4- Seminar topshiriqlari “SINKVEYN” metodi SINKVEYN USULI
Sinkveyn - fransuz tilida “5 qator” ma’nosini bildiradi. Sinkveyn- ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yig‘ilgan holda, o‘quvchi so‘zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.
Sinkveyn tuzish qoidalari:
Sinkveyn tuzish- murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir.
Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
1- qator: Mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi).
2- qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).
3- qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so‘z bilan ifodalanadi. (3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi).
4- qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr yoziladi.(4 ta so‘zdan iborat jumla yoziladi).
5- qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo‘lgan bitta so‘z yoziladi (mavzuga sinonim so‘z yoziladi).
1-topshiriq. Quyidagi berilgan pedagogik tushunchalarga “Sinkveyn” metodi yordamida ta’rif bering “SINKVEYN” metodi
Tushuncha-ot
O’qituvchi
2 so`zdan iborat sifat
Malakali o’qituvchi
3 so`zdan iborat fe’l
Malakali o’qituvchi o’qitmoqda
4 so`zdan iborat munosabat
Malakali o’qituvchi yaxshi o’qitmoqda
1 so`zdan iborat sinonim
Ustoz
“SINKVEYN” metodi
Tushuncha-ot
Metod
2 so`zdan iborat sifat
Innovatsion metod
3 so`zdan iborat fe’l
Innovatsion metod qo’llanilmoqda
4 so`zdan iborat munosabat
Innovatsion metoddan samarali foydalanilmoqda
1 so`zdan iborat sinonim
usul
2-topshiriq. Quyidagi toifalash jadvalini to’ldiring