib qolishiga ishonishgan. Shu tarzda ularda «borliq» va «yo‘qlik» haqida tasavvurlar shakllangan.
Borliq turli konsepsiyalarda turlicha talqin etiladi. Ayrim tadqiqotchilar uni muayyan moddiy jism, moddiy borliq sifatida tushuntirishadi, boshqalar esa uni g‘oyaviy, ma'naviy, ruhiy, ilohiy mohiyat shaklida tushunishadi. Abu Nasr Foro­biy yagona borliqni 6 bosqichdan iborat deb hisoblagan: 1-ilk sabab (sababi-avval) - xudo; 2-sabab - (sababi- soniy) - samoviy jismlar borlig‘i; 3-sabab - faol aql (al-aql al-faol); 4-sabab - jon (an-nafs); 5-sabab - shakl (as-surat); 6-sabab - modda (al-modda)1. Bu bosqichlar bir-biri bilan sababiy bog‘langan bo‘lib, ular barcha mavjudlikning boshlang‘ichi hisoblanadi.

Yüklə 69,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin