Biznes shartnomalari. Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi reja



Yüklə 30,06 Kb.
səhifə1/2
tarix13.06.2023
ölçüsü30,06 Kb.
#129350
  1   2
3 - mavzu


Biznes shartnomalari. Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi
REJA:
3.1. Biznes shartnomalari.
3.2. Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi.

Xo‘jalik shartnomalari tushunchasi. Shartnoma munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari. Xo‘jalik shartnomalarining subyektlari, ularning huquq va majburiyatlari. Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi. Xo‘jalik shartnomalarining turlari. Xo‘jalik shartnomalarining yuridik ekspertizasi. Xo‘jalik shartnomalarini buzganlik uchun javobgarlik.



3.1. Xo‘jalik shartnomalari tushunchasi va shartnoma munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari

Respublikamizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar, ma’muriy buyruqbozlik tuzumidan voz kechish ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni va birinchi navbatda, ishlab chiqarish-xo‘jalik aloqalari o‘rnatishning bozor muno¬sabat¬lariga mos shakl va uslublarini yaratishni taqozo qiladi.


Bozor munosabatlari sharoitida esa, shartnomalar barcha mulk shaklidagi korxonalar, shuningdek, tadbirkorlar hamda boshqaruv organlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatuvchi asosiy huquqiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Bu haqda 2001-yil 16-fevralda Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda I.A. Karimov «bozor munosabat¬lari¬ni shartnoma majburiyatlarisiz tasavvur qilib bo‘l¬masli¬gini yodda tutish lozim», deb uqtirdi.
Shartnomalarning yetakchilik roli va iqtisodiy munosa¬batlarni o‘rnatishning yangi tamoyillari huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, mulk, kooperatsiya, ijara, tadbirkorlik, dehqon, fermer, shirkat xo‘jaliklari; aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish; banklar va bank faoliyati, chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning kafolat¬lari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartno¬maviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
Shartnoma deb, ikki yoki bir necha (jismoniy yoki yuridik) shaxsning huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvga aytiladi.
Shartnoma taraflarning bitimi (kelishuvi) sifatida quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
a) taraflar xohishining erkin ifodalanishi;
b) uning mazmunini tashkil etuvchi barcha muhim shartlar bo‘yicha taraflarning kelishganligi;
d) taraflarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha harakatlarini (qoida tariqasida) haq evaziga bajarishi;
e) shartnoma munosabatlarida taraflarning tengligi;
f) shartnomani ijro qilishning yuridik kafolati;
g) shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgar¬lik.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi xo‘jalik shart¬no¬ma¬larini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlar O‘zbekiston Respubli-kasining Fuqarolik kodeksi, «Xo‘jalik yurituvchi subyekt¬lar faoliyatining shartno¬maviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga soli¬nadi.
Xo‘jalik shartnomasi deb, taraflardan biri shartla¬shilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovar¬larni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi.
Yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar xo‘jalik shartnomalarining subyekt (taraf)lari bo‘ladi.
Xo‘jalik shartnomasi taraflari belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
•xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan ma’lumot¬nomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
•xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ekspert¬larning yozma xulosalarini so‘rash va olish, mutaxassislar bilan maslahat¬lashish;
•davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;
•boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi ma’lumotlarni to‘plash;
•xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo‘llash.
Xo‘jalik shartnomasining taraflari qonun hujjatlarida va shartno¬mada nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Xo‘jalik shartnomasi taraflari:
•xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari¬ning talab¬lariga rioya etishlari;
•qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik shartno¬malarining o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlash;
•tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.
Xo‘jalik shartnomasi taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi. Xo‘jalik shartnomasi fuqarolik-huquqiy shartnoma hisoblanib, unga nisbatan Fuqarolik kodeksining bitimlar va shartnomalarga tegishli barcha normalari tatbiq qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1-moddasida fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchila¬ri¬ning tengligi, mulkning daxlsizligi bilan bir qatorda shartnoma erkinligi ham fuqarolik huquqining asosi sifatida belgilangan. Shartnoma erkin¬ligining mohiyati va ma’nosi kodeksning 354-moddasida ochib beril¬gan. Bu moddada barcha fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin deb e’tirof etilganlar.
Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi Fuqarolik kodeksida, boshqa qonun yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Masalan, agar tegishli mahsulot turiga davlat buyutmasi beril¬gan bo‘lsa, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzish majburiydir.
Тaraflarni qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnoma¬larni, shuningdek, turli shartnomalarning ele¬ment¬larini o‘z ichiga oladigan aralash shartnomani ham tuzish¬lari mumkin.
Тegishli shartning mazmuni qonun hujjatlari imperativ normalarida ko‘rsatib qo‘yilgan hollardan tashqari shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi.
Misol uchun, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontrakta¬tsiya shartnomasida boshqa shartlar bilan bir qatorda, xo‘jalikka belgi¬langan foizdan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘nak to‘lash nazarda tutilishi lozim.
Shunday qilib, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar shartnoma tuzishda erkindirlar, ya’ni ular nima haqda, kim bilan shartnoma tuzishni tanlashlari, majburiyatlarni, o‘zaro xo‘jalik munosabat¬larining amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan boshqa har qanday shartlarini mustaqil aniqlash¬lari mumkin.
Demak, xo‘jalik shartnomasi:
•taraflar o‘rtasidagi majburiyatlar kelib chiqishi¬ning asosi hisoblanadi;
•xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faoliyatini rejalash¬tirishga asos bo‘ladi;
•taraf¬lar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarning huquqiy shakli hisob¬lanadi.


Yüklə 30,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin