4-labaratoriya ishi Mavzu: Mikrokontrollerlar turlari va ko nfiguratsiyasi Reja: Mikrokontrollerlarning turlari va tarkibi


Mikrokontrollerning protsessor yadrosi



Yüklə 59,14 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü59,14 Kb.
#210513
1   2   3
Reja Mikrokontrollerlarning turlari va tarkibi Mikrokontrollern-fayllar.org

2. Mikrokontrollerning protsessor yadrosi
MK protsessor yadrosining tarkibi. MK protsessor yadrosining unumdorligini belgilab beruvchi asosiy ko‘rsatgichlari quyidagilardir:
-oraliq axborotlarni saqlash uchun registrlar to‘plami; -protsessorning buyruqlar tizimi;
-xotira maydonini va operandlarni manzillash usullari;
-buyruqlarni tanlash va bajarish jarayonlarini tashkillashtirish.
Buyruqlar tizimi va operandlarni manzillash usullari nuqtaiy nazaridan hozirgi zamon 8-razryadli MK protsessor yadrosi protsessorlarning qurilish tamoyillarining ikkitasidan birida joriy etiladi:
CISC – arxitekturali protsessorlar, to‘liq buyruqlar tizimini joriy etuvchi deb nomlanuvchi (Complicated Instruction Set Computer);
RISC – arxitekturali protsessorlar, qisqartirilgan buyruqlar tizimini joriy etuvchi (Reduced Instruction Set Computer).
CISC –protsessorlari, katta to‘plamli buyruqlarni rivojlangan imkoniyatli manzillashi loyihalashtiruvchiga kerakli operatsiyalarni bajarish uchun juda mos keladigan buyruqlarni tanlash imkonini beradi. 8-razryadli MK CISC – arxitekturali protsessorlarni tatbiq etilganda bir baytli, ikki baytli va uch baytli (to‘rt baytli kam hollarda) buyruqlar o‘lchami (formati) bo‘lishi mumkin. Bu holda odatda, buyruqlar tizimi protsessorning xohishiy registrlariga nisbattan hamma buyruqlar ham barcha manzillash usullarini ishlata olmaydilar. Buyruqlarni ishlatish uchun tanlash MK bir necha ishlash sikllari davomida baytlab amalga oshiriladi. Buyruqlarni bajarilish vaqti 1 dan to 12 ta siklgacha tashkil etishi mumkin. CISC – arxitekturali MK Intel firmasining MCS-51 yadroli MK kiradi, hozirgi vaqtda bir qator ishlab chiqaruvchilar
tomonidan quvvatlanayotgan quyidagi HC05, HC08, HC11 MK oilasi Motorola va boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda .

RISC – arxitekturali protsessorlar, ishlatiladigan buyruqlar to‘plami minimumgacha qisqartirilgan. Murakkabroq operatsiyalarni joriy etish uchun buyruqlar kombinatsiyasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu holda, barcha buyruqlar qayd qilingan o‘lcham uzunligida bo‘ladi (masalan, 12, 14 yoki 16 bit), xotiradan buyruqni tanlash va uni bajarish bitta sinxronlash siklida (taktda) amalga oshiriladi. RISC – protsessorlarining buyruqlar tizimi protsessor registrlarining barchasini teng huquqli ishlatish imkonini nazarda tutadi. Bu esa qator operatsiyalarni bajarilishida qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi. RISC – protsessorli mikrokontrollerlarga Atmel firmasining AVR MK, Microchip firmasining PIC16, PIC17 MK kiradilar.


Dastlabki qarashda, RISC –protsessorli mikrokontrollerlar ichki magistralining bir xil takt chastotasida CISC –protsessorli mikrokontrollerlarga nisbatan ancha yuqori unumdorlikka ega bo‘lishlari kerak. Ammo amalda unumdorlik masalasi ancha murakkabdir.
Birinchidan, turli tizimli (RISC va CISC) mikrokontrollerlarning buyruqlarni bajarilish vaqti bo‘yicha unumdorligini baholash uncha ham to‘g‘ri emas. Odatda MP va MK unumdorligini bir sekund davomida “registr-registr” da uzatish operatsiyalarining bajarilishi mumkin bo‘lgan soni bilan baholash qabul qilingan. CISC –protsessorli mikrokontrollerlarda “registr-registr” operatsiyalarining bajarilish vaqti 1 dan to 3 siklgachan tashkil etadi, RISC –protsessorli mikrokontrollerlarga nisbatan unumdorlik bo‘yicha ortda qolganday tuyuladi. Masalan, PIC16 mikrokontrollerining buyruqlar tizimida operatsiya natijasini ikkita registrdan (f operandning manba-registri yoki W ishchi registri) faqat bittasiga axborot uzatish imkoniyati nazarda tutilgan. Shunday qilib, ega bo‘lish mumkin bo‘lgan registrlarning biridan qiymatini ikkinchisiga (ishchi ham emas va operand manbai ham emas) uzatish operatsiyasi uchun ikkita buyruq talab etiladi. Bundek zarurat ko‘pincha umumiy ishlarga mo‘ljallangan registrlarning (UIR) birini qiymatini MK portlaridan biriga uzatishda hosil bo‘ladi. Ayni shu vaqtda ko‘pchilik CISC – protsessorlarining buyruqlar tizimi tarkibida UIR qiymatini kiritish/chiqarish portlaridan biriga uzatish buyrug‘i mavjud. Yaʻni ancha murakkab buyruqlar tizimi ba’zi hollarda operatsiyalarni anchayin samarali bajarilish usulini joriy etilishini
ta’minlaydi. Ikkinchidan, MK unumdorligini “registr-registr” o‘rtasida axborot uzatish tezligi bo‘yicha baholashda joriy etilayotgan algoritmning aniq xususiyatlari hisobga olinmaydi. Tezligi yuqori avtomatizatsiyalashtirilgan boshqarish qurilmalarini loyihalashtirishda asosiy diqqatni turli uzatish funksiyalarni boshqarishni joriy etishdagi ko‘paytirish va bo‘lish operatsiyalarini bajarilish vaqtiga qaratish zarurdir. Maishiy xizmat texnikasining masofaviy boshqarish qurilmasini (pult) joriy etilishida esa mantiqiy funksiyalarni bajarilish vaqtiga etibor berilish kerak, ular boshqarish tugmalarini so‘rovida va boshqarishni ketma-ket kodli uzatilishni generatsiyalashda ishlatiladi. Shuning uchun yuqori tezlik talab etilgan qiyin hollarda, unumdorlikni baholashda, boshqarish algoritmida ishlatiladigan va bajarilish vaqti bo‘yicha cheklangan operatsiyalarning ko‘pchilgiga eʻtiborni qaratish kerak bo‘ladi albatta.
Uchinchidan, yana shuni etiborga olish kerakki, ma’lumotnomalarda keltirilgan mikrokontrollerning sinxronizatsiya chastotasi odatda MK generatoridagi kvarsli rezonator chastotasiga mos keladi, ammo markaziy protsessor siklining davomiyligi kontrollerning ichki magistralining (KIM) almashuv chastotasi bilan aniqlanadi. Bu chastotalarning nisbati har bir MK uchun aloxida va MK turli modellarini unumdorligi bo‘yicha solishtirilganda albatta eʻtiborga olinishi kerak.
Zamonaviy 8-razryadli mikrokontrollerning buyruqlarni bajarilishi va tanlash jarayonlarini tashkillashtirish nuqtai nazaridan eslatib o‘tilgan ikkita MPT arxitekturasidan (fon-neyman (prinston) yoki garvard) biri qo‘llaniladi.
Fon-neyman arxitekturasining asosiy xususiyati axborot va dasturlarni saqlash uchun umumiy xotirani ishlatilishidadir, 2-chizmada keltirilganidek.

Yüklə 59,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin