4- mavzu: O‘rta osiyodagi temuriylar davrigacha



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə6/14
tarix14.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#143402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 мавзу

4.5. NIZOMULUKNING SIYOSATNOMA ASARIDAGI
IQTISODIY FIKRLAR

Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand) Saljuqiylar
davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn
Ishoq at-Tusiyning unvoni, «Nizomulmulk»,
ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan
shuhrat qozongan. Nishopur va Marvda oqib,
voyaga yetgach, Balxga borib, Ali ibn
Shodon xizmatiga kiradi.

Nizomulmulk (1017 - 1092)
Saljuqiylar shohi Alp Arslon saroyida
vazirlik mansabigacha ko‘tariladi. 1072-yili
Alp Arslon o‘ldirilgach, uning o‘g‘li, 17
yoshlik Malikshoh (1072–1092-yillar)
saroyida Nizomulmulk vazirlik qilib, qariyb
davlatning hamma ishlarini o‘zi olib borgan.



59 A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011, 102104-betlar.


96

Nizomulmulk mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik (separatistik) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini o‘tkazgan. 1067-yili Bag‘dodda «Nizomiya» aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091- yili «Siyosatnoma» («Siyar ulmuluk») asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo‘shin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilar-u posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg‘oqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va hiroj, zakot va vaqf masalalari ham o‘rin olgan. Asarning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, vazir Nizomulmulk shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat’iy qoida va tartib o‘rnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo‘lishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilishga da’vat qiladi. Nizomulmulk Bag‘dod safari yo‘lida yollangan qotil tig‘idan halok bo‘ladi.


Nizomulmulkning “Siyosatnoma” yoki “Siyar ul-muluk” asari saljuqiylar sulolasining davlat boshqaruvi sohasidagi siyosiy dasturi sifatida e’tiborga sazovor manba bo‘lib, u o‘zbek milliy davlatchiligi tarixida ham alohida qiymatga egadir. Asar IX–X asrlarda hukm surgan sulolaning siyosiy dasturi bo‘lib, unda o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo va Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo‘lgan muhim siyosiy voqealar bayoni va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tarixiy ma’lumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat boshqaruviga oid ma’lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
− siyosiy tarixga oid ma’lumotlar;
− ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma’lumotlar;
− ma’naviy hayotga tegishli ma’lumotlar;
− islom mazhablari o‘rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma’lumotlar;
− boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari;
− siyosat falsafasi, o‘zini o‘zi boshqaruv institutlari.
Qonun ustuvorligining siyosiy-amaliy jihatlari qonunlarning podshoh va sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bo‘lib, ular xalq (raiyat) hayoti bilan bog‘liq.

97



Birinchidan, podshoh tomonidan farmonlar yozilib, xalqqa tanishtirib boriladi. Bu oddiy hol bo‘lib ko‘rinsada, hozirgi siyosatshunoslik uchun ham qo‘l keladi. Biroq u jamiyat hayotiga monand tarzda mudom ishlab turishi shart. Ana shunda siyosiy institutlar, shu jumladan, ularning ijrosini ta’minlovchi idoralar ham hayot talablaridan orqada qolmaydi.
Ikkinchidan, agarda farmonga salbiy munosabat bildirilsa yoki uning ijrosi cho‘zilib ketganligi to‘g‘risida xabar etsa, podshoh mas’ul va mutasaddi shaxslar uchun ham jazo belgilagan (ular o‘z yaqinlari bo‘lsa ham). Chunki, markazlashgan davlat siyosati shoh farmoniga so‘zsiz itoat etishni talab qiladi. Bu o‘sha davrning eng oliy siyosati edi.
Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taalluqlidir, uni hatto hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning uchun ham Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb qaragan. "Siyosatnoma" asarida davlat boshqaruvi haqida keng fikr yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar, aforizmlar Nizomulmulkning jamiyat va davlatni boshqarish, falsafa, axloq masalalariga oid javoblaridir. Asarda jamiyat va davlatni boshqarish masalalari falsafiy- axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy- falsafiy qarashlarida podshoh (sulton), xalq (raiyat) va shaxs (fuqaro) o‘rtasidagi munosabatlarda uyg‘unlikni ta’minlash asosiy o‘rinda turgan.
Nizomulmulk markazlashgan davlat qurish tarafdoridir. To‘g‘ri, u markazlashgan davlat barpo etish uchun ijtimoiy-siyosiy loyihalar, istiqbolli dasturlarni tavsiya qilmaydi, ammo islohotlar o‘tkazishni o‘rtaga tashlaydi. Uning mushohadalari podshoh (sulton) bilan xalq (avom), amaldor (xizmatchi)lar bilan kishi (fuqaro)lar o‘rtasida murosa munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan.
Insonparvar podshoh davlatni uzoq boshqaradi, xalq farovonligini o‘ylaydi, zo‘rlik ishlatmaydi. «Kim insonparvarlikka chindan intilsa, u hech qachon yomon ishlar qilmaydi... Kim insoniylikni sevsa, undan yuqori narsa yo‘q deb hisoblaydi», degan g‘oyani o‘z davrida alloma Konfutsiy ilgari surgan edi. Bunday g‘oyalarni Nizomulmulkda ham uchratish mumkin. Demak, insonparvarlik shaxslararo munosabat- lardangina iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli voqelikdir. To‘g‘ri, ba’zan Nizomulmulk insoniylikni

98



kichiklarning kattalarga hurmat ko‘rsatishi, deb ham talqin qiladi. Keyin ushbu talqinni podshoh (sulton) va xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va fuqaro (inson), davlat va shaxs munosabatlariga ko‘chiradi. Qanday bo‘lmasin, jamiyat va davlatni boshqarishda insoniylik, insonparvarlik tamoyillariga tayanishga da’vat – Nizomulmulk ijodidagi olijanob jihatdir. Xalq, odamlar, amaldor- larning qanday sifatlarni o‘zida shakllantirishi yoki ulug‘lashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita bog‘liqdir. Bu o‘rinda Sharq xalqlariga xos bo‘lgan «aravaning katta g‘ildiragi qayerdan yursa, kichik g‘ildirak ham shu yerdan yuradi», degan maqol esga tushadi.
«Xalqni o‘z ketidan yergashishga majbur qilish mumkin, lekin u nima uchun majbur qilinayotganini bilmasa, davlat uchun yomondir». «Hukmdor o‘z axloqini tuzatmasa, u kichik odam, xalq axloqini ham tuzatolmaydi», “badaxloqlik oxir-oqibatda davlatni, boshqaruvni tanazzulga olib keladi...”. Bunday siyosiy qarashlar Nizomulmulk asarining maqsadini ifoda qiladi. Agar Nizomulmulk Makiavelli, hukmdor xalqni, davlatni kuch bilan, qurol ishlatib ushlab turishi zarurligini ta’kidlasa, Nizomulmulk siyosiy jihatdan boshqarishni yoqlaydi. Shubhasiz, Nizomulmulk Makiavelli Qadimgi Rim va Gretsiya davlatlarida shakllangan idora usullarini o‘rganib, ulardan zarur xulosalar chiqarib, despotiyani ilgari suradi. Hokimiyatda turli manfaatlar, intilishlar to‘qnashadi, ularning barchasini qo‘llab- quvvatlash podshoh (sulton)ni60 tilyog‘lamalik qilishga, natijada umummanfaatlarni unutishga majbur qiladi. Shu nuqtai nazardan, Nizomulmulk Makiavelli hukmdor kuch ishlatishga majbur, deb hisoblaydi.
“Siyosatnoma” kitobida moliya va xo‘jalik ishlari, soliq va xiroj, zakot va vaqf, iqto‘ masalalari alohida o‘rin egallaydi. “Siyosatnoma” kitobining birinchi faslida “davlatni idora qilish talablaridan yana biri – chetdan qoriz qazib suv keltirish, qishlog‘-u dalalar obodchiligi uchun katta ariqlar qazish, qalalar qurish, shaharlar bino etish, inshootlar-u keng ko‘chalar, rabotlar qurdirishdir”, deb o‘qtiriladi. Xuddi bugungi kunning gaplari.
Uchinchi faslda juda ajoyib bir taklif kiritiladi: zulm ko‘rgan
kishilar va kambag‘allar qizil kiyim kiysin (eng arzon mato), boshqa



60 Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki Siyar ul-muluk. T.: 1997, 20-b.


99

hech kim bunday rangdagi kiyim kiymasin, toki podsho zulm, qashshoqlik darajasini osonlik bilan aniqlab olish imkoniga ega bo‘ladi, xalq hol-ahvoli to‘g‘risidagi bo‘yama, yolg‘on gaplardan xoli bo‘lish imkoni tug‘iladi. Xalq orasidan o‘tgan podsho o‘z xizmatchilarining ahvolini baholashi mumkin.


Olim kitobining to‘rtinchi faslida soliqchilar masalasini ko‘taradi. Ular xalq bilan yaxshi yashab, yaxshi muomalada bo‘lib, xalqdan xirojdan boshqa soliq talab qilmaslik yo‘l yo‘rig‘ini ko‘rsatadi.
Asarning 9 faslida davlat xizmatchilariga maosh to‘lash to‘g‘risida so‘z yuritiladi, bugungi atama bilan so‘zlasak, bunda differensiya, ya’ni tabaqalashtirishdan foydalanish taklif etiladi.
“Ashroflar o‘z martaba va bilimlariga ko‘ra maosh olishlari zarur. Ularning oylik xarajat va maoshlarini raiyat hisobidan emas, balki xazinadan beriladi, shunda xalq boshiga ranju azob tushmaydi, zero, rostligu halollikdan topilgan mol-u davlat himoya qiladi” qanday ajoyib va to‘g‘ri fikr.
13 faslda omonatga hiyonat qilgan qoziga shohning aqlli tadbiri tufayli tegishli jazo berilgani nihoyatda chiroyli misolda beriladi. Shohga xiyonat qilib, omonat shartlarini va diyonat rasmini buzgan qozi qat’iy ravishda jazolanadi.
37-faslda podshoning safarga chiqqani va yo‘lida daraxt ekayotgan keksa odamni ko‘rgandagi voqea tafsiloti keltiriladi, qari cholning yong‘oq ekayotgan holati beriladi va xosilidan tatish uchun qancha yashash kerakligi so‘raladi. Chol, boshqalar ekkanini biz yedik, biz ekkanimizni boshqalar yeydi, deb javob beradi. Demak, bog‘-rog‘ yaratish kelajak to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik yuqori baholanadi. Otaxonga sovg‘a beriladi, shunda u mana mehnatimiz mukofotini hoziroq olidik, deb javob beradi.
48-fasl xazina to‘plash va uni saqlash qoida tartibi to‘g‘risida bo‘lib, shohlarda hamisha ikkitadan xazina bo‘lishi, ularning biri asosiy, ikkinchisi xarj va xarajat xazinasidir. Birinchisidan, zaruriyatsiz bir dirxam ham xarj etmaslik kerakligi uqtiriladi. Qilingan xarajatlar imkon boricha tez to‘ldirilishi, xazina doim ko‘payib borishi zarur deb hisoblanadi. Bu yerda gap mamlakatning moliya tizimi asoslari ustida bormoqda. Mamlakatda har ehtimolga qarshi doimiy tegilmaydigan zaxira bo‘lishi kerakligi uqtirilmoqda.

100



50- faslda, hisob-kitob tartibi va uni kerakli darajada olib borish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Bu bobda iqtisodiyotning bosh masalalaridan biri, hozirgi davr tili bilan aytilganda, buxgalteriya hisobi yuqori o‘ringa qo‘yiladi. “Amaldorlarning ishlari, daromadlari, boylik saqlash, dushmanlarni daf etishda zarur bo‘ladigan zaxiralar va xazina tutish podshoh uchun muqaddas farzdir. Ammo shunday bo‘lishi kerakki, odamlar uni baxl deb o‘ylamasinlar”61 deyiladi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin