Next tugmasini bosgan holda sozlamalarni sozlab ketaveramiz:
Rasm 12. O’rnatish tipini tanlaymiz
Bundan so’ng yana Next tugmasini bosamiz va keyingi bosqichda o’zingiz ko’rib turgandek theme tanlaymiz ya’ni o’zimiz qulay bo’lgan UI theme.
Rasm 13.
O’zingizga yoqqan theme tanlab bo’lgandan so’ng Next tugmasini bosib keyingi oynaga o’tamiz:
Rasm 14.
So’nggi qism barcha kerakli fayllar yuklash jarayoniga ham yetib keldik.Finish tugmasini bosib bir oz kutamiz kerakli fayllarni yuklash jarayoni bir oz muddatni o’z ichiga oladi.
Rasm 15. Jarayon tugagandan so’ng shu oyna ko’rinadi
Finish tugmasini bosgan holda Welcome Android Studio oynasiga o’tamiz.
Shu bilan bizni Android Studioni o’rnatish jarayoni yakunlanadi va biz o’zimizni birinchi Android dagi loyihamizni Start a new Android Studio project tugmasi orqali ishga tushiramiz.
Sizning birinchi Android Studio mobil ilovangiz Android Studioni bilan tanishib chiqishni eng yaxshi yo’llaridan biri bu albatta ilova yaratish ya’ni Hello World. Start a new Android Studio project tugmasini bosgan so’ng u bizni shu oynaga olib keladi.
Company domain o’zingiz hohlagan so’zlarni qo’ysangiz bo’ladi bu asosan siz ishlayotgan proektdan kelib chiqib yoki siz ishlayotgan kompaniyadan kelib chiqiladi. Bir papka oching Android loyihalaringizni o’sha yerda saqlash uchun va uni Project Location da ko’rsating va Next tugmasini bosing.
Android Studio sizdan loyihangiz uchun kerakli faktorlarni tanlashingizga imkoniyat beradi ya’ni target devices… Buni boshida shunday qoldirsangiz ham bo’ladi va Next.
Endi activityni sozlashga ham keldik, o’zingiz uchun kerak bo’ladigan activity turini tanlang va davom ettiring Next. (Men Empty Activity da davom ettirdim).
Bundan so’ng sizda ushbu oyna ochiladi. Next
Birinchi marta Android Studioni o’rnatsangiz xuddi shu oynaga duch kelasiz bunda Android Studio constraint layoutga tegishli bo’lgan bir ikki fayllarni yuklab oladi bu sizga user interfaceni hosil qilish uchun kerak bo’ladi.
Finish tugmasini bosish esdan chiqmasin.
Mana Android Studio ham ishga tushdi. Endi buni Run qilsangiz sizda Hello World Applicationi paydo bo’ladi :)
Android Studio User Interface bilan batafsil tanishib chiqib siz uni imkoniyatlarini o’zingiz uchun kashf etasiz.