4 ma‘ruza mavzu Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va yo
Ko’z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya (ko’zning moslanishi) bu ko’zni turli uzoqlikdagi narsalarni aniq ajratish qobiliyatidan iboratdir. Ko’z akkomodatsiyasi ko’z soqqasini xarakatga keltiruvchi nervini parasimpatik tolalari bilan taminlangan, kizriksimon muskullarni reflektor qisqarishi natijasida gavxarni elastikligi o’zgarishi bilan vujudga keladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda gavxar qavariqroq bo’ladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq bo’ladi.
Yaqindan va uzoqdan ko’rish yaqindan va uzoqdan kurish tug’ma bo’lishi shuningdek, hayot davrida ortirilishi mumkin. Normal ko’rishda narsalarning tasviri to’r pardada hosil bo’ladi. Yaqindan kurishda esa narsalarning tasviri to’r, pardaning, oldida hosil bo’ladi. Uzoqdan kurishda esa narsalarning tasviri to’r pardaning orqasida hosil bo’ladi. Yaqindan kuruvchi kishilar narsalarni ravshan ko’rishlari uchun ikki tomoni botik ko’zoynak taqishlari kerak. Uzoqdaq ko’radigan kishilarga esa ikki tomoni qavariq ko’zoynak taqish tavsiya etidadi: Bunday linzalar ko’z gavxarini qo’shimcha ravishda nur to’plash kuchini orttiradi. Keksa kishilarda gavxarning elastikligi va akkomodatsiyasi yo’koladi. Natijada ko’z uzoqdan ko’radigan bo’lib qoladi.
To’r pardaning yorug’lik tasirini sezadigan xujayralari tayoqchalar bilan kolbachalardan iborat. Tayoqchalar tur pardaning chetlarida, kolbachalar esa markazida joylashgan.bo’ladi.
Ranglarni sezish. Ko’z balan ko’riladigan narsalarning hammasi ranglidir. Narsalarning turli uzunlikdagi yorug’lik to’lqinlarini yutishiga yoki aks etishiga qarab, ularning rangini sezamiz. Spektrda 7 xil rang bo’lib, bularning orasida juda ko’p oraliq ranglar bor. Bizning ko’zimiz 200 ga yakin oralik rangni ajratadi. Spektrdagi hammasi to’lqinlarning aks etishi oq rang sezgisini keltirib chiqaradi, narsa hamma ranglarni yutganda esa, qora rangli bo’lib ko’rinadi. Tur pardaning rang sezuvchi xujayralari kolbochkalardir. Bular 6-7 mln. bo’lib, kunduzi ko’radi. Tayoqchalar narsaning rangini sezmaydi, ular faqat kechasi va g’ira-shirada qo’zg’aladi. Shuning uchun kechasi narsalar bir hilda qo’l rang bo’lib ko’rinadi. Ranglarni- sezmaslikni birinchi bo’lib Dalton, aniqlagani uchun bu kasallikni Daltonizm kasalligi deb ataladi. Tur pardada kolbochkalar qizil, yashil va ko’k ranglarni, qabul qiladi. Bu uchta rang asosiy deb ataladi. Ikki ko’z bilan ko’rish charchashni kamaytiradi chunki narsani turli- nuqtalari bir gruppa retseptorlar yordamida kuriladi, shu vaqtda bioximik reaktsiya qayta tiklanadi. Narsalarni ikki ko’z bilan ko’rish bir ko’z bilan ko’rish maydoniga nisbatan kengroq bo’ladi. Iqki ko’z bilan ko’rishda ko’zning o’tkirligi ortadi.
Kishi ikki ko’z bilan ko’rganda, qaralayotgan narsaning tasviri har bir kuzning tur pardasiga tushadi. odam ko’zining ko’rish o’tkirligini o’lchash uchun maxsus tablitsadan foydalaniladi. Bu tablitsalarda harflar yoki boshqa belgilar bo’ladi.
Bolalarning ko’zi katta odamning ko’z tuzilishidan farq qiladi. Bolalarda ko’z kosa chuqurligi va ko’z soqqasi tanasiga nisbatan kattalarga qaraganda kattaroq bo’ladi. Sklera va tomirli pardalar yupqarok shox parda esa qalinroq bo’ladi. Ko’z soqqasi bola hayotining birinchi yilida bir muncha tez usadi, so’ngra o’sishi sekinlashib boradi. Yangi tug’ilgan bala ko’zi qisqa vaqtda ochiladi, qovoqlarning kelishilgan harakati bolaning bir oyligidan boshlanadi, bolaning 2 oyligidan esa ko’z soqqasi turli predmetlarga va yorug’likka nisbatan xarakatlanadi. 2 oylikdan boshlab yaltiroq narsalarga qaray boshlaydi. Ko’zning koordinatsiyalashgan xarakati mashq qilish gufayli bolaning 6 oyligidan yoki 1 yoshidan boshlanadi. Ko’rish analizatorining avval pereferik so’ng markaziy qismi taraqqiy etadi. Yangi tug’ilgan bolaning ko’ruv nervi tolalari kam differentsiyalashgan bo’ladi. Ko’ruv nervining mielinlashuvi bolaning 11,5 yoshigacha davom etadi.
Yangi tug’ilgan bola ko’zining nur sindirish xossasi katta odam ko’zining nur sindirish xossasidan farq qiladi. Yangi tug’ilgan bola yaqinni ko’ra olmaslik xususiyatiga ega bo’ladi. Ko’pincha bola va maktab yoshidagi bolalarda gavxar yassiroq shaklda bo’lgani uchun, uzoqni yaxshi kuraolmaslik xususiyati uchrab turadi. Odamning yoshi ortishi bilan gavxarning elastikligi kamayib boradi. Yosh ortishi bilan akkomodatsiya chegarasi kamayib boradi. Masalan: 9-11 yoshda 14 D. 12-14 yoshda 12, 9 D, 15-17 yoshda -12 D. 18-20 yoshda – 12 D, 21-22 yoshda - 11,5D bo’ladi.
Bolalardagi yaqindan va uzoqdan kurish, yaxshi ko’raolmaslik kasalligi har xil sabablarga ko’ra paydo bo’ladi. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda uzoqdan ko’rish kasalligi, maktab yoshidagi bolalarda esa yaqindan ko’rish kasalligi uchraydi. Bu kasallik yotib o’qish, yorug’likning kam bo’lishi tufayli vujudga keladi. Chunki sistematik ravishda yotib o’qishda, ko’zga qon tulishi ortadi, bosim ko’tariladi, fokus raligi o’zgaradi. Bu kasallikning oldini olish uchun sinf xonalari, sinf doskasi, partalar, stollar yaxshi yoritilishi, darsliklar aniq shriftda bo’lishi, tug’ri yozish, o’qish va yozishda har soatdan so’ng 15-20 minut tanaffus bo’lishi, darsliklarning umumiy sonini kamaytirish va boshqa gigienik qoidalarga amal qilish kerak.
Narsalarning qog’ozdagi tasvirini anglash, bolaning 3-4 oyida vujudga keladi. Bolalarda ranglarni sezish asta-sekii taraqqiy etadi. Avval sariq rangga nnsbatan sezish shakllanadi. Yashil, ko’k ranglarning sezish chegarasi 12-13 yoshgacha davom etadi. Bog’cha bolalari narsani avval shakliga, so’ng o’lchamiga oxiri rangiga ahamiyat beradi. Rang ajratish qobilyati 25 yoshgacha ortib boradi. Qiz bolalarda rang ajratish qobiliyati o’g’il bolalarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo’ladi. Ko’rish o’tkirligi bolalarda kattalarga nisbatan yuqori bo’ladi. Kitob bilan ko’z orasi 30-35 sm dan kam bo’lmasligi kerak.