4. Faoliyathaqidapsixologiyasi Odam tabiati jihatidan faol mavjudotdir. U ma'lum faoliyatda bo’lmasdan yashay olmaydi. Inson faoliyatining turi juda ko’p bo’lib, ulardan eng muhimi ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan ishlab chiqarish mehnatdir. Odam har doim jamoada bo’lib mehnat qiladi va mehnat natijalarini ham jamoa turmush tarzini o’zlashtiradi. har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirilishiga qaratilgan bo’ladi. Anglab bo’lmaydigan va anglab bo’ladigan tabiiy yoki, madaniy, yoki ma'naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy-shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug’diradi. Ma'lumki, inson faoliyati jarayonida ma'lum bir mahsulotni yaratadi va undan ishlab chiqarish jarayonida foydalanadi. Aynan faoliyatda erishilayotgan muvaffaqiyatini ta'minlovchi bir qator omillar mavjud. Shular jumlasiga ob'ektiv va sub'ektiv omillarni kiritish mumkin va u quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
BOSHQARUVCHIHOLATI INDIVIDUALXUSUSIYATLAR TAYYORGARLIKDARAJASI YASHASHSHAROITI VAZIYATNINGOB'EKTIVSHAROITI FAOLIYATNITASHKILETISH ISH JOYINITASHKILETISH AXBOROTLAROQIMI FAOLIYATNAZORATI Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak-atrofdagi muhit bilan belgilansa, odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq, butun insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Shu bois "faoliyat", "faollik", "xatti-harakat" tushuncha-larining mazmun mohiyatini anglab olish lozim. Shunga ko’ra adabiyotlarda mazkur tushunchalarga berilgan ta'riflarga asosiy e'tiborni qaratish lozim.
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida: "Faoliyat - kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir" -deb ta'riflanadi. M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan "Psixologiya" qisqacha izohli lug’atida: "Faollik - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirida namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta'sir shu asosda faollik ko’rsatish bilan tavsiflanadi"-deya
ta'riflangan.