Mavzuga doir didaktik topshiriqlar:
1-4-sinflar matematika darsligida uzunlik o`lchov birliklariga oid:
1. Bir xil nomli uzunliklarni taqqoslashga misol keltiring.
2. Har xil nomli uzunliklarni taqqoslashga misol keltiring.
3. Rasm va qisqa yozuv asosidagi masalalarga matnli masala tuzing.
4. Uzunlik o’lchoviga doir matematik diktant yozing.
5. Figuralar yuzini poletka yordamida o’lchashga misol keltiring.
6. To’g’ri to’rtburchakning yuzini topishga doir masalarni yeching.
7. „Yuzni hisoblash", „Kvadrat detsimetr" mavzusida dars parchasi yozing.
8. Uzunlik o`lchov birliklarini qaysi interfaol metodlardan foydalanib o`quvchilarga o`rqatgan bo`lar edingiz?
Masalani yeching va yechilish texnalogiyasini tushuntirib bering:
Boshqotirmani yeching:
Tekis figuralarning boshqa hossalari orasida yuzalarni o‘lchash tushunchasini kiritish amaliy usulga asoslanadi. Yuza birliklari mavzusi 3-sinfda o‘rganiladi. Yuza haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik ishi 1-2-sinflardayoq boshlanadi.
Bosma aosdagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat darslarida qog‘ozdan figuralar qirqib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan bo‘lagi sifatida qabul qilinishiga imkon beradi. Bolalar ko‘pincha yuzani o‘lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash bilan aralashtirib yuboradilar. “To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini o‘lchash nima?” olgan savolga ko‘pincha bolalar “ bu uning bo‘yini va enini o‘lchab ularni ko‘paytirish” deb javob beradilar. Biroq to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuza birligi (sm2, m2) necha marta joylashgan ekanini aniqlash demakdir. O‘qituvchi bolalarni yuza tushunchasi va yuza atamasi bilan tanishtirishda amaliy ishdan foydalaniladi: stollar, partalar, kitob va daftarlar, turli figuralar sirti, yuzasi birligini, ularni matematikada “yuza” (yuz) deb atalishini suhbat mobaynida tushuntiradi. (17 rasm)
Umumlashtirish. Biz figuralar va narsalarning yangi hossasi-yuzasi bilan tanishdik. Yuza figura qanday joy egallaganini ko‘rsatadi. Yuza-bu miqdordir, chunki u bo‘yicha figuralarni taqqoslash mumkin.
Yuza o‘lchov birligi kvadrat santimetr bilan tanishtiruvchi dars fragmenti (parchasi)ni keltiramiz. O‘qituvchi. Biz narsalarning bir necha hossalarini va ularni ifodalaydigan miqdorlarni bilamiz (uzunlik, massa, sig‘im).
To‘g‘ri chiziq kesmasi uzunlikka ega to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, doira, bayroqcha esa yuzaga ega. Yuzalarni o‘lchash uchun katakchalarga bo‘lingan paletkadan foydalanamiz.
Agar paletkaning har bir katagi tomoni 1 sm dan bo‘lgan kvadrat bo‘lsa, yoki 4 ta daftar katakchasini o‘z ichiga olsa, uni 1 kvadrat santimetr deyiladi.
1 kvadrat
santimetr
To`rtburchakli geometrik figuralarning yuzasini hisoblash uchun xuddi shu geometrik figuraning tomonlari yani ixtiyortiy va bir-biriga qarama-qarshi bo`lmagan ikki tomoni ko`paytirilib yuzasi hisoblanadi. S= a*b
Masalan kvadratning yuzasini hisoblash uchun uning bir-biriga qarama-qarshi bo`lmagan ikki tomoni ko`paytirilib qo`yiladi.Tomonlarini a deb oladigan bo`lsak yuzasini S harfi bilan belgilab oladigan bo`lsak. U holda quyidagicha hisoblanadi.
S=a*a=a2 shaklida hisoblanadi.
Masalani yeching:
1.Uzunliklari har xil bo’lgan 8 ta yog’och berilgan. Ularning o’rtacha uzunligi 10 dm ga teng. Shu yog’ochlarga yana bir yog’och qo’shildi. Natijada ularning o’rtacha uzunligi 12 dm ga teng bo’ldi. Qo’shilgan yog’ochning uzunligini aniqlang?
2.To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydoncha atrofini simto‘r bilan o‘rab olish kerak. Agar maydonchaning bo‘yi 8 m, eni 7 m bo‘lsa, necha metr simto‘r kerak bo‘ladi?
3.To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 9 sm, eni esa undan 3 marta qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini toping. Daftaringizga shunday to‘g‘ri to‘rtburchak chizing.
4. Tomonlarining uzunliklari 13 mm va 37 mm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini toping. Javobni santimetrlarda ifodalang.
5. Tomonining uzunligi 25 sm bo‘lgan kvadratning perimetrini toping.
6. Perimetri 32 sm ga teng kvadrat chizing. Shunday perimetrli to‘g‘ri to‘rtburchak chizing.
7.Teng yonli va teng tomonli uchburchaklar bir xil perimetrga ega. Teng tomonli uchburchakning tomonlari 18 sm, teng yonli uchburchakning asosi esa 20 sm. Teng yonli uchburchakning yon tomonini toping.
8. Uzunligi 17 sm, eni esa undan 2 sm qisqa bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Xuddi shunday perimetrli kvadrat chizing.
9. Birining tomoni 3 sm 9 mm, ikkinchisining tomoni 4 sm 3 mm bo‘lgan ikkita kvadrat chizing va ularni qirqib oling. Har qaysi kvadratning perimetrini toping.
Dostları ilə paylaş: |