Ishni bajarish tartibi
Ishni laminar rejimdan boshlanadi va shisha trubada suv harakati tezligini sekin-asta oshirib borib, oqimning har xil rejimda kraska oqimining o‘zgarishini kuzatiladi.
Ishni boshlashdan oldin idish 1 va 7 lar suv bilan to‘ldiriladi, 3 va 6 ventillar ochiladi. Quyilish trubasi 8 ni sathiga etishi bilan ventil 6 berkitiladi, bunda oz miqdorda suv o‘tib turishi kerak.
Birinchi tajribada sekin-asta ventil II ochiladi va ventil 6 va 15 larni ochilish darajasi sozlanadi. Keyin ventil 15 ni ochish darajasini orttirib, shisha truba 9 dagi suv tezligi ham oshiriladi. Undang so‘ng ventil II va 6 larni ochilishi sozlanadi, bunda bak 7 dagi suv sathi quyilish trubasi 8 sathidan past bo‘lmasligi kerak.
Suyuqlik oqimining har xil rejimda Reynols soni aniqlanadi, sarf o‘lchov silindri 14 orqali o‘lchanadi. Laminar rejimdan turbulent rejimga etguncha 4-6 marta o‘lchov o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |