4-ma’ruza dinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari



Yüklə 132,75 Kb.
səhifə2/7
tarix20.10.2023
ölçüsü132,75 Kb.
#158003
1   2   3   4   5   6   7
4-ma ruza

Dinamikaning masalasi. Dinamikaning masalasi jismga ta’sir etuvchi kuchlar bilan uning harakatining kinematik xarakteristikalari o’rtasidagi bog’lanish qonunlarini aniqlash va bu qonunlarni harakatning xususiy hollariga tatbiq etishdan iborat. Dinamika masalasini dinamikaning asoschisi Nyuton juda yaxshi ta’riflagan. U aytganki, dinamika «harakatning yuz berishiga ko’ra tabiat kuchlarini bilish, so’ngra bu kuchlar bilan tabiatning boshqa hodisalarini tushuntirishi» zarur.


Dinamikaning asosiy qonunlari.

Dinamikaning asosida tajriba va kuzatishlarda aniqlangan va Galiley-Nyuton qonunlari deb ataluvchi quyidagi qonunlar yotadi. Bu qonunlarga asoslanib mantiqiy yo’l bilan matematika usullanni qo’llash natijasida dinamikaning turli teoremalari va tenglamalari keltirilib chiqariladi. Dinamikaning ushbu qonunlari birinchi bor Galiley va Nyuton tomonidan XVII asrda ta’riflangan. Bu qonunlarning to’g’riligi insonning amaliy faoliyatida, texnikaning rivojlanishida hamon kuzatilib kelinmoqda.




1 - qonun (inertsiya qonuni).

Har qanday kuch ta’siridan holi etilgan moddiy nuqta tinch holatda yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatda bo’ladi.


Birinchi qonunda qayd etilgan holatda moddiy nuqtaga boshqa jismlar yoki nuqtalar ta’sir yetmaydi. ya’ni nuqtaga hech qanday ta’sir kuchlari qo’yilmagan yoki qo’yilgan kuchlar o’zaro muvozanatlashgan bo’ladi. Bu qonun mexanik harakatlarning eng soddasi — jismning yoki nuqtaning boshqa jismlardan to’la ajralgan sharoitdagi harakatini ifodalaydi. Qonunga muvofiq nuqtaning o’z holatini saqlash xususiyatiga uning inertligi deyiladi. Moddiy nuqtaning bunday holati inertsion holat, harakati inertsion harakat deyiladi. Birinchi qonunning o’zini esa inertsiya qonuni deb ataladi.
Nuqtaning tinch holati uning inertsion harakat holatining xususiy holi bo’ladi. Galiley - Nyutonning bu qonuniga muvofiq hamma jismlar o’zining inertsion harakat holatini o’zgarishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga ega.



Yüklə 132,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin