4-ma’ruza: Innovatsion tadbirkorlik tarixi. Tadbirkorlikni yuzaga kelishi va mohiyati. Reja


Kichik biznes va tadbirkorlikda innovatsion faoliyatning amalga oshirilishi



Yüklə 32,02 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü32,02 Kb.
#167157
1   2   3
2. Kichik biznes va tadbirkorlikda innovatsion faoliyatning amalga oshirilishi
Yangi mahsulot (yoki hizmat) larni hayotga tadbiq qilish bilan tugallanadigan hamda bundan ko’ra kengroq miqyosda amalga oshiriladigan innovatsion faoliyatlar bir-biridan farqlanishi zarur. Xozirgi davrda yangi bilim va informatsiyani (yoki innovatsion faoliyatni) yaratish jarayonini tushunishda bir qancha yondoshuvlar mavjud. Tadbirkorlik yondoshuviga asosan innovatsion faoliyat yangi mahsulotni uning haqidagi g’oya hosil bo’lishidan to uning o’zlashtirilishi, ishlab chiqarilishi, sotilishi va tijoriy samara olinishigacha bo’lgan jarayon deb tushuniladi. Kreativ-funktsional yondoshuvga asosan esa innovatsion faoliyat samarali ijod faoliyati bo’lib, u yangi vositalar yordamida mavjud yoki butunlay yangi maqsadlarga erishish deb tushuniladi. Falsafiy yondoshuvga asosan esa innovatsion faoliyat deb fanni, texnikani, iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va boshqaruvni birlashtirib, ijobiy sinergetik samaraga erisha olinadigan jarayonga tushuniladi. Innovatsion faoliyatning iqtisodiy mohiyatini quyidagi chizmada ifodalangan yangiliklar (bilimlar, texnologiyalar, innovatsiyalar) yaratish jarajonining bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bosqichlari orqali tushunish mumkin:

Innovatsiyalar yaratish ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik ishlari va ularning natijalarini hayotga tadbiq qilish kabi yangi mahsulot yaratish va uni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni o’ziga qamrab olgan jarayondir. Yangiliklar kiritishning (innovatsiyalarning) hayotiy tsikli amaliyotga tadbiq qilish bilangina tugamaydi, balki u seriyali va ommaviy ishlab chiqarish, sotish, mahsulotni tarqatish va undan foydalanish jarayonlarini ham o’z tarkibiga oladi. Ammo ba’zi holatlarda innovatsion mahsulot ommaviy ishlab chiqarishga, almashinuvga va iste’molga mo’ljallanmagan bo’lishi ham mumkin. Misol sifatida kosmik, aviatsion, atom sanoati mahsulotlari yoki meditsina, yadro fizikasi va boshqa yuqori texnologik sohalar uchun ishlab chiqariladigan exklyuziv (yagona, noyob, bir nushada) yoki kam sonli asbob-uskunalarni keltirish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, har qanday seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni ham innovatsion deb bo’lmaydi, albatta.

Yüklə 32,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin