4- mavzu: O‘rta osiyodagi temuriylar davrigacha



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə7/14
tarix14.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#143402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
2 мавзу

4.6. YUSUF XOS XOJIBNING “QUTADG‘U BILIG” ASARI,
UNDAGI IQTISODIY FIKRLAR

Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib62 1020-yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog‘unda tug‘ildi (olamdan o‘tgan yili noma’lum). Bo‘lajak mutafakkir o‘z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.



Yusuf Xos Hojib
U 1069–1070-yillar orasida «Qutadg‘u







bilig» (Qutga, ya’ni baxt saodatga yerishtiruvchi
bilim) asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar
hukmdori Tabg‘ochxon Bug‘roxonga taqdim
etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og‘asi)
degan martabani in’om etadi. Bu falsafiy
didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni
mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish
kabi ma’muriy-xo‘jalik hamda ma‘rifat,
obodonchilik, moddiy-ma’naviy va boshqa

adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan
boshqarish ishini o‘rganish, kasb-hunar egallash, xalq g‘amini yeyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to‘planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo‘q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari) 73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo‘yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g‘oyalar o‘z davri uchun ham,

61 A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. T.: “O‘zbekiston NMIU, 2011, 113116-betlar
62 Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA” 2017, 53–55-б.
101

hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo‘yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o‘rganilgan. Asar 18 oy-bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo‘lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan.


Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina etishib bo‘lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko‘rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to‘qnashib, odam bilishi mumkin bo‘lmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yo‘q, bilim tufayli osmon sari ham yo‘l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o‘rganish lozim, deb uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta’limotga ko‘ra
(XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy bo‘hrondan chiqarish uchun 3 narsa:
1) tinchlik-osoyishtalik;
2) me’yoridagi soliqlar;
3) iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.
Ana shu g‘oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval bayon etilgan.
Xalq, raiyat (soliq to‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch
narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:
1) pulning qadrini ko‘tarish yoki (ushlab turish);
2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta’minlovchi qonunlarni joriy
etish;
3) yo‘llarni o‘g‘ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‘lashni (hozirgi kunda
ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do‘stiga do‘st, dushmanga dushman bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko‘rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‘zaro mutanosib bo‘lishi zarurligi g‘oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo‘lishi haqidagi g‘oya, aslini olganda inflyatsiya muammosi bilan chambarchas bog‘liq, baholarning mo‘tadilligi ham ta’min etiladi. U o‘z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valuta masalalariga borib taqaladi.

102



Yo‘llarni o‘g‘rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-import)ni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashning o‘zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo‘jaligi uchun ustuvor ahamiyati to‘g‘risida gap yuritiladi.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag‘al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo‘lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo‘ysunuvchi, sadoqatli bo‘lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo‘li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g‘oyalar dunyodagi barcha ishlarda qo‘l keladi. Unda mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab-yashnashi va uning xarob bo‘lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb- hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag‘ishlangan. Vazir, qo‘mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir.
Masalan, «Vazir ko‘zining to‘q bo‘lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko‘zi och odam bor olamga ham to‘maydi», deydi olim. Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to‘g‘risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo‘lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi.
Ayniqsa, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor beriladi. «Odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir», deb yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo‘ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o‘quv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin