Reja: Chet mamlakatlar sugʼurtasini oʼrganishda sugʼurta munosabatlarini tartibga soluvchi ibora va tushunchalarning ahamiyati



Yüklə 21,42 Kb.
səhifə3/6
tarix14.06.2023
ölçüsü21,42 Kb.
#130080
1   2   3   4   5   6
69 мавзу

Anderrayter – 1) turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasini sug‘urta portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish, risklarni baholash va sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega bo‘lishi zarur; 2) Lloyd sug‘urta polislarini beradigan Lloyd sug‘urta korporatsiyasini a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida xulosalar chiqarishga qaratilgan siyosat.
Annuitet – renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma turlarini umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga bir vaqtning o‘zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘laydi. Keyin sug‘urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‘urta kompaniyasidan daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik daromadini sug‘urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQSHda keng rivojlangan.
Dispasher – dengiz transportida umumiy avariya sodir bo‘lganda ko‘rilgan zararni kema, yuk va fraxt o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadigan mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda dispasher funksiyasini maxsus kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblar dispasha deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to‘laydi.
Evropolis – Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‘urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug‘urta polisi.
Kovernota – sug‘urta vositachisi tomonidan sug‘urtalanuvchiga beriladigan va sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu hujjatda ko‘rsatilgan muddat mobaynida sug‘urta brokeri sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug‘urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat hisoblanmaydi.
Brutto - stavka - sug’urta qoplamasini (sug’urta summasini) to’lashga mo’ljallangan netto-stavka va ish yuritish xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan netto-stavkaga yuklama summalarini o’z ichiga olgan sug’urta mukofotlarining tarif stavkasini bildiradi. Ko’pgina adabiyotlarda ushbu ibora sug’urta tarifi ma’nosida ham ishlatiladi.
Denonsatsiya - shartnomadan voz kechish. Agar sug’urta munosabatlarida tomonlardan biri yozma ravishda shartnomadan voz kechishi to’g’risida ikkinchi tomonga ma’lum qilmasa, shartnoma unda ko’rsatilgan muddatgacha kuchda bo’ladi.
Depozit - 1) sug’urta kompaniyasining bank muassasasida saqlanadigan pul mablag’i yoki qimmatli qog’ozlari. Bank, odatda, sug’urta kompaniyasiga o’z pulini bankda saqlagani uchun foiz to’laydi; 2) ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq, chet mamlakat sug’urta kompaniyasi, agar, biror boshqa mamlakatda sug’urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo’lsa, dastlab u o’sha mamlakat bank muassasasiga tegishli pul mablag’ini depozitga qo’yadi. Mazkur depozit, chet davlat sug’urta kompaniyasining boshqa mamlakat xududida sug’urta faoliyatini amalga oshirishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 21,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin