4- seminar topshiriqlari “sinkveyn” metodi
3-topshiriq. Didaktika haqida ma’lumot bering? Didaktika (yunoncha didaktikos – o’qitish, o’rgatish) pedagogikaning ma’lumot olish, ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasidir. Didaktika maktab o’quvchilarini ma’lumotli qilish vazifalariga va shu ma’lumot mazmuniga o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish va ko’nikmalar hosil qilish jarayoniga, ta’lim printsiplari, usullari va uni tashkil etishga oid hamma masalalarni o’rganadi. "Didaktika"atamasi dastlab, asosan XVII asrda chex pedagogi Ya.A.Kоmenskiy tomonidan ishlatilgan. U "Buyuk Didaktika" asаrida (1657) didaktikaning asosiy masalalarini ishlab chiqdi. XIX asrning o’rtalaridan didaktika pedagogikaning alohida sohaci sifatida ko’p mamlakatlarda o’rganila boshladi. Didaktika bu - tadqiqot usullari (o’quv jarayonini kuzatish, o’quvchilar bilan suhbatlashish, o’quvchilаrning ishlarini tahlil qilish, o’quvchilar bilan suhbatlashish, anketalar tarqatish, matematik usullar va boshqalardan foydalanishdir. Didaktikaning predmeti - ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitida muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qоnuniyatlari o’rganiladi, o’qitish vositalari va usullari samaradorligini oshirish yo’llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismidir. Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollashtirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, individual psihik rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni tа’minlаydi. Bilimlar - bu o’quvchilar ongida tizilimli mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan ma’lumotlar, ilmiy nazariy tushunchalardir. Buni asosida ko’nikma, malaka hosil bo’ladi. O’quvchilarning bilim doirasini kеngaytirish jismoniy kamol topish jarаyonini samarali qiladi. Bilimlarning amalda bir necha bor qo’llanilishi, ko’nikmalarning hosil bo’lishiga olib keladi. Yüklə 11,21 Kb. Dostları ilə paylaş: |