Ta'lim faoliyati ma'lum ravishda tashkil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotiga faol ta'sir etib, ularning ta'lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog’liq bo’lgan xatti-harakatlarni tashkil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini o’rganish tomon yo’naltirishdir. Shunday qilib, ta'lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashkil qilinib, boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma'lumki, ta'lim faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bog’liqdir. Bizning maktablarimizda har ?anday ta'lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega, bolalarga u yoki bu fan bo’yicha ta'lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz kerak.
Maktabdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko’rsatish, rag’batlantirish, talab qilish, vazifa berish va jazolash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktabdagi barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Mehnat faoliyati- ma'lum ijtimoiy foydali, moddiy yoki madaniy, ma'naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma'lum maqsadga qaratilgan har doim ijtimoiy tabiatga ega bo’ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste'mol qilinadigan narsalarni, ya'ni non, mashinalar, turli ishlab chiqarish mahsulotlarini tayyorlash, ya'ni kiyim-kechak oziq-ovqat va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lishi mumkin.
Mehnat faoliyati o’z mohiyati jihatdan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli birorta kishi ham o’ziga kerak bo’ladigan narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshdan oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. Shuning uchun odam hayoti uchun zarur bo’lgan hamma narsalarni jamiyatdan oladi, o’z ehtiyojlarini qondiradi.