Hamkorlik o‘rnatish – rahbarning ma`lumot yetkazib bera oladigan, ko`maklashadigan odamlar (korxona ichidagi va shuningdek, korxona tashqarisidagilar) bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo`llab-quvvatlash va mustahkamlash kompetentsiyasi.
Hisob-kitoblilik – barcha xarajatlarning daromadga nisbatini aniq baholay olish qobiliyati. H.k. – bu faoliyat natijalariga erishish yo`llarini oldindan tasavvur qilish va uning moddiy hamda ma`naviy qiymatini anglash xislatidir.
Hokimiyat– alohida individlar yoki guruh a`zolarining muayyan maqsadlarga erishish va manfaatlarini ro`yobga chiqarish layoqati. H. – har qanday insoniy munosabatlarning ajralmas qismi.
Ijtimoiy guruh qadriyatlari – bir guruh insonlar uchun qadrli va boshqa bir guruh tomonidan e`tiborsiz ma`naviy boylik bo`lib, milliylik, yoshlik va keksalik, oilaviy, siyosiy, hududiy oriyentirlardan iborat.
Ijtimoiy motivatsiya– asosan ishlab chiqarishdagi psixologik va tadbirkorlik boshqaruvi masalalarini o`z ichiga oladi. Psixologik masalalar deganda, xodimning va har qanday tadbirkor rahbarning ruhiy holati, kechinmalari, tashqi omil ta`sirini qay darajada hazm qila olishi va bularning tadbirkor ish faoliyati va natijasiga ta`sir qilish darajasi tushuniladi.
Ijtimoiy-informatsion kompetentsiya– bu rahbardagi axborot texnologiyalari bilan ishlay bilish hamda ijtimoiy informasiyalarga nisbatan tanqidiy munosatda bo`la olishga egaligi.
Ijtimoiy-psixologik kompetentsiya – odamlar bilan ishlash jarayonida ular bilan til topishish, jamoani uyushtirish, ularni yaxshi ishlashga safarbar qila olish hamda o`zidagi liderlik sifatlarini to`la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha ko`pincha “kommunikativ kompetentsiya” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi.
Ijtimoiy-psixologik portret– bu shaxsning yuksak salohiyat, tasavvurga boylik, amaliy fantaziya, ichki kechinmalar rivoji, amaliy o`ylar (intellekt jihatdan); hamkasblar mehnatini qadrlash, boshqa odam bilan muomala qilish qobiliyati, har doim oqimga qarshi yurish uchun tayyorlik (kommunikativ jabhada); tavakkalga qodirligi, ichki kechinmalarni boshqarish, tan olishga intilish, mag`lubiyatga uchrash motividan ko`ra, muvaffaqiyatga erishish motivini yuqori qo`ya bilish (motivasion-irodaviy jihatdan) kabi sifatlari majmuidir.