Reja: Chet mamlakatlar sugʼurtasini oʼrganishda sugʼurta munosabatlarini tartibga soluvchi ibora va tushunchalarning ahamiyati



Yüklə 21,42 Kb.
səhifə1/6
tarix14.06.2023
ölçüsü21,42 Kb.
#130080
  1   2   3   4   5   6
69 мавзу


69-MAVZU: CHET MAMLAKATLAR SUGʼURTASI DA ISHLATILADIGAN ASOSIY ATAMA VA TUSHUNCHALAR.


REJA:


1. Chet mamlakatlar sugʼurtasini oʼrganishda sugʼurta munosabatlarini tartibga soluvchi ibora va tushunchalarning ahamiyati.
2. Chet mamlakatlarida qo’llaniladigan ibora va tushunchalar.


Tayanch iboralar : Chet mamlakatlar sugʼurtasini oʼrganishda sugʼurta munosabatlarini tartibga soluvchi ibora va tushunchalarning ahamiyati. Аnderrayter. Аbandon. Аdjaster. Аvariya komissari. Аssistans. Bonus-malus. Bordero. Dispasha. Duopoliya va duopsoniya. Inkoterms. Kasko va kargo. Kovernota. Kumulyasiya. Sugʼurta puli. Retrotsedent. Slip. Storno. Syurveer. Frantshiza. "Yashil karta", "SIF","KOF" va boshqa tushunchalar.
Abandon - to‘liq miqdordagi sug‘urta summasini olish uchun sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug‘urtalangan kema nobud bo‘lganda, u xabarsiz yo‘qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to‘g‘risidagi ariza voqea-hodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug‘urtalanuvchining bir tomonlama akti hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug‘urtalovchining roziligi talab etiladi.
Avariya komissari - sug‘urta kompaniyasining vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalangan kema yoki yuk bo‘yicha ko‘rilgan zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro‘y berganlik sabablarini o‘rganadi. Sug‘urta kompaniyasi avariya komissarining chet elda ham, mamlakat ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon va teleks raqamlari sug‘urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug‘urta polisida ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi ro‘y berishi zahoti avariya komissariga murojaat qilishi zarur. Avariya komissari mol-mulkning zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug‘urta kompaniyasining topshirig‘iga asosan, ko‘rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan ishlar to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga yozma axborot tayyorlaydi.

Yüklə 21,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin