4-ma’ruza: Boshqaruv metodlari. Reja: Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha. Menejmentning iqtisodiy usullari



Yüklə 19,67 Kb.
səhifə1/4
tarix30.01.2023
ölçüsü19,67 Kb.
#81799
  1   2   3   4
4-ma\'ruza


4-ma’ruza: Boshqaruv metodlari.
Reja:
1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha.
2. Menejmentning iqtisodiy usullari.
3. Menejmentning tashkiliy farmoyish usuli.
4. Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari.
1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha
Boshqaruv usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasiga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati muvofiqlashuvini ta’minlashdir.
Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllanligi bilan uzviy bog’liqdir.
Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv qonun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv ob’ektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir.
Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohatlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohatlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va x.k.) kiradi. Ichki omillar jumlasiga: yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish konsentratsiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruhdan ikkinchisiga o’tkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika bilan ta’minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va x.k.) kiritish mumkin.
Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan o’zgarib boradi. Iqtisodiyot muvaffaqiyatli rivojlanishda boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash ham muhim ahamiyatga ega.
Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma’lum aniq sohalarida amal qilishning turli yo’llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, sex, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek, turli sub’ektlri tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari. Yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni ham ko’zda tutish lozim.
Xalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning normal borishi buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yüklə 19,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin