4 лаборатория иши



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə3/6
tarix13.03.2022
ölçüsü190,5 Kb.
#53707
1   2   3   4   5   6
1 лаборатория иши

V = wS [m3/s].

Bu tenglik sekundli sarf tenglamasi deyiladi. Suyuqlikning massaviy sarfi quyidagicha aniqlanadi:



[kg/s] (1.10)

bu erda wsuyuqlikning massaviy tezligi, kg/m2s.


Truba yoki boshqa shakldagi kanalda suyuqlik ikki xil rejimda, ya’ni laminar yoki to‘lqinsimon rejimda harakat qiladi. Oqimlarning harakat rejimini birinchi bo‘lib 1833 yilda ingliz fiziki O. Reynolds rangli eritmalar yordamida suyuqlikning ikki xil - laminar va turbulent rejimda bo‘lishini aniqladi.

Idishda doimiy sath ushlab turiladi. Uncha katta bo‘lmagan tezlikda rangli suyuqlik suvga aralashmasdan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ip shaklida harakat qiladi. Bunday harakat laminar rejim deyiladi.

Trubadagi suv oqimi tezligi oshirilsa rangli suyuqlik truba bo‘ylab to‘lqinsimon harakat qilib suvning butun massasiga aralashib ketadi. Bunday harakat turbulent rejim deyiladi.

Agar Re < 2300 bo‘lsa, laminar rejim bo‘ladi. Agar Re>10000 bo‘lsa, turbulent rejim bo‘ladi. Re = 2300 ÷ 10000 chegarada o‘zgarsa o‘tish sohasi bo‘lib truba o‘rtasida suyuqlik turbulent, devor yaqinida laminar harakatda bo‘ladi.



Qurilma bayoni

Suv shahar truboprovodidan truba 2 orqali bak 1 ga beriladi. Suv uzatish ventili 3 bilan rostlab turiladi. Bakni to‘lib ketishini oldini olish uchun truba 4 o‘rnatilgan.

Qurilmaning ish davomida suv bak 1 dan ta’minot trubasi 5 orqali va ventil 6 orqali sarf baki 7 ga keladi. Ortiqcha suv quyilish trubasi 8 orqali kanalizasiyaga chiqarib yuboriladi. Suv sarfi bak 7 dan shisha trubka 9 orqali kanalizasiyaga chiqarib yuboriladi.

Indikator kraska qo‘shilgan suv bochka 10 dan kran 11 orqali ingichka trubka 12 bo‘ylab shisha trubka 9 ga keladi.

Indikator kraska oqimni tezligini suv tezligi bilan moslashtirish uchun shisha trubka 9, kraskali bak 10 o‘zaro vertikal o‘rnatilgan va maxkamlangan (kraska naporga javob beradigan balandlikka o‘rnatilgan). Kraska sarfi kran II bilan sozlab turiladi.


Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin