3. Tadbirkorlikda innovatsion rivojlanish muammolari Ko’pchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar o’zlarini rivojlanishga, uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o’sishga, yangi va farovon hayotga bo’lgan umidlarini bozor iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan kapitalistik yoki sotsialistik halq xo’jaligida keng miqyosda ilm, fan va texnika natijalari (informatsion texnologiyalar, yangi materiallar, kimyo va biotexnologiya, tejamkor texnologiyalar, tiklanadigan energiya manba’lari va boshqalar) ishlatiladigan innovatsion rivojlanish yo’liga o’tish bilan bog’laydilar. Shuning uchun ham iqtisodiyotning innovatsiyalarga talabgor va sezgir qilinishini oshirish zamonaviy davlatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning asosiy maqsaqlaridan biridir desak, also yanglishmaymiz. Global iqtisodiy inqiroz dunyodagi bacha mamlakatlarni iqtisodiyotni innovatsion yo’ldan rivojlantirishga majbur qilayapti. Xozirgi shart-sharoitlarda iqtisodiy rivojlanishdagi asosiy ro’lni ishlab chiqarishning texnik va texnilogik bazasini uzluksiz ravishda yangilash imkonini beradigan, mahsulot tannarxini kamaytiradigan, yangi raqobatbardosh mahsulotlarni o’zlashtirish va ishlab chiqarishga imkon beradigan va mahsulot hamda hizmatlar jahon bozoriga suqulib kirishga imkon beradigan innovatsin faoliyat o’ynaydi. Shuning uchun ham 20 asrning oxirlari va 21-asrning boshlarida jamiyat hayotining barcha jabhalarida innovatsion o’zgarishlarga erishish uchun hatti-harakatlar boshlandi. Shu jumladan, 1979 yilda AQSH Kongressi “Ilmiy-texnik innovatsiyalar bo’yicha milliy akt” ni qabul qildi va uni amalga oshirishga kirishdi. Unda innovatsiyalar
AQSH ning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishidagi markaziy va asosiy masala ekanligi alohida qayd qilingan edi. Bunda innovatsion strategiyaning savdo defitsitini kamaytirishga, jahon bozorida raqobatni yengishda va dollar kursini stabillashtirishda yordam berishi nazarda tutilgan. Germaniyada ham davlat darajasida innovatsiyalarning qo’llab-quvvatlanishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy kasalliklarga qarshi asosiy vosita ekanligi ta’kidlangan. Shunday qilib, avvallari alohida firmalarning strategiyasi bo’lgan innovatsiya siyosati, endi davlatlar siyosati va butun boshli millatlarning hayotiy strategiyasi bo’lib qoldi. Bular bilan bir vaqtda innovatsion faoliyat haqidagi fan ham asta-sekin rivojlana boshladi. Bu esa o’z navbatida, an’anaviy iqtisodiyot uqtirganidek, bozorni talab va taklifning erkin o’yini sifatida soddalashtirilgan tushunishga qarama-qarshi bo’lib qoldi. Innovatsiyalar sharoitida bozorni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish, undan oldinroq yurish, ommaviy xaridorlarning talablari paydo bo’lishiga erishish, innovatsion marketing va menedjmentning rivojlanishi hamda xaridor hali o’ylab ham ko’rmagan mahsulot va hizmatlarni taklif qilish asosiy ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Bunday strategiya o’z navbatida “innovatsion iste’molchi jamiyat” ning hosil bo’lishi va jadal rivojlanishiga olib keladi.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng va demokratik rivojlanishning oxirgi 26 yilida ko’pchilik korxona va tashkilotlar yetarli mablag’lar va imkoniyatlar yo’qligi sababli innovatsion boshqaruv usuliga o’tishga jadal harakat qilmadilar va bu holat o’z navbatida bozorlarimizni chet eldan keltirilgan arzon hamda sifatsiz mahsulot va hizmat turlariga to’ldirib yubordi. Mamlakat asosan homashyo sotishdan tushgan mablag’lar evaziga yashab, turli-tuman xorij mahsulotlarini iste’mol qilib, innovatsion islohotlarga ahamiyat bermadi yoki buning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatini yetarlicha anglamadi. Mamlakatimiz tanlagan bunday rivojlanish yo’lini tub ma’noda optimal rivojlanish yo’li deb atab bo’lmaydi, albatta. Xuddi shuning uchun ham moliyaviy va ishlab chiqarish jihatidan ko’pgina imkoniyatlarni qo’ldan boy berildi (ammo bu davrda yuzaga kelgan nisbatan kam miqdordagi boy tabaqalarga mansub korxonalar – ya’ni, jamiyat elitasi korxonalari bundan mustasno, albatta) va mamlakatda surunkali ishsizlik muammosi paydo bo’ldi. Keyingi yllarda bu muammolarning sabablari hamda oqibatlarini ko’pchilik siyosatchilar, iqtisodchilar, olimlar va tadbirkorlar tushuna boshladilar. Natijada ushbu jamlangan intellectual fikrning ta’sirida mamlakat iqtisodiy rivojlanishi fanning taraqqiyoti va innovatsion ishlanmalar asosidagi yangilanish tomon yo’l olishining noyob imkoniyati paydo bo’ldi. Bu tarixiy jihatdan exklyuziv bo’lgan imkoniyatni amalga oshirish O’zbekistonda yangi va zamonaviy iqtisodiy hamda ishlab chiqarish siyosatining strategik platformasi bo’lishi mumkin. Ammo bu yo’nalishdagi bir qator tadbirlar bozor iqtisodiyoti qad rostlayotgan boshlang’ich davrda ham amalga oshirilgan edi va bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Kichik va o’rta korxonalarning ilmiy-texnik sohadagi rivojlanishini qo’llab-
quvvatlash yo’nalishida umumdavlat siyosatining amalga oshirilganligi;
Ilm-fan talab qiluvchi mahsulotlar va texnologiyalar yaratuvchi va ularni
o’zlashtiruvchi kichik innovatsion korxonalarga bevosita moliyaviy, information, huquqiy va boshqa turlardagi yordam yoki imtiyozlar berilishi;
Intellektual mulkni himoyalash, xujjatlashtirish va uni rivojlantirish bo’yicha
bir qancha chora-tadbirlar majmuining amalga oshirilganligi;
Yengil sanoat, avtomobilzoslik, neftni qayta ishlash, maishiy hizmat,
elektronika va shunga o’hshash bir qancha iqtisodiyot sohalarida yangi innovatsion asbob-uskuna va texnologiyalar joriy qilinganligi;
Kichik innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab-quvvatlash uchun
kerakli bo’lgan tuzilmalarning yaratilganligi va ularning rivojlantirilganligi. Bundan tashqari, keyingi yillarda mamlakatimizdagi innovatsion faoliyatni
jonlantirishga bag’ishlangan ko’pgina konferentsiyalar, ilmiy anjumanlar, ko’rgazmalar, yarmarkalar va turli forumlar o’tkazildi. Shu chora-tadbirlarga qo’shimcha ravishda, xozirgi paytda respublikada mamlakat iqtisodiyotining innovatsion yo’ldan rivojlanishiga yordam berishi ko’zda tutilgan fondlar tashkil qilinmoqda, innovatsiya yo’nalishidagi o’ziga xos bo’lgan mustaqil davlat siyosati yuritilmoqda va bu holat jahon iqtisodiy inqirozi davrida ham davom etayapti. Uzbek olimlari va ixtirochilari davlat tomonidan bo’layotgan qo’llab-quvvatlashni
his qilgan holda o’z innovatsion loyihalarini amaliyotga tadbiq qilishga imkoniyat topmoqdalar. Ammo ushu so’zsiz ijobiy bo’lgan jihatlar bilan bir qatorda bir qancha juda ham jiddiy bo’lgan muammolarga yetarli darajada e’tibor berilmayaptiki, bu muammolarni hal qilmaslik davlatning va tadbirkorlar sinfining mamlakatni innovatsion yo’ldan rivojlanishiga bo’lgan barcha tadbirlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. Bu o’ta muhim muammolar jumlasiga quyidagilarni kitirishimiz mumkin:
Fan arboblarini tayyorlashdagi, malakali innovatsion mutahassislar tayyorlash
uchun hizmat qiladigan ta’lim sohasidai va tadbirkorlikni boshqarish va boshqa sohaslardagi keng ildiz otgan mamlakat miqyosidagi ommaviy korruptsiya holatlari kichik guruhga mansub amaldorlarning o’ta boyishi uchun hizmat qilib, innovatsiyalarni amalga oshirish, uning uchun kerakli bo’lgan malakali mutahassislarni tayyorlash va bu boradagi dasturlarni hayotga tezkorlik bilan tadbiq qilishga imkon bermayapdi va ushbu holatlar mamlakatni boshi berk ko’chaga kirgizib qo’yishi mumkin;
Davlat buyurtmalari taqdim qilishda, tekshiruv, konkurs, tanlov va tenderlarda
amaldorlarga va bu bilan mashg’ul mas’ul shaxslarga pora berish holatlari, innovatsion harakatning tagiga bolta urib, uni yo’qqa chiqarish havfini yuzaga keltiradi;
Innovatsion g’oyalarni amalga oshirish uchun hizmat qiladigan va halq
xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatadigan zamonaviy yuqori malakali mutahasislarning yetishmovchilgi tufayli (bu holat asosan ta’lim va ilm-fan sohasidagi amaldorlarning mansabni o’z maqsadlari yo’lida suye’iste’mol qilishlari natajasida yuzaga kelgan) ularni o’qitish va qayta tayyorlash zaruriyati yuzaga kelgan;
Innovatsion sohada hamdo’stlik mamlakatlari va chet eldagi yetakchi
mutahasissislar, korxona, ilmiy-texnik tashkilotlar va korporatsiyalar bilan yaqindan va o’zaro foydali hamkorlikni kuchaytirish muammolarini xal qilish lozim;
Ko’pchilk ilmiy sohadagi va yuqori mansabdagi mutahasisslarning asosiy chet
tillarni bilmasliklari va ayniqsa jahon information almashinuvining asosi bo’lgan ingliz tilini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni bilmasliklari hamda ularni o’rgatish yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;
Tadbirkorlarning va jamiyatning yurituvchi kuchi bo’lgan elita sinfining
tavakkalchilikka tayyor emasliklari va sokin turmush tarzini o’zgartirishga olib keladigan innovatsion tarzda rivojlanishni istamasliklari;
Mamlakat fuqarolarining aksariyat qismi innovatsiya nima ekanligi, innovatsion
yangiliklarning mamlakat kelajagi uchun hayotiy muhim ekanlgini, u nimalarga olib kelishi mumkinligini va bu o’z yechimini kutib yotgan o’ta muhim hayotiy masalalardan biri ekanligini yaxshi tushunmasligi.
Ushbu juda ham dolzarb muammolarni hal qilish borasida uzluksiz, tirishqoqlik va sabr-chidam bilan ishlab, bular vaqtinchalik emas, balki uzoq muddatli ishlar ekanligini barcha tushunishi zarur. Qashshoqlik va qoloqlikdan o’z ichki imkoniyatlari hamda ilmiy-texnik potentsiali tufayli muvaffaqiyatli ravishda qutulgan barcha mamlakatlarning tarixi shuni ko’rsatadiki, ilg’or va rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish hamda unda munosib o’rin egallash uchun bir necha o’n yillar davomida iste’molni imkoniyat darajasida chegaralash va bundan ozod bo’lgan mablag’larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirish shart. Bu sohada muvaffaqiyatga erishishga ahd qilgan xar bir mamlakatda o’ziga xos mobilizatsion model faoliyat ko’rsatgan va ularda juda ham qattiq iqtisod va boshqaruv rejimi amalda bo’lgan.
O’zbekistonning jahon bozoridagi zamonaviy ilmiy ma’lumotlar talab qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi juda ham past daralada, ammo AQSH niki 36%, Yaponiyaniki 30%, Xitoyniki esa 6% ni tashkil qiladi. Shuning uchun eng birinchi navbatda jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishga yo’naltirigan innovatsion faoliyat turlariga birinchi navbatda moliyaviy va tashkiliy yordam berilishi lozim. Buning uchun esa eng avvalo O’zbekiston uchun qanday innovatsiyalar kerak ekanligini aniqlab olish lozim. Eng birinchi navbatda innovatsiya yo’nalishida ishlayotgan mutahassislar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish, innovatsion faoliyat nima ekanligini va u nima uchun respublika taraqqiyotiga o’ta muhimligini keng halq ommasiga tushuntirish, innovatsiyalardan olinadigan natijalarni lo’nda qilib aniqlashtirish va ommaga yetkazish zarur. O’zbekistondagi davlat innovatsion siyosati va innovatsion faoliyatni boshqaradigan qonunlarning eng asosiy kamchiligi - innovatsiya tufayli erishiladigan natijalarning milliy taraqqiyotga va uning yaqin hamda uzoq kelajagiga qanday ta’sir qilishining ko’rsatilmaganligidir. Mavjud qonun va ko’rsatmalarga amal qilinsa, xar qanday yangilash, masalan, biror bir uskunani sotib olishni ham innovatsiya sifatida talqin qilish mumkin. Ko’pchilik tadbirkorlar va davlat arboblari bir qancha afzalliklarga ega bo’lish hamda davlatning diqqat e’tiborida bo’lish va qo’llab-quvvatlashiga erishish maqsadida xuddi shunday qiladilar ham. Bu noto’g’ri talqin esa juda katta moliyaviy yo’qotishlarga olib kelib, innovatsiya tushunchasining o’zini va bu bilan bog’liq amaliy harakatlarni ham yo’qqa chiqaradi. Innovatsion faoliyatni boshqarish patent olishga munosib bo’lgan texnik yechimlarni yaratish jarayoniga faol ta’sir qilib, ularning maxsuldorligini son va sifat jihatdan oshirishga asoslanishi kerak. Ammo xozircha bunday strategiya amaliyotga tadbiq qilinmagan. O’zbekistonda ishlab chiqarishda foydalaniladigan ixtirolar soni patent olinganlarga nisbatan juda ham kamchilikni tashkil qiladi. Shuning uchun ham tadbirkorlikdagi innovatsion faoliyatni faollashtirish uchun patent olishga loyiq mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarish bo’yicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlarni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi talab qilinadi. Shunday mahsulotlar ishlab chiqarayotgan tashkilotlarga afzalliklar (masalan, soliq yukini kamaytirish, kredit stavkasini pasaytirish) va subsidiyalar berish tizimini ishlab chiqish darkor, chunki ular bu ishlarni bajarishda ixtirochilarga qaraganda kattaroq xarajatlar qiladilar va tavakkalchilik bilan ish yuritadilar. Ixtirochilar esa buni bilgan holda yangi ishlanmalarni sifatliroq qilib, litsentsiyalariga shunga mos bo’lgan narx qo’yadilar. Ixtirolar qilishni jonlantiradigan bunday siyosat ixtirochilarni yana ham faolroq ishlashga undaydi va ixtirochilarga bo’lgan talabni kuchaytiradi.