Topshiriq – 3. 1024 * 768 piksel o’lchamdagi 64 hil rangdan iborat bo’lgan rastrli tasvirning axborot hajmini aniqlang.
Buning uchun:
1) Nuqtalar (piksellar) sonini aniqlanadi:
K = 1024 * 768 = 786 432.
2) Rang chuqurligi(to’qligi-glubina) formula yordamida aniqlanadi. 64 = 2i, rang chuqurligi i = 6 bit. I= i * K.
3) Axborot hajmini kattaroq o’lchov birligiga o’tkaziladi:
Javob: 576 Kbayt MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR: 256 rangli rastrli tasvir 100 * 100 nuqtadan iborat. Tasvirning axboriy hajmini aniqlang.
Rastrli grafik tasvirni qayta ishlash jarayonida ranglar soni 16 dan 256 ga o’zgardi. Tasvirning axboriy hajmi necha barobarga oshganligini aniqlang?
64 * 64 piksel o’lchamli rastrli tasvirni saqlashda xotiradan 512 bayt joy ajratilsa, tasvirning ranglar palitrasidagi ranglarning maksimal soni qancha bo’ladi?
128 * 128 piksel o’lchamli rastrli tasvirni saqlashda xotiradan 4 Kb joy ajratilsa, tasvirning ranglar palitrasidagi ranglarning maksimal soni qancha bo’ladi?
Rastrli grafik tasvirni qayta ishlash jarayonida ranglar soni 1024 dan 32 ga o’zgardi. Tasvirning axboriy hajmi necha barobarga kamayganligini aniqlang?
1024 * 512 piksel o’lchamli rastrli tasvirni saqlashda xotiradan 256 Kb joy ajratilsa, tasvirning ranglar palitrasidagi ranglarning maksimal soni qancha bo’ladi?
Rastrli grafik tasvirni qayta ishlash jarayonida ranglar soni 512 dan 8 ga o’zgardi. Tasvirning axboriy hajmi necha barobarga kamayganligini aniqlang?
Rastrli grafik tasvirni qayta ishlash jarayonida ranglar soni 256 dan 16 ga o’zgardi. Tasvirning axboriy hajmi necha barobarga kamayganligini aniqlang?
256 hil rangdagi rastrli grafik fayl oq-qora formatga o’zgartirilganda tasvirning axboriy hajmi 70 baytga kamayganligini ma’lum bo’lsa, boshlang’ich faylning axboriy hajmini aniqlang.
“2016 yil “Sog’lom ona va bola yili”” jumlasini turli usullar yordamida kodlang.
Quyida turli kodlash usullari orqali kodlashtirilgan so’zni toping.
- ASCII