bo’lgan joyida boshqa hujjatlar bilan tez aloqa bog’lash imkonini
beruvchi matnli hujjat
tushuniladi. WWWda gipermatnli hujjatlarni yaratish va formatlash uchun
HTML (Hyper Text
Markup Language –“gipermatnlarni belgilash tili”) deb ataluvchi maxsus dasturlash tilidan
foydalaniladi. HTML formatida tayyorlangan har qanday elektron hujjat
HTML hujjat,
Web hujjat
yoki
Web sahifa deb atalishi mumkin. Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u holda
bu hujjat
HTML-hujjat deb ataladi, ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish
haqida
gap borsa, u holda bu hujjat
Web-hujjat deb ataladi. Bordiyu,
gap ushbu hujjatdan
foydalanish haqida boradigan bo’lsa, u holda bu hujjat
Web sahifa deb nomlanadi. Bitta muallif
yoki WWWga tegishli bo’lgan bir guruh o’zaro “giperbog’lanishlar” bilan aloqador bo’lgan Web
sahifalar majmuasiga
Web uzel (tugun) yoki
sayt deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: