Interiorizasiya(lot. interior - ichki) - tashqi amaliy harakatlarning ichki aqliy amallarga aylanish jarayoni.
Ko’nikma- odamning ma'lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan qobiliyati.
Malakalar interferensiyasi (lot. later - orasida, ferens - tarqatuvchi) avval hosil qilingan malakalarning keyinchalik boshqa yangi malakalarning hosil bo’lish jarayoniga sal'biy ta'sir ko’rsatishi natijasida yangi malakalarning susayib qolishi.
Mehnat - odamning ma'lum maqsadga, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun borliqni bilish va uni qayta qurishga, moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishga yo’naltirilgan faoliyati.
Faoliyat- insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta ko’rishga yo’naltirilgan faolligi.
Faoliyatmahsulinitahlilqilish- psixologiyaning ilmiy-tekshirish metodlaridan biri; shaxsning bilim va mahorati, qobiliyati, qiziqishlari, didi, faoliyat turiga bo’lgan munosabatlari va uning o’zgarishini o’rganish usuli.
Faollik- tirik materiyaiing umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirda bo’lishida namoyon bo’ladi.
Eksteriorizasiya(lot. Exterior - tashqiga aylanish) - ichki psixik faoliyatning tashqi amaliy faoliyati, jonli mushoxadaga aylanishi.
O’yin - faoliyat turlaridan biri. Bu bolalarning kattalar faoliyatini, ularning ish-harakatlarini, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarii aks ettirishda ifodalanadigan va tevarak-atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyatidir.
O’qish- shaxsning bilim va faoliyat usullaripi egallashga hamda uni mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
Harakat - maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladngan harakatlar yigindisi.