4-amaliy mashg’ulot. Morfemika tahlil, so‘z yasalishi va so‘z turkumlari tahliliga doir amaliy mashg’ulotlar


Bajarilishi: Ismlarning lug‘aviy shakllari



Yüklə 18,98 Kb.
səhifə2/2
tarix07.04.2023
ölçüsü18,98 Kb.
#94417
1   2
4-amaliy mashgulot

Bajarilishi: Ismlarning lug‘aviy shakllari

Fe’lning vazifadosh shakllari (Sof fe’l shakli, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllari)

I. Ot turkumiga qo‘shiluvchi:

  1. Erkalash: -cha

  2. Ko‘plik: -lar.

  3. Chegaralash: -gacha.

  4. Qarashlilik: -niki.

II. Sifat turkumiga qo‘shiluvchi: -roq
III. Son turkumiga qo‘shiluvchi:
Dona son: -ta
Jamlovchi son: -ov

Sifatdosh shakllari 1. (o‘qi) –gan. 2. (bor) –(a)r [bormas].
3. (ol) –(u)vchi. 4. (kel) –(a)digan

Ravishdosh shakllari. 1. –(i)b, (-may) 2. (ko‘r) -a, -y 3. -gani 4. -gach 5. (bor) -guncha 6. (bor) -gudek 7. (ket) -gancha. (payt pavishdoshlari: -gach, -guncha; maqsad ravishdoshi -gani.

Harakat nomi shakllari.1.(o‘qi) –(i)sh. [o‘qimaslik] 2. –(u)v. 3. –moq



10-topshiriq. Berilgan o‘zak va morfemalarni qo‘llab ijodiy matn tuzing.


2-mashq. So‘zlarni ma‘noli qismlarga ajrating. Morfemaning boshqa lisoniy birliklar bilan munosabatini yoriting. Affiksal morfemalarni funktsional belgisiga ko‘ra guruhlarga ajrating.

Chanqoq, anglamoq, shaxsiyatiga, aqlsizlik, mardikorchilak, kelishmovchilik, so‘roq, yutug‘ini, ko‘nglidagi, bilimdonlarimizning, yuragimdan, ulg‘aytirgan, og‘zaki, yumshoq, o‘ynab, uyum, uyim, issiq, tilim, uylanmoq, o‘ylanmoq, terim, changi, ranji.




3-mashq. So‘zlar tarkibidagi derivatsion morfemalarni farqlang. Mashqlar asosida so‘z yasovchi morfemalarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarini tiklang.

Ixtirochi, gulchi, tashkilotchi, xizmatkor, suratkash, mahsido‘z, saharlik, qimmatchilik, og‘riq, buyruq, qavariq, chiqim, eslatma, yig‘in, cho‘kindi, kuyundi, maqtov, qarsak, jizza, sergap, bebosh, barkamol, sayroqi, zaruriy, bahori, og‘zaki, angla, ho‘pla, afsuslan, salomlash, ulg‘ay, sarg‘ay, ko‘kar, o‘yna, qiyna, o‘rnash, birik, changi, tinchi, saharlab, uycha, yigitcha.



4-mashq. Gaplarni ko‘chiring. So‘zlar tarkibidagi lug‘aviy shakl yasovchilarning so‘z lug‘aviy ma‘nosiga qay (aniqlashtirish, muayyanlashtirish, toraytirish va h.) darajada ta‘sir etayotganligini aniqlab, qavs ichida yozing. Qaysi turkum so‘zlari bilan ishlatilishiga diqqat qiling. Mashqlar asosida lug‘aviy shakl hosil qiluvchilarning birlashtiruvchi belgilarini tiklang.

1. Zum o‘tmay no‘xtadan changallagan kuyi jar bo‘yidan kelayotgan odam g‘ira-shira ko‘rindi (IEO). 2. Lazakat xola piyolaning og‘zicha keladigan kulchani beshik boshiga qo‘ydi. 3. Mening o‘g‘illarim bekorga o‘lib ketadigan bolalarmas (IEO). 4. Chiqmagan jondan umid (maqol). 5. Qo‘rqaman deb yig‘lashimga qaramay meni yolg‘iz qoldirdi (IEO). 6. Shundoq otang falaj bo‘lib yotsa-yu, traktor haydashga balo bormi. 7. Kichkinaligimda tol bargak taqishni yaxshi ko‘rardim (IEO). 8. Odam esdan og‘ishi hech gap emas ekan. 9. Iltijoli termulishini qara. 10. Kechalari yostiq quchoqlab yotish joniga tekkandir. 11 Uydagi sirni ko‘chaga olib chiqishning nima keragi bor (IEO).



5-mashq. Matnni ko‘chiring. Sintaktik shakl hosil qiluvchi morfemalarning gap qurilishidagi roliga e‘tibor qiling. So‘zlarni bog‘lashga, so‘zlarga alohida sintaktik vazifa belgilashga va so‘zlarni ham bog‘lash, ham gap tarkibida ma‘lum sintaktik vazifaga xoslaydigan shakllarni ajratib, qavs ichida izohlang.
Hind dengizida bir savdogar bor edi. U savdo-sotiq ishlarida juda mohir edi. Uning dimog‘iga savdo moyasi o‘rnashib olib, suvga g‘arq bo‘lish xayoliga ham kelmasdi. Bir mamlakatda o‘n kun turmas, savdosi tugagach, yana suv sari yo‘l tutar edi. U dengizni har xil ofatlardan xoli deb o‘ylab, yillar shu yanglig‘ safar qildi. U Makka atrofini suvda necha bor aylanib o‘tgan bo‘lsa-da, uning yaqiniga yetgach, o‘z farzini ado etmay qaytardi. Kishilar unga hajni ham bajarish kerak, deb aytar edilar. Ammo pul hirsi savdogarni u tomon borishga yo‘l qo‘ymas edi.
Bir kun dengizda bo‘ron ko‘tarildi. U tushgan kema goh osmonga sapchir, goh pastga tushib ketar edi. Savdogar savdo ishlariga g‘arq bo‘lganidek uning kemasi ham dengizda g‘arq bo‘ldi. Dengizda suzish xayoli haj sari yo‘l bermadi. Oxir-oqibatda u katta bir baliqqa yem bo‘ldi. («Lison-ut tayr»dan)
Yüklə 18,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin