4-kurs mm50K-2 guruh talabasi Imomov Firdavs Alisher o’g’lining amaliyot daftari toshkent-2023


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari



Yüklə 253,34 Kb.
səhifə7/10
tarix24.05.2023
ölçüsü253,34 Kb.
#121256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IMOMOV FIRDAVS ALISHER OGLI AMALYOT

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari__________A.Altibayev______ _________
(ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)
5-mavzu. Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat natijalarini o’rganish

Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.


Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir. Bank siyosatining tahlili natijasini aniqroq chiqarish va uni olib borish bank marketingiga, chambarchas bog’liqdir. Buning uchun esa avvalo tashkilotning, aniqrog’i bankning tashkiliy strukturasini to’g’ri va optimal tuzish talab etiladi. Bu masala ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zining birlamchi ko’rsatkichlaridan ekanligini namoyon qildi. Bankning tashkiliy strukturasi bu amalga oshirilayotgan jarayonlarni to’la hisobga olgan holda bank va xodimlar faoliyatini bajarish va tashkil etish tizimidir. Bank marketingi esa shu ma'lum bir regionda va regiondan tashqarida bank xizmatlariga bo’lgan talab va taklifni o’rganish, bank xizmatlariga bo’lgan talabni boshqarish va qondirish, turli banklar tomonidan amalga oshirilayotgan bir turdagi operatsiyalar harajatini taqqoslash, reklamani amalga oshirish tizimidir. Bank marketingi birinchi navbatda bankning potentsial mijozlarini qidirib topishini bildiradi.Bank mijozni hamda o’zining iqtisodiy potentsialini birgalikda qo’shib o’rganadi.Bank xizmatini yangi turlariga bo’lgan talabni o'rganish hozirgi zamon banklarining eng dolzarb masalasidir.

Yüklə 253,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin