1. Lizing firmalar – bunda salohiyat qudratli xo‘jalik tizimini etarlicha moliyaviy vositalar bo‘lmagan boshqa bir korxonaga mashina- uskunalar va boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat tugagandan so‘ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
2. Injiring firmalari – ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash, qurish foydalanishga topshirish bilan shug‘ullanadi. Eksport injiring firmalari boshqa mamalakatlarga xizmat ko‘rsatadi, chet eldagi ilmiy g‘oyalar va texnik ishshlanmalar bozorida lizenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi. Murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib , etkazib turadi.
3. Konsalting firmalar – ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug‘ullanadi, xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o‘xshash faoliyat turlariga ko‘maklashadi.
4. Venchur firmalari – bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo‘lib: ilmiy- muhandislik ishlari; yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yo‘rik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug‘ullanadi.
5. Seleng firmalari – ular jismoniy va yuridik shakxslarning mulklarini jalb etish va bu mulklardan o‘z ehtiyojlar bo‘yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadilar. Bu mulklarga yer maydonlari, binolar , mashina-uskunalar, pul qimmatli qog‘ozlar kiradi.
6. Trast firmalari – bu xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradi. Ular ishonchli vakil sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Tarst firmalar shartnoma shartlariga binoan ishonchli vakil sifatida quyidagi xizmatlarni bajaradi:
- korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;
- nomli aktsiyalarda foydalanish huquqlarini boshqa shaxsga berish;
- moliyaviy mablag‘lar, xususiylashtirish cheklari, qimmatli qog‘ozlar va hakozolardan foydalanish.
Qisqa xulosalar
Boshqarish organlari tizimi , quyi organlarining yuqori organlarga bo‘ysunishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi.
Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. U o‘zaro bog‘langan asosiy, yordamchilar va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlardan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bo‘limlar va xodimlar o‘rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.
Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta’minlash lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o‘z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo‘ladi. Bunda ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob’yektlarining joylashuvi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, boshqprish strukturasi qanchalik mukammal bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir o‘tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.