Bu o‘zgarishlar shu bilan tushuntiriladiki, katta bog‘cha yoshidagi bolalarda odamlaming ichki olamiga qiziqish ortib boradi, ular baho berishda muhim bo‘lgan mezonlami o‘zlashtirib boradilar, tafakkur va nutqlari rivojlanib boradi.cBu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga o‘tishida hamda uning maktabga psixologik tayyorligida muhim rol o ‘ynaydi. Bog‘cha yoshining oxiriga kelib bolaning o‘zgalaiga va o‘z-o‘ziga beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidiy ruh ancha o‘sadi. Bog‘cha yoshidagi bolaning motivatsion sohasi aktiv rivojlanib boradi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolaning xulq— atvori ilk bolalik davrlarida unchalik farq qilmaydi. Bu davrda ham bolalar asosan situativ emotsiyalari va xohish—istaklari ta’sirida