Dasturlashning uskunaviy texnologiyalari
. Bu dasturiy vositalar majmui
bo’lib, u dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sozlash va tadbiq etish
texnologiyalarini o’zida mujassamlashtiradi.
Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishda bajariladigan ishlar qamrovidan kelib
chiqib, ilovalar ishlab chiqish (tuzish) vositalarini dasturiy ta’minotini ikkita guruhi
shakllangan:
1.
Ilovalar tuzish vositalari
– dasturlarni ishlab chiqishni ta’minlovchi,
uskunaviy dasturiy vositalar;
2.
Axborot tizimlarini tuzishni avtomatlashtirilgan vositalari. CASE-
vositalar
,
(Computer-AidedSystem
Engineering,
CASE
)
-
tahlil
metodlarini, loyihalashni va dasturiy tizimlarni yaratishni va axborot
tizimlarini ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan
uskunaviy dasturiy vosita.
Ilovalar tuzish vositalari
o’z navbatida quyidagilarga ajratiladi:
1.1.
Dasturlar tuzishni lokal vositalari
. Bu dastur tuzishni ayrim ishlarni
bajarilishini ta’minlovchi – ilovalar yaratish vositalari.
1.2.
Ilovalarni tuzishni integrallashgan muhiti
– dasturlar tuzishni barcha
etaplarida barcha o’zaroaloqali ishlar majmuini bajarilishini ta’minlovchi - ilovalar
yaratish vositalari.
Axborot tizimlarini tuzishni avtomatlashtirilgan vositalarini
sinflashda,
ularni: turlari, kategoriyalari, amalga oshirish vositalariga bog’liqligi kabi sifatlari
bo’yicha ajratish mumkin.
Turlari bo’yicha sinflashda
CASE-vositalarni
u yoki boshqa hayotiy sikl
jarayonlariga funksional yo’naltirilganligini akslantiradi va u o’zida quyidagi
turlarni qamrab oladi:
2.1.
Tahlil va loyihalash vositalari
. Bu vositalar- predmet sohasi faoliyatini
modellar kabi, va yana loyihalanuvchi tizimlarni modellari singari qurish va tahlil
qilishga mo’ljallangan. Ularning maqsadi tizim ega bo’lishi lozim bo’lgan tizimli
talablar va xossalarni aniqlash, shuningdek bu talablarni qanoatlantiruvchi va
tegishli xossalarga ega bo’lgan tizim loyihalarini tuzishdan iborat.